Zini boshqaruv tashkilotlarda jismoniy madaniyatni boshqarish tizimlari
O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy
Download 251.65 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'Z O\'ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARDA JISMONIY MADANIYATNI BOSHQARISH11
2.1 O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy
tarbiya va sport sohasidagi vazifalari Xalq xo‘jaligining barcha sohalari bo‘yicha mutaxassis xodimlarni tayyorlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunda taraqqiy etgan mamlakatlarning ish tajribalaridan maqsadli foydalanilmoqda. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti va davlatlararo qo‘shma korxonalarning yurtimizda faoliyat ko‘rsatishi zamon talablari asosida kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda. Boshqa davlatlar kabi O‘zbekistonda ham yangi asrda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va sport taraqqiyoti uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, buyuk kelajakning sog‘lom avlodlarini tarbiyalab etishtirish, bo‘lajak o‘qituvchi, shifokor, muxandis, aktyor, rassom va barcha sohalardagi mutaxassislarni jismoniy kamolot sari etaklash buguniing muhim vazifalaridan biridir. Jismoniy jihatdan barkamol mutaxassislarni tarbiyalab etishtirishda o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konqernlar, davlat kompaniyalari o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Ma‘lumki, o‘quv yurtlarining dasturlari hamda o‘quv rejalari Xalq ta‘limi va Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirliklari tomonidan ishlab chiqilsada, ular boshqa sohalardagi vazirliklar tarkibidagi barcha o‘quv yurtlarida bevosita qo‘llaniladi. Ular asosan o‘quv yurtlarini moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan ta‘minlashda xizmat qiladi. SHunga ko‘ra, o‘quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan yagona «Jismoniy tarbiya» dasturi barcha turdagi o‘quv yurtlarida qo‘llaniladi. O‘quv yurtlarining asosiy qismi Xalq ta‘limi va Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirliklari tarkibida bo‘lsada, tibbiyot, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi, texnika, qurilish va boshqa sohalardagi vazirliklar hamda qo‘mitalar tarkibida ham o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari mavjuddir. Ularda jismoniy tarbiya darslari, sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar, ommaviy sog‘lomlashtiruvchi sport tadbirlari Davlat dasturi asosida olib boriladi. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida bo‘lajak mutaxassislarning jismoniy kamolotini oshirish ishlari amalga oshiriladi. 24 O‘quv yurtlariga eta bo‘lgan barcha davlat idoralarida «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonun, «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturi, davlat ta‘lim standarti talablari amalga oshiriladi. Download 251.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling