Ziyoda masharipova


ash'orin o‘qub, yigMab vajdu hol qilur erdi”2


Download 226.51 Kb.
bet34/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

ash'orin o‘qub, yigMab vajdu hol qilur erdi”2.
To‘g‘ri, yuzaki qaraganda, ko‘pchilik oldida o‘z hissiyotlarini jilovlay olmaslik, asar voqealaridan ta'sirlanib, hatto yigMash daraja- sigacha borib yetish erish tuyulishi mumkindir. Lekin shunday asar- lar ham borki, bu asarlarda inson qalbini junbushga keltiradigan ayrim voqealami, ta'sirli lavhalami, hissiyotsiz yoki ko‘zga yosh olmasdan o'qish aslo mumkin emas. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Layli va Maj- nunning oMimi bilan bog'liq lavhalami, yoki “Shohnoma” dostonida Rustamning bilmasdan o‘z o‘g‘lini oMdirib qo‘yib, boshiga tuproq sochib yigMashi bilan bogMiq epizodlami larzaga tushmasdan o‘qib boMmaydi. Ushbu asarlar qanchalik san'atkorlik va mahorat bilan yara- tilgan boMsa, uning o‘qilishi, og‘zaki ijrochiligi ham san'atkorlik va •mahoratni talab qiladi. Aks holda, “Eng ajib fikr ham, agar yomon ifodalansa, o‘z qimmatini yo‘qotadi, agar takrorlanaversa, odamni diqqinafas qiladi” (RVolter).
Binobarin, mavlono Riyoziy nutq paytida ko‘z yoshi qilish daraja- siga yetib borar ekan, uning nutqida yoki she'rlarida bunga asosli sabab boMgan. 0‘z nutqidan o‘zi shunchalik ta'sirlanishi va boshqalami ham shunchalik havaionga solishi, ishontirishi va hamdardlik tuyg‘usini
1 Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola (Urfon Otajon tarjimasi). - T.: Yangi asr avlodi, 2007, 195-bet.
: Alisher Navoiy. Maolis un -nafois. Asarlar. O'n besh tomlik. 12-to‘m. 101-bet.
-85-
www.ziyouz.com kutubxonasi
uyg‘ota olishi mavlono Riyoziyning chinakam notiq, yuksak mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi.
So'zlovchi o'zining gapirish ohangi, ko‘z qarashlari, yoqimli xatti- harakati, xullas, butun qiyofasi bilan eshituvchilami o‘ziga maftun etishi lozim. Zero, ba'zan aytilayotgan fikrlarga mos “go‘zal xatti-harakat - go‘zal so‘zdan a’lo” (S.Smayls). Ana shundagina, notiq o‘z nutqidan ko‘zlagan maqsadiga erishadi, shu bilan birga, eshituvchilaming meh- rini qozonadi. 0‘tmish tariximizda bunday notiqlar ko‘p bo'lgan. Mav- lono Husayn Voiz Koshifiy, mavlono Riyoziy, Xoja Muayyad Mehnagiy, Mulla Kalon Voiz Samarqandiy kabi ko‘plab ulug‘ kishilaming faoli- yati buning yorqin dalilidir. “Makorim ul-axloq”, “Latoyif ut-tavoif’ kabi manbalarda hikoya qilinishicha, Husayn Voiz Koshifiy qayerda nutq so'zlasa, shu yerda odamlar soni nihoyatda ko‘payib ketar ekan. Minglab xalq to‘plangan maydonlaming oxirida turgan odamlarga uning ovozi yetib bormasa ham, muxlislari bu zotning nurli siymosini uzoqdan bo‘lsa ham bir ko‘rishga ishtiyoqmand bo‘lganlar, so'zlariga monand chiroyli xatti-harakatlarini zavqlanib kuzatib turganlar.
Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy” asarida kishilar bir-biri bilan so‘zlashganda o'zini qanday tutishi lozimligi haqida yoki notiq ko'pchilikka va’z aytayotganida uning gapirish yo‘sini (mimikasi) bosh va yuz, tana va qo‘l harakatlari muhim ahamiyat kasb etishi haqida ni- hoyatda ibratli fikrlar bildirgan. Mashhur axloq targ'ibotchisi bu fikr- lami o‘z hayotiy kuzatishlaridan og‘zaki ijrochilik faoliyatidan kelib chiqqan holda yozgan. Darhaqiqat, ijro - so‘zning tanho hukmdoridir. Nutqning qanday chiqishi, ya’ni eshituvchilar tomonidan yaxshi yoki yomon qabul qilinishi birinchi navbatda ijrochiga, uning mahoratiga, yanada aniqroq qilib aytganda, so'zlar mazmuniga monand xatti- harakatlariga ham bog'liqdir.
Aytishlaricha, Demosfen “Suxandonlikda eng muhim narsa nima?” degan savolga: “Birinchidan - ijro, ikkinchidan - ijro, uchinchidan - ijro”, deb javob bergan ekan.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, notiqlikda ijro eng muhim narsa bo‘lishi bilan birga, eng murakkab jarayon hamdir. Masalan, muayyan bir nutq matnini yoki she'mi har kim o‘z iqtidori va qobiliyatidan kelib chiqib har xil o'qishi, har xil ijro qilishi mumkin. Kimdir asar mhini tushunib, qalban his qilib, mahorat bilan ijro qilsa, ikkinchi birov hech
-86-
www.ziyouz.com kutubxonasi
narsani tushunmasdan, shunchaki o'qish kerak boMgani uchungina, ni- hoyatda g‘aliz va g'ashga tegadigan tarzda ijro qiladi.
Mark Tulliy Sitseron notiqlar haqida, har bir notiqning o'ziga xos ijro mahorati haqida fikr yuritar ekan, Katulga1 murojaat qilib, shun- day deydi: “Sen Katul, mendan yaxshiroq biladigan Grakxni2 yoshlik paytlarimda nega bunchalik ulug'lashardi! - ',‘Men baxtsiz qayerga borav? Qayerga? Kapitoliygami? Ammo Kapitoliv akamning qoniga bo'valgan. Uygami? Tashlab qo'vilgan, nola chekavotgan baxtiqaro onamni ko 'rish uchunmi? ” ushbu ijroda uning nigohi, ovozi, tana hara- katlari shunday ediki, hatto dushmanlar ham yig‘lagan”3.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, ifoda- li o‘qish hech qanday tayyorgarliksiz, shunchaki o‘z-o‘zidan amalga oshadigan oson jarayon emas. Ifodali o‘qish og'zaki ijrochidan chuqur bilim, fahm-farosat, qobiliyat va mahorat talab qiladigan san'atdir.

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling