Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Download 149 Kb.
bet30/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Lirik kirish – asar yoki epizodning boshida keluvchi lirik parcha.


Lirik chekinish – muallif nutqining bir turi bo’lib, voqealar davomida keladigan lirik parcha. Muallif tili yoki nutqi ba’zan asarda qalamga olingan voqea bayoni bilan bog’lanmay qoladi, muallif voqea bayoni va kishilar xarakterini tasvirlashdan chekinib, o’zida tug’ilgan fikr, his va hayajonni lirik ifodalashga beriladi.

Lirik xotima – asar yoki epizodning oxirida keladigan lirik parcha.
Ma’rifatchilik adabiyoti – kishilarni o’qish va bilim olishga da’vat etguvchi adabiyot. O’zbek adabiyotida ma’rifatchilik yo’nalishi dastlab Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar, Dilshodi Barno, Anbar Otin singari adiblar ijodida ko’ringan.

Majoz – adabiy asarda o’quvchiga noaniq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash.

Memuar (fransuzcha, esdaliklar, xotiralar) – yozuvchi o’zi ishtirok etgan yoki shohidi bo’lgan voqealarni jonli tasvirlagan esdaliklar tarzida yozilgan asar. Misol: “Boburnoma”.
Misra ( arabcha, “eshikning bir tabaqasi”) – bir qator she’r.

Modern adabiyot – “modern” so’zi fransuzcha bo’lib, “yangi, zamonaviy” degan ma’nolarni bildiradi. Modern adabiyotda hayot haqiqatiga rioya qilish muhim hisoblanmaydi. Modern yozuvchilar uchun tasvirning hayotdagiga, borliqdagiga o’xshashi emas, balki odamning ichki olamini,ruhiy kechinmalarini aks ettirishi muhim sanaladi. Modern adabiyotda deyarli hech narsa o’z oti bilan atalmaydi.

Motiv – ijodkor ijodi yoki muayyan asarning asosiy g’oyasi, mavzusini to’ldirishga xizmat qiluvchi qo’shimcha mavzu yoki g’oya.


Monolog – badiiy asarda ishtirok etgan shaxslarning o’z – o’ziga yoki o’zgalarga qaratilgan nutqi. Monolog ichki va tashqi bo’ladi.

Munshaot (arabcha, yozilganlar) – yozuvchi tomonidan yozilgan maktublar, xatlar.

Mushoira (arabcha, she’r aytishuv)shoirlar aytishuvi, musobaqasi.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling