Pafos (grekcha, hissiyot, ehtiros) – jo’shqinlik hisoblanadi. Asar pafosi yozuvchini maftun etgan va butun asarga singib ketgan g’oya, his va hayajonlardir.
Pamflet (inglizcha qo’ldagi varaq) – biror ijtimoiy tuzum voqelik va siyosiy partiya faoliyati, dasturi ustidan o’tkir hajv orqali kuluvchi kichik satirik asar.
Poema (grekcha) – liro – epik janrlardan biri bo’lib, she’riy rivoyat, she’riy qissa yoki she’riy hikoya hisoblanadi. Poemada shoir o’z qahramonlarining ish – harakatlari va kechinmalarini ifodalaydi.
Parodiya (grekcha, zid qo’yish) – satirik ijodning bir turi bo’lib, odatda, yozuvchi ijodi yoki alohida asarning kulguli yoki yaramas tomonlarini ko’rsatuvchi she’riy yoxud nasriy asar hisoblanadi.
Poetika (grekcha) – badiiy adabiyot haqidagi ilm, adabiyot nazariyasi, adabiyot qoidalari. Poetika she’riyat, she’r tuzilishining xususiyatlari ma’nosida ham qo’llanadi.
Proza (lotincha, bevosita qaratilgan nutq) – vazn va qofiyasiz, oddiy nutq bilan yozilgan badiiy nasriy asar.
Prototip (yunoncha, ilk, dastlabki nuqta, nishona) – badiiy umumlashtirilgan obraz, tip yaratishga asos, manba bo’lgan, hayoti va xarakteri yozuvchi tomonidan asar qahramoni qiyofasida mujassamlashtirilgan aniq hayotdagi kishi, konkret shaxs.
Peripetiya – yunon tilidagi “kutilmagan burilish” degan ma’noni anglatuvchi bu so’z antik davr dramaturglari va adabiyot nazariyotchilari tomonidan tragediyalardagi voqea yo’nalishining kutilmaganda birdan qarama – qarshi tomonga harakatini anglatuvchi ma’noda ishlatilgan. Peripetiya – antik davr fojianavislarining asarlarida mo’l qo’llanuvchi adabiy usul, san’atlardan biri.
P’yesa (fransuzcha, butun yoki umum) – xilma – xil sahna asarlari (tragediya, komediya,drama va boshqalarning ) umumiy nomi.
Publitsistika (lotincha, ijtimoiy) – keng ma’noda ijtimoiy – siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlar. Tor ma’noda davlat va jamiyat hayoti masalalariga bag’ishlangan ijtimoiy – siyosiy va ilmiy adabiyot.
Do'stlaringiz bilan baham: |