Zini boshqaruv tashkilotlarda jismoniy madaniyatni boshqarish tizimlari
Jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilishda jamg’arma uyushmalarining
Download 251.65 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'Z O\'ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARDA JISMONIY MADANIYATNI BOSHQARISH11
Jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilishda jamg’arma uyushmalarining
faoliyatlari Mustaqillik davrida aholining ijtimoiy turmush darajasini tobora oshirish milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma^naviy-ma^rifiy madaniyatimizni jahon xalqlarining ilg‘or madaniyati bilan boyitish «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish va boshqa sohalarda ko‘maklashuvchi jamg‘arma uyushmalari tashkil qilindi. Ularning qisqacha faoliyatlari bilan quyida tanishish mumkin. «Navro‘z» xayriya jamg‘arma uyushmasi mustaqillik sharofati bilan yuzaga kelgan ilk tashkilotlardan hisoblanadi. U asosan har yili o‘tkaziladigan bahor bayrami - «Navro‘z»ni tashkil qilish, ko‘pgina sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportga ham moddiy yordam berish faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda. «Mahalla» xayriya jamg‘armasi mahalla oqsoqollari jamoalarini birlashtiruvchi tashkilotdir. Jamg‘arilgan mablag‘larni kam ta‘minlangan oilalar, nogironlarga, faxriylarni moddiy rag‘batlantirishga, shuningdek, mahallalarda o‘tkaziladigan madaniy va ommaviy sport tadbirlariga sarflaydi. «Ma‘naviyat va ma‘rifat» jamoatchilik markazining xayriya jamg‘armasi ham shu nom bilan yuritiladi. YUrtimizda milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma‘naviy- ma‘rifiy madaniyatimizni kengaytirish va boyitish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan /1993 yil, aprel/ bu markaz tashkil etildi. Bu markaz Davlat sport qo‘mitasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish hamda jamg‘arma hisobidan sportga moddiy yordam berishda faol ishtirok etmoqda. «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘arma uyushmasi O‘zbekiston Prezidentining 1993 yil 4 martdagi «Sog‘lom avlod uchun» ordenini ta‘sis etish to‘g‘risidagi farmoni asosida vujudga kelgan hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotdir. «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish, ayniqsa o‘quvchi- yoshlarning ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish, ularga moddiy yordam ko‘rsatishda xizmatlari g‘oyat kattadir. «Ekosan» xalqaro jamg‘arma uyushmasi sifatida jahondagi ko‘pgina nufuzli tashkilotlar qatoriga ko‘tarildi. Uning asosiy maqsad va vazifalari atrof-muhitni kuzatish, nazorat qilish, tozalikni saqlash va tabiatni muhofaza qilishdir. Bu yo‘lda Orol dengizi muammolari va shunga o‘xshash o‘ta muhim ishlar bilan shug‘ullanib keldi. O‘z navbatida sayohatchilar, o‘quvchi-yoshlarning ommaviy sog‘lomlashtiruvchi sport tadbirlariga ham ma‘lum darajada o‘z hissalarini qo‘shmoqda. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati o‘quvchi-yoshlar, talabalarningta‘lim- tarbiya, kasb-hunar, texnikani egallash, salomatlik, sport, madaniyat sohalaridagi faoliyatlarida amaliy jihatdan ko‘maklashadi. U Xalqaro Kurash Asso^ia^iyasi faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashkiliy, moddiy yordam berish ishlarida bevosita ishtirok etadi. Respublikamizda «Bolalar» xayriya jamg‘armasi, «Nuroniy» xayriya jamg‘armasi va shunga o‘xshash ko‘pgina xayriya jamg‘armalar mavjuddir. Ular o‘z sohalarida o‘tkaziladigan madaniy tadbirlarda ko‘maklashadi va belgilangan tartibda moddiy yordam beradi. SHuni ham ta‘kidlash zarurki, yuqorida nomlari qayd etilgan jamg‘arma uyushmalarining viloyat, tuman-shahar bo‘limlari, ularning ko‘pgina jamoalarda boshlang‘ich tashkilotdari amaliy jihatdan faoliyat ko‘rsatib, yaxshi samaralarga erishmoqda. Ular faoliyatida ommaviy sport tadbirlari va xalq milliy o‘yinlarini tashkil qilishda amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etmoqda. Download 251.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling