Ziyo Uz Haqiqiy o'zbekona forum


Download 149 Kb.
bet34/37
Sana19.06.2023
Hajmi149 Kb.
#1599822
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Adabiyaot qoidalari

Satirik asarlar – ayrim shaxslarning illatklarini kulguli tarzda keskin fosh etuvchi badiiy asarlar. Masalan: S.Ahmad “Qoplon” hikoyasi

Satira – hayotning ma’lum tomonidan yo ayrim guruh va shaxslarning yaramas salbiy xislatlaridan achchiq kulib va uni tanqidiy tasvirlab yozilgan hajviy asar. Satirada ijodkorning mavzuga qarashi o’z sezgi, his 0- hayajonlaridan ustun turadi.

Soqiynoma – Sharq mumtoz adabiyotidagi she’r shakllaridan biri.

Sayohatnoma – sayohat taassurotlari va tafsilotlarini tasvir etuvchi badiiy asar.
Taxallus (grekcha, yolg’on ism) – muallif o’zining haqiqiy ismi o’rnida qo’llaydigan imzo, ism.

Takshut – turkiylarda she’r, bayt, nazm, manzuma ma’nolarida qo’llanuvchi so’z.

Tasavvuf – diniy va dunyoviy ta’limot bo’lib, undagi asosiy shior bo’lgan “Mo’minning mo’minga zulmi haromdir” qabilidagi shirlar Qur’on oyatlariga asoslangan. Ilmda tasavvuf tarixidagi ikki bosqich, zohidlik va oriflik ajratiladi. Zohidlik davriga xos xususiyat Olloh yo’lida toat – ibodat qilish va farzdir. Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abdulloh Muborak shu oqim vakillaridandir. IX asr o’rtalaridan oriflik davri boshlanadi. Endilikda xonaqohlar vujudga kelib, unda nazariy-ilmiy jihatdan ham yuksalish davri kuzatiladi. Tasavvuf insonning ma’naviy kamolotga erishish yo’lidir. Bu yo’l to’rt qismga ajraladi:
1.Shariat (ma’naviy komillikning ilk bosqichi)
2.Tariqat (“yo’l”, tasavvufning amaliy qismi). U albatta ustoz (pir, murshid) bilan egallanadi.
3.Ma’rifat (“bilmoq”, bu bosqichga erishgan zohid dunyoning hamma jismida, har bir voqea – hodisada Olloh iroasini, uning sifatlarini ko’ra oladi. Ammo bu hali o’zlashtirishning aql bilan bog’langan bosqichi).
4.Haqiqat (tasavvufning eng yuqori – oliy bosqichi). Haqiqat yo’li “Suluk”, bu yo’lga kirgan inson “Solik” (“Solih”) deb, birlik, Olloh bilan birlashish yo’li esa vahdat deb ataladi.

Tasavvuf oqimi o’z adabiyotni ham yuzaga keltirdiki, Muhammad G’azzoliy, Yusuf Hamadoniy singari allomalar uning nazariy asoslarini yaratdilar. Turkiy adabiyotda tasavvuf ta’limoti Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asaridan boshlab ifodalana va rivojlana boshlagan. Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviylar ham tasavvuf adabiyotining zukko bilimdonlaridir.



Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling