Ziyoda masharipova
Erkin vazndagi she’rlarni o‘qish
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
Erkin vazndagi she’rlarni o‘qish
Erkin vazndagi she'rlar tuzilishiga ko‘ra barmoq va aruz vaznidagi sheTlardan tubdan farq qiladi. Erkin sheTda misralardagi hijolaming soniga, urg'uli yoki urg‘usiz bo'lishiga emas, balki ohang, ritm va in- tonatsiyasiga katta ahamiyat beriladi. Bunday she'rlarda qaysi so‘zni ajratib, ta'kidlab aytish zarur bo‘Isa, shu so‘z alohida misraga chiqa- riladi. Erkin she'rda shoir qaysi tartibda his-hayajon va fikmi ifoda etishga intilsa, so'zlami shu tartibda misralarga tizadi. Zero, fikming jo‘shqinligi va publitsistik mhda bayon etilishi erkin she'rga xos muhim xususiyatlardan biridir: Osiyo so‘zlaydi, Tinglang ovozin! Jo‘shqin daryo mavjin, - 101 - www.ziyouz.com kutubxonasi Hayqiriq sozin. Osiyo uyg'ondi, uxlamas, uyg‘oq. Rostlik, do‘stlik bo'ldi u bilan o'rtoq. (Mirzo Tursunzoda) Erkin vazndagi she'rlar o‘zbek adabiyotiga o‘ttizinchi yillarda Yev- ropa adabiyoti ta’sirida kirib keldi. Minbarlardan turib omma oldida o‘qishga moTjallab yozilgan bunday she'rlar dastlab G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir kabi ustoz shoirlar ijo- dida kamol topdi. Keng ommaga bevosita murojaat etish va shoir ruhi- yatida paydo boTadigan ko‘tarinki hissiyot, pafos ko‘p jihatdan erkin vaznning xususiyatlarini belgilaydi. Erkin vaznda she'ming musiqiyligi saqlangan holda, bu musiqiylik turlicha parchalarda o‘zgarib, tovlanib turadi. Shoir bir she'riy parcha- ning o‘zida bir necha ritmik oTchovlami qoTlaydi, bir turoq tartibidan ikkinchi turoq tartibiga o'tadi, misralami erkin ravishda zinapoya shak- lidagi boTaklarga ajratadi. Bunday paytda shoir ba'zan misralaming qofiyalanishi bilan cheklanmasdan, misra boTaklarini ham qofiyadosh qilishga intiladi: Ey, Farg‘ona! Mushkul kunlar bolasini tishida tishlab, Yuvib, tarab, sevib, o'pib, quchib, opichlab, Ey, baxtlami balog‘atga yetkazgan ona! (Hamid Olimjon) She’r misralarining hijolari turlicha boTib, turoqlar bir necha mis- ralardan keyin takrorlanadi, pauza va intonatsiya esa ritmni vujudga keltirishda muhim rol o'ynaydi. Erkin she'rlar pauzalarga boyligi bi- lan ajralib turadi. Pauza she'rdagi ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini - 102- www.ziyouz.com kutubxonasi bo‘rttiradi, ulaming ma'no va ahamiyatini ta'kidlaydi, she'riy nutqqa xos his va hayajon bag'ishlaydi. She'rdagi nafosat, noziklik, g‘azab yoki istehzo ma'nolarini ifodalaydigan so‘zlami alohida pauza bilan bo‘lib-bo‘lib aytish asaming ta'sirchanligini yanada oshiradi. Demak, misralari turli miqdordagi hijolardan tashkil topgan, turoq- lari alohida-alohida bo'rttirib berilgan she'r tuzilishi erkin she V deyila- di. Quyida berilgan she'riy parcha ham erkin vaznda yaratilgan asam- ing yorqin namunasidir: Bong uring, hammani uyg'oting, Bong uring shahar-u qishloqda. Hayajon ko'taring, to‘p oting, 0‘t ketdi hammayoq yonmoqda, Ovozlar boricha baqiring, Odamlar! Yo hayot, yo mamot! Sim qoqing! Nol bimi chaqiring: Yong‘in, deng kerak, deng, tez najot! Dod soling, ne kechar holimiz, Alamdan jonimiz qiynoqda. Olamda - 103- www.ziyouz.com kutubxonasi topilmas molimiz - Vaqtimiz Yonmoqda yonmoqda. (Erkin Vohidov) Undov, chaqiriq, murojaat ohanglari bilan to'lib toshgan bu she’rda shoiming kuchli his-hayajoni mujassamlashgan. Inson zotining vaqt atalmish qimmatbaho ne’matga loqaydlik bilan qarashi, demakki, umrining oltin daqiqalarini yelga sovurishi shoirda afsus va nadomat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Umrga o‘t ketdi insonlar! U yonar biz majlis qilamiz, - deya vaqtini foydali ishga bag‘ishlash o‘miga, qumq safsatabozlik, majlisbozlik bilan o‘tkazayotganlarga qarata cliuqur taassuf bilan bong uradi. She'r misralaridagi deyarli har bir so‘z alohida urg‘u, o‘ziga xos intonatsiya bilan o‘qiladi. Mashq. Quyida berilgan she'mi o‘qib, g‘oyaviy mazmunini tushun- tiring. She'ming vaznini aniqlang, turoqlarga ajratib, ifodali o'qishni mashq qiling. Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling