Ziyoda masharipova


Hikoyalarni ifodali o‘qish


Download 226.51 Kb.
bet51/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Hikoyalarni ifodali o‘qish
Hikoya - inson hayotidagi uncha katta boTmagan bir voqeaning ba- diiy tasviridir. Hikoya epik turga mansub kichik hajmli janr boTib, u o'ziga xos imkoniyat va hayotiy qamrovga ega boTadi. Hikoya tasvir- ning koTami, syujet va kompozitsiyaning nisbatan soddaligi, bayon- ning, asosan, bir shaxs tomonidan olib borilishi jihatidan epik tuming boshqa janrlaridan ajralib turadi. Hikoya ko‘proq nasriy tuzilishga ega boTsa ham, ayrim hollarda, ayniqsa, Sharq klassik adabiyotida she'riy shaklda ham uchraydi.
Hikoyada inson va uning hayoti uchun xarakterli boTgan lavhagina ko‘rsatiIadi. Unda inson hayotidagi ayrim hodisa, bu hodisaning yuza- ga kelishi hikoya qilinadi. Shu tarzda ayrim hodisagina bayon qilinishi sababli, unda kam personajlar ishtirok etadi. Hikoyaning syujeti asosini tashkil etgan hodisaning tuguni, kulminatsiyasi, yechimi boTadi. Le- kin unda bu hodisaning rivoji ko'rsatilmaydi. Masalan, Abdulla Qah- homing “0‘g‘ri” hikoyasida ho‘kiz o‘g‘irlanishiga qadar Qobil bobo bilan nima boTgani ham, voqea so‘ngidagi uning taqdiri ham bizga nomaTum. Hikoyaga dunyo adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Jek London shunday ta’rif bergan: “Hikoya - hayotdan olingan tugallangan epizod, kayfiyat, vaziyat, harakat birligidir”.
Hikoyani ifodali o'qishda bu janming ana shu xususiyatlariga e'tibor qaratish, matndagi muallif nutqi, tabiat tasviri, dialoglar hamda qahramonlaming ichki kechinmalarini puxta o'rganish lozim. Shunday hikoyalar ham uchraydiki, syujet voqealari faqat muallif tilidan bayon qilinadi. Hikoyada boshqa personajlar ishtirok etmasa ham, ularga xos boTgan ba'zi xususiyatlar muallif tilidan hikoya qilinadi. Masalan, Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari tarkibidagi ko'plab hikoyalar
- 130-
www.ziyouz.com kutubxonasi
mana shunday xususiyatga egadir. Voqealar faqat bir kishi tilidan bay- on qilingani sababli, hikoyani o‘qiyotganda ijrochi monoton (bir xil) ohangga berilib ketmasligi kerak. Hikoyani o‘qishda voqealar mazmu- nidan kelib chiqqan holda, ovoz tovlanishlari, temp, urg‘u kabi ifodali o‘qish vositalariga alohida e'tibor beriladi.
Mashq. “Guliston” asaridan tarbiyaning ta'siri bayoni haqidagi hikoyatni o‘qish.
Hikoyat
Mag‘rib diyorida qosh-qovog‘i osilgan, tili achchiq, badfe’1, dilo- zor, gadoytabiat va fosiq bir muallimni uchratdim, uni ko'rgan mahal- da musulmonlaming ta'bi tirriq bo‘lar, Qur'on o‘qiganini eshitganda, kishilaming dillari siyoh bo'lardi. Barcha pokiza o‘g‘lonlar va qizlar uning jafosiga giriftor, na kulishga jur'at va na so'zlashga jasorat etardi- lar. Muallim goh birining nuqraday yuziga tarsaki tushirar, goh boshqa- sining billurday oyog'iga iskanja solardi. Xullasi kalom, bir kun eshit- dimki, ota-onalar muallimning razilligini payqab, uni madrasadan urib haydabdilar. Shundan keyin maktabni sofdil, namozxon, sodda va mu- loyim tabiatli bir kishiga topshirdilar. Bu muallim zarurat bo‘lmasa lom- mim demas va hech kimsaga ozor bermas edi. Bolalar oldingi muallim- ning qattiqqo‘l va zolimligini unutdilar, devtabiat bo‘lib ketdilar va ilm o‘rganishni tark etdilar. Ular ko‘p vaqtlarini o‘yin-kulgi bilan o‘tkazar va savod taxtalarini bir-birlarining boshlariga urib sindirar edilar. Agarda muallim bo‘lsa beozor,
Bolalar sinfni qilishar bozor.
Oradan ikki hafta o'tgach, boyagi masjidga bordim. Ko‘rdimki, av- valgi muallimning ko'nglini ovlab keltirib, yana o‘z o‘miga tayinlab qo‘yibdilar. Bu holatdan ranjidim, beixtiyor: “Nega yana o‘sha iblisni bu farishtalarga muallim qilibdilar?” - dedim. Ko‘pni ko‘rgan, zakiy- tab’ bir mo‘ysafid dedi:
“Yubordi o‘g‘lini maktabga podsho,
Qilib qo‘ynig‘a nuqra taxtacha jo.
Kumush ul taxtaga zardin bitib yod:
“Ota mehridan afzal jabri ustod”.

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling