Zini boshqaruv tashkilotlarda jismoniy madaniyatni boshqarish tizimlari
Xalq ta’limi vazirligi tizimida barcha fanlar bilan bir qatorda
Download 251.65 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'Z O\'ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARDA JISMONIY MADANIYATNI BOSHQARISH11
2.2. Xalq ta’limi vazirligi tizimida barcha fanlar bilan bir qatorda
jismoniy tarbiya darslari ham o’zining mazmunan va shaklan o’rni hamda mohiyatiga ega.SHu tufayli Xalq ta‘limi vazirligi tizimidagi umumta‘lim maktablari, maxsus maktablar,o‘rta va oliy pedagogika o‘quv yurtlari, sport maktablari hamda maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaga alohida o‘rin berilgan. O‘quv yurtlari va turli muassasalarning ish mazmuniga qarab jismoniy tarbiyaning mazmuni, shakli va xususiyatlari ham o‘ziga xosdir. Ularni tashkil qilish va boshqarishning ham alohida xususiyatlari mavjud. SHu tufayli Xalq ta‘limi vazirligi tizimiga jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarish bo‘limlari, turli idoraviy va jamoat sport tashkilotlari ham kiradi. SHu o‘rinda aytish kerakki, «Ta‘lim to‘trisida»gi Qonun asosida hozirgi kunda respublikada xalq ta‘limi tizimida keskin o‘zgarishlar, islohotlar o‘tkazilmoqda. Jismoniy tarbiya darslari davlat ta‘lim standartlari asosida tashkil etilmoqda. Respublikadagi 9 mingdan ortiq maktablarda 6 mln.ga yaqin o‘quvchilar ta‘lim olmoqda. O‘rta va oliy pedagogika o‘quv yurtlaridagi talabalarning soni ham tobora o‘sib bormoqda. Ularda 17 mingdan ortiq o‘qituvchilar jismoniy tarbiyadan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Deyarli barcha o‘quv yurtlarida sport zallari, o‘yin maydonlari, ba‘zi birlarida suv havzalari mavjud. Sportning 20 dan ortiq turlari bo‘yicha har yili «Quvnoq startlar», «Umid nihollari» musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu holatlar o‘rta va oliy pedagogika o‘quv yurtlarida birmuncha ko‘proq va sifatliroq tashkil qilinadi. O‘quvchi yoshlarning ko‘pchiligi turli sport to‘taraklari, sayohatlar ommaviy sport musobaqalarida doimo ishtirok etadi. Xalq ta‘limi vazirligi tizimida turli doirada va toifada tashkil qilingan bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyat ko‘rsatadi, ularning o‘ziga xos tashkiliy, moliyaviy-xo‘jalik tadbirlari mavjud. Ana shularning hammasini uyushtirish va boshqarish uchun juda katta mehnat talab qilgandi. O‘quvchi yoshlarning darsdan tashqari sport va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil qilish va sport musobaqalarini o‘tkazishda ularning jamoatchi tashkilotlari, ya‘ni «YOshlik», «Talaba», sport uyushmalari hamda ularning quyi tarmoqlari xizmat qiladi. YAna shuni ham e‘tirof etish kerakki, mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlar, urf-odatlar tiklanmoqda. Bu juda ko‘p ijobiy tomonlarga ega bo‘lish bilan birgalikda, maktab o‘quvchilari, ayniqsa, mahalliy millat qizlarining jismoniy tarbiya, sport bilan shug‘ullanishlari haqida turli fikr va mulohazalarni ham keltirib chiqarganligi sir emas. YA‘ni ularning murakkab mashqlarni bajarmasligi, hozirgi mavjud bo‘lgan sport kiyim-boshlarini kiymasligi va hokazolar. Bu haqda Xalq ta‘limi vazirligi, Oliy va urta maxsus ta‘lim vazirligi o‘zining katta anjumanini Farg‘onada o‘tkazib, ma‘lum qarorga keldi. Bu, o‘z navbatida, aholining xaqli 25 e‘tirozlarini inobatga olish va qizlar mashg‘ulotlarini talab va zamon sharoitiga moslab o‘tkazishda bir qadar olg‘a siljish bo‘ldi. Lekin mazkur sohada mutaxassislar, qizlarning o‘zlari va ba‘zi bir ota-onalarning ham jiddiy e‘tirozlari borki, qizlarni jismoniy tarbiya va sportdan butunlay uzoqlashtirish mumkin emas. Xalq ta‘limi vazirligi tizimida bevosita jismoniy tarbiya va sport ishlariga rahbarlik qiluvchi bo‘limlar, kabinetlar asosan quyidagi faoliyatlarni amalga oshirishda rahnamolik qiladilar: 1.O‘quvchi yoshlarning jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va hayotga tayyorlash, bunda jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishni o‘rgatish. 2.Sog‘lom turmush tarzida jismoniy tarbiya va sportning mohiyatini, o‘rnini ongli ravishda tushunishlariga erishish. 3.Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari va turli musobaqalarda qatnashish yo‘li bilan o‘zlarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash, jamoa (komanda) ahilligi, o‘zaro hurmat va g‘oliblik, kurash yo‘llarini o‘rgatish. 4.Jismoniy tarbiya vositalari orqali mehnatga tayyorgarlik va Vatan himoyasi uchun o‘z kuch va qudratlarini oshirishga odatlantirish. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini to‘la bajarishlariga erishish. 5.Sport cho‘qqilarini egallashga chorlash, xalqapo sport maydonlarida respublika obro‘yini ko‘tarish tuyg‘ularini kuchaytirish va vatanparvarlik fazilatlarini rivojlantirish. 6.Bo‘lajak kasbga tayyorlash va qaysi kasb-hunar bo‘lmasin, o‘z sog‘liqlarini mustahkamlashga intilish, kelajakda sog‘lom avlod uchun kurash yo‘llarini egallash va hokazolar. Ana shu faoliyatlar o‘quv yurtlarida qanday amatta oshirilayotganligi bilan faqat mutasaddi tashkilotlargina emas, balki juda ko‘p mutaxassislar, ilmiy xodimlar ham qiziqadi. Ana shularni e‘tiborga olgan holda maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlari hamda ularning jismoniy tayyorgarlikdarini o‘rganish maqsadida maxsus izlanish va tadqiqot ishlarini olib borish davom etmoqda. Bu tadqiqotlar Davlat sport qo‘mitasi va O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining 1991-1995; 1996- 2000 hamda 2005 yilgacha mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining birinchi yo‘nalishi va ilmiy hisobotlarida o‘z ifodasini topgan. SHuningdek, bir qator o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar e‘lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi etakchi hisoblanadi. Muassasaviy mansublikdan qatbiy nazar, barcha o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalari, dasturlari, shu vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. SHular qatorida o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya darslari, ommaviy sog‘lomlashtiruvchi sport tadbirlariga ham umumiy qoida va talablar asosida rahbarlik shu vazirlik tomonidan amalga oshiriladi. O‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishda ularga rahbarlik tartibi, «Jismoniy tarbiya va sport 26 to‘g‘risida»gi, «Ta‘Hm to‘g‘risida»gi qonunlar hamda davlat ta‘lim standartlarida ko‘rsatilgan umumiy qoidalar asosiga tayaniladi. Eng muhimi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Bunda Oliy va urta maxsus ta‘lim vazirligi tizimi tarkibidagi bir qator maxsus bo‘limlar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: 1.0liy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining «Jismoniy tarbiya va sport» bo‘limi. 2.0liy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya kafedralari va sport klublari. Ularning faoliyatiga ko‘maklashuvchi sport jamiyatlari ham mavjud, ya‘ni: 1.Respublika Oliy o‘quv yurtlari talabalarining «Talaba» sport uyushmasi, uning viloyatlardagi tarmoqlari /sport klub, bo‘limi va hokazolar/. 2.Respublika o^quvchi-yoshlarining «YOshlik» sport ja-miyati, uning joylardagi sport klublari. O‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari asosan quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgandir: 1. O‘quvchi-yoshlar va talabalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, jismoniy va ma‘naviy kamolotini yuksattirish, iqtidorli sportchilarning mahoratini oshirish bilan bog‘liq barcha tadbir hamda faoliyatlarni ta‘minlash. 2. Bo‘lajak kasb-hunar yo‘nalishi asosida jismoniy tarbiya va sportning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish usullari bilan qurollantirish. Ma‘lumki, ijtimoiy mehnat va turmush sharoiti bilan bog‘liq sohalar juda ko‘p. Ular malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu yo‘lda kasbhunar kollejlari, turli yunalishdagi bilim yurtlari o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqda. SHu bilan birgalikda, Davlat ta‘lim standartlari hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida yangidan kollejlar, li^eylar, gimnaziyalar tashkil etilmoqda. Bunday o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari va ommaviy sport turlari bir-muncha ustuvor turadi. Ularni uyushtirish va tashkiliy masalalar umumiy qoidalar hamda maxsus Nizomlar asosida olib boriladi. Ularning «Barkamol avlod o‘yinlari» sport musobaqalari asosiy tadbirlardan biridir. YUqorida qayd etilgan Xalq ta‘limi va Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirliklari tizimining barcha turdagi hamda toifadagi o‘quv maskanlari, muassasalarida «Jismoniy tarbiya» darslari davlat dasturi asosida tashkil etiladi. O‘quvchi-yoshlar va talabalarning «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari hamda ommaviy sog‘lomlashtiruvchi sport tadbirlari sog‘lom avlod tarbiyasi, ularning ma‘naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo‘lib usishlarini ta‘minlashga qaratilgandir. Ularning Universiadalari eng muhim ommaviy sport tadbirlari tarkibiga kirib bormoqda. Xalq ta‘limi, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirliklari o‘z faoliyatlarini o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘lajak mutaxassislarni jismonan barkamol qilib tarbiyalab etishtirish maqsadiga qaratganlar. Download 251.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling