Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Tazkira (arabcha, zikr qilmoq)


Download 149 Kb.
bet35/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Tazkira (arabcha, zikr qilmoq) – shoirlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot, asarlaridan qisqacha namuna va tahlillar keltirilgan majmua. Birinchi tazkira hisoblanadigan Abu mansur as – Saolibiyning “Yatimat ud – dahr fi mahosini ahli asr” (“Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona”) asari (XI asr), Muhammad Avfiyning “Lubobul – albob ” (“Mag’izlarning mag’izi”, XIII asr), Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush - shuaro” (XV asr), turkiy adabiyotdagi birinchi tazkira A. Navoiyning “Majolis un - nafois” (Nafis majlislar, XV asr), Hasanfoja Nisroyning “Muzakkiri ahbob” (1566 yil), Maleho Samarqandiyning “Muzakkirul - ashob” (“Suhbatdoshlarning zikri, XVIII asr”, Fazliy Namangoniyning “Majmuatush - shuaro”, XIX asr va shu kabi boshqa asarlar tazkirachilikning yaxshi namunalaridir.

Tragediya (yunoncha, echki qo’shig’i) – qahramonlarning boshiga tushadigan eng og’ir holatlarni bo’rttirib ko’rsatish yo’li bilan hayotda hamisha mavjud bo’lgan fojeaviylikni yorqin tasvirlaydigan asar. Yunonistonda milodgacha bo’lgan antik – qadimgi davrda har yil fevral oyida hosil va may xudosi – Dionis sharafiga xalq bayramlari o’kazilgan. O’sha tantanalarda Dionis kiyimidagi kishi tushgan aravaning orqasidan bir to’p qiziqchilar ergashib yurishgan. Ular o’sha davr odatiga ko’ra echki terisini yopinib olishgan. Bularni “tragoslar” deb atash rasm bo’lgan. Keyinchalik bu atama adabiyotga ko’chib, o’zining asl ma’nosidan uzoqlashgan. Birinchi tragediyaning vatani ham Yunoniston bo’lib, “tragediya otasi” Esxildir (er. Avv. VI – V asr). Misol: Shekspir “Otello”, “Hamlet”, Pushkin “Boris Godunov”, Fitrat “Abulfayzxon”, M.Shayxzoda “Mirzo Ulug’bek”.
Tarixiy romanlar – voqea – hodisalari va qahramonlari uzoq hamda yaqin o’tmishdan olib yozilgan, qalamga olingan davr va shaxslar haqida haqiqiy tasavvur beruvchi romanlar.

Tarixiy – biografik roman – birgina tarixiy shaxs hayoti asos qilib olingan roman.

Tarixiy – inqilobiy roman – inqilobiy davr voqealari asos qilib olingan roman. Misol: Oybek “Qutlug’ qon”.


Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling