Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet41/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Kechikish
Na to‘yu na aza,
na ish, na bayram,
Hech qayga, hech qachon,
hech bir holatda - Vaqtida kelmagan
bu sho'rlik odam. Bir soat kechikar
kami, albatta.
- 104-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Unda sira ayb vo‘q,
yugurik davr Mos kelmadi uning
sustkash joniga, Taqdir kechiktirdi
bir soat nadir,
Kamida bir asr
o‘z zamoniga.
(Erkin Vohidov)
Mashq. G‘afur G'ulomning “Vaqt” she'ridan olingan quyidagi par- chalami o‘qib mazmunini tahlil qiling. Sizningcha, Erkin Vohidovning “Bong uring”, “Kechikish”, G‘afur G‘ulomning “Vaqt” she'rlarini o‘zaro birlashtirib turuvchi mushtarak jihatlar nimada?
Yashash soatining oltin kapgiri Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o‘z kurrasidan Yasab chiqa olur yangidan jahon.
Yarim soat ichida tug'ilib, o‘sib,
Yashab, umr ko'rib, o'tguvchilar bor;
Ko‘z ochib yumguncha o'tgan dam - qimmat, Bir lahza mazmuni bir butun bahor.
Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun,
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning Barini tutolmas ayyuhannos ovoz.
Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan o'tajak har lahza uchun Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.
She'rning vaznini aniqlang, turoqlar o‘rnini belgilab, ifodali o‘qishni mashq qiling.
- 105 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tayanch tushunchalar
She'riy nutq va hayajonli tafakkur. She'riy nutq va hayotiy kechin- ma.
She'rxonlik odobi.
Vazn - she'riy nutqni nasriy nutqdan farqlovchi she'riyat asoslari- dan biri boiib, oichov ma'nosini bildiradi.
Hijo - bir nafas bilan aytiladigan tovush va tovushlar birikmasi.
Turoq - hijolardan tashkil topadi va she'r misralaridagi muayyan ritmik boiakni hosil qiladi. '
Savol va topshiriqlar
1. Lirik turga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat?
2. Husayn Voiz Koshifiy she'rxonlik odobi deganda nimalami na- zarda tutadi?
3. Vazn deganda nimani tushunasiz?
4. Barmoq vazniga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
5. Turoq haqida tushuncha bering.
6. Ifodali o‘qishda turoqning qanday ahamiyati boi?
7. Qo‘shma vaznli she'r deganda nimani tushunasiz?
8. Erkin vaznga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
9. Barmoq vaznidagi she'r bilan erkin vazndagi she'rlaming o‘qilishida qanday farq bor?
Adabiyotlar
1. Husayn Voiz Koshifiy. Futuwatnomai sultoniy yoxud javonmard- lik tariqati (fors-tojik tilidan Najmiddin Komilov tarjimasi). - Tosh- kent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994.
2. Abu Ali ibn Sino. She'r san'ati. - Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1980.
3. SJnomxo'jayev, A.Zunnunov. Ifodali o‘qish asoslari. -Toshkent: 0‘qituvchi, 1978.
4. Sitseron. Notiqlik san'ti haqida ikki risola. (Urfon Otajon tarji- masi). - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
- 106-
www.ziyouz.com kutubxonasi

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling