Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Tarixiy – avtobiografik roman


Download 149 Kb.
bet36/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Tarixiy – avtobiografik roman – yozuvchining o’z hayoti asos qilib olingan roman.
Tragikomediya (jiddiy komediya) – tragediya xususiyatlari va komediya elementlari birgalikda aks ettirilgan asar. Misol: Sh. Boshbekov “Temir xotin”.

Faxriya – shoirning o’z ijodi bilan faxrlanib aytgan so’zlari.

Fantastik asar – faraz, xayol, tasavvur qilish orqali ilmning so’nggi yutuqlariga tayanilgan holda yaratilgan asarlar. Gerbert Uells, Jyul Vern, Aleksey Tolstoy, Aleksandr Beleyev kabi yozuvchilar bu sohada mashhurdirlar.

Firoqiya (arabcha) – sharq mumtoz adabiyotidagi ayriliq, hijron alamlarini ifodalagan, yor va diyorni qo’msab aytilgan lirik she’rlar.
Sharh – biror asar yoki uning ma’lum bir qismini, ifoda va iboralarini tahlil va talqin etish, ba’zi o’rinlariga izoh berish, sharhlash.

Shlok – “Manzuma”, “madhiya” ma’nolarida ishlatiladigan so’z.

Shohbayt – she’rdagi mazmun va g’oyani umumlashtirgan bayt. Unda oldingi satrlardagi fikrlar tadriji oliy nuqta ko’tariladi. Misol:
Ishq aro shohu gado tengdur, gado balki fuzun,
Gar gadolig’ aylar o’lsa ishqning yag’mosidin. A.Navoiy.
Epigramma – kinoyali she’r.

Ekloga – qishloq hayoti haqidagi she’rlar.

Elegiya – g’amgin she’rlar.

Epitafiya – biror shaxsning o’limi munosabati bilan yozilgan she’rlar.

Epizod (grekcha voqe bo’lgandan ziyod) – poema, povest, roman, dramalar syujetida o’zaro bog’lanib kelgan va ma’lum darajada mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan voqea, asardagi ma’lum bir lavha, vaziyat.

Esse (lotincha, chamalayman) – erkin kompozitsiyaga ega bo’lgan, shaxsiy mulohaza va qarashlarini ifodalovchi asar.
Yumor – birmuncha yengil tanqidga asoslangan kulguli asar. Bunda kulgu illatning o’zidan qo’zg’otiladi. Misol: S.Ahmad “Sobir” hikoyasi.

Qissa – hayot va qahramonlarni aks ettirishdagi kenglik, chuqurlik, batafsillik jihatidan hikoya bilan romanning o’rtasida turadigan janr. Misollar: “Yulduzlar mangu yonadi”, “Gulliverning sayohatlari”, “Oq kema” va boshqalar.

Qofiya – she’riy misralarning muayyan bir o’rinda, ko’proq misra so’nggida so’zlarning ohangdosh bo’lib kelishi. Qofiya so’zi “Ergashtiruvchi” degan ma’noni bildiradi. Misol: “qon”, “fig’on”, “osmon” so’zlari qofiyadosh so’zlardir. Ba’zan qofiyalarda ulash (vasl) ham bo’ladi. Masalan: “ko’zimdan”, “yuzimdan”, “o’zimdan” so’zlaridagi “im” qo’shimchasi qofiyadagi ulashdir

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling