O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti /O‘zDJTI/ 1955
yil sentyabrda
tashkil etildi. Mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat
jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining tarkibiy tarmog‘idir.
Institutning
dastlabki faoliyati paytlarida atigi 2-3 ta kafedra mavjud bo‘dgan bo‘lsa, hozirgi
kunda ularning soni 18 ta.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida sport o‘yinlari,
yakkakurash
sport turlari, sirtqi ta‘lim va malaka oshirish fakulbtetlari mavjud.
Mustaqillik yillari davrida institutda ilmiy-pedagogik soha bo‘yicha
mutaxassis xodimlarni tayyorlashda katta yutuqlarga erishildi. YA‘ni aspirantura
va doktorantura tashkil etildi. Himoya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan
ilmiy kengash
ochildi va 10 dan ortiq yosh mutaxassisilar fan nomzodligi disserta^iyalarini
yoqladilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish ishida O‘zbekiston Davlat
jismoniy tarbiya instituti jamoasi ijodiy yondashgan holda katta hissa qo‘shib
kelmoqda. Ayniqsa, yuqori malakali sportchilar tayyorlash, bo‘lajak
mutaxassislarni sport menejmenti hamda marketinga
asoslari bilan qurollantirish,
maktab yoshigacha bolalar muassasalar faoliyatlari bilan tanishtirish,
aholi
o‘rtasida ommaviy-sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya, sport,
sayohat hamda
xalq milliy o‘yinlarini tashkil qilish yo‘llarini o‘rgatishda davr talablariga rioya
qilinmoqda.