Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet1/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OlRTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI

ZIYODA MASHARIPOVA
IFODALI 0‘QISH
PRAKTIKUMI

Bakalavriatning “0‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani”
bilim sohasi talabalari uchun darslik

Alisher Navoiy nomidagi
0‘zbekiston Milliy kutubxonasi
nashriyoti - 2011 y.
www.ziyouz.com kutubxonasi
81.2-5
Darslikda ifodali o‘qishning maqsad va vazifalari, mazmun mundarijasi, badiiy adabiyotning estetik ta'sir kuchini reallashtirishda ifodali o'qishning o‘rni va roli kabi masalalar haqida so‘z yuritilgan. Ifodali o'qish va notiqlik san’atiningshakllanishvataraqqiyotbosqichlari,shuningdek,ifodalio‘qishning ijro kechimida qatnashadigan nutq a’zolari harakati va holatining so'zlovchi (ijrochi) tomonidan maqsadga muvofiq tarzda bajarilishi, urg‘u, intonatsiya, temp, ritm kabi ifodali o‘qish vositalari haqida tegishli ma'lumotlar berilgan.
' Ifodali o'qishning she'riy va nasriy janrlardagi o'ziga xos xususiyatlari badiiy asarlar matni tahlili asosida bayon qilingan bo'lib, bunda nazariyaning amaliyotga tatbig‘i ham o‘z ifodasini topgan.
BBK 81.2-5
Mas'ul muharrir:
f.f.d. H.Homidiy
Taqrizchilar:
professor H. Jamolxonov
f.f.n. Q.Ergashev
ISBN 978-9943-06-333-4
© «Alisher Navoiy» nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2011 y. © Ziyoda Masharipova, 2011 y.
www.ziyouz.com kutubxonasi
SO‘ZBOSHI
Jamiyat taraqqiyoti va kelajagi yosh avlodning bilim darajasi va ma'naviy kamoloti bilan chambarchas bog'liq. Yoshlami har tomon- lama barkamol qilib tarbiyalashda esa, so‘z san'atining o‘mi va ro‘li beqiyosdir.
Adabiyotimizning durdona asarlarida mujassam boigan odamiylik tuyg‘ulari, qahramonlaming ma'naviy qiyofasi, ijodkoming badiiy da- hosi, ona tilining behad go'zalliklaridan foydalanish mahorati, awalo, asami ifodali o‘qish jarayonida ko‘proq namoyon boiadi. Ayniqsa, o‘zbek mumtoz adabiyotining o'ziga xos uslublari asosida yaratilgan xilma-xil majoziy timsollar, badiiy san'atlar vositasida yuzaga kelgan she'riy asarlami ifodali o‘qish va tahlil qilish talabadan chuqur bilim va malaka egasi boiishni taqozo qiladi. Binobarin, ifodali o‘qish darslari- da olib boriladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar talabalaming bilim doirasini kengaytirish barobarida, nutq madaniyatini o'stirish, o‘qituvchilik malakasini shakllantirishga ham katta yordam beradi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti LKarimov ta'kidlaganidek, “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, awalo, ona allasi, ona tilining be- takror jozibasi bilan singadi... Ona tili - bu millatning ruhidir”1. Zero, milliy mhni anglash, ona tilining betakror jozibasini chuqur his qi- lishni o'rgatishda, ayniqsa, ifodali o'qish mashg‘ulotlari eng ta'sirchan vosita bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, ifodali o‘qish mashg‘ulotlari badiiy asami tahlil qilishga, adabiyotning maftunkor ohanglaridan zavqlanishga, ezgu va go‘zal tuyg'ulaming qaror topishiga ham yaqin- dan yordam beradi. Ifodali o'qish san’atining mohiyati ham insonda hayotga estetik munosabatda bo'lish hissini tarbiyalash va o‘stirishdan iboratdir.
1 Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -Toshkent: O'zbekiston, 2000, 49-bet.
-3-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mamlakatimizda ma’naviyat va ma'rifat sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda til, adabiyot va san'at masalalariga alo- hida e'tibor qaratilmoqda. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur” va boshqa juda ko‘plab hujjatlarda bu yo'nalishdagi ishlaming asosiy jihatlari ko‘rsatib berilgan.
Pedagogika universiteti va pedagogika institutlarining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan “Ifodali o‘qish praktikumi” darsligi ham davlat hujjatlarida ko‘rsatilgan bugungi davr talablari asosida yaratildi. Darslikni yozishda jahon mutafakkirlari- ning so‘z san’ati, notiqlik haqidagi fikr-qarashlariga, shuningdek, us- tozlar S.Inomxo‘jayev va A.Zunnunovlaming “Ifodali o'qish asoslari”, Q.Oripov va M.Obidovlaming “Ifodali o‘qish” qo'llanmalariga tayan- dik.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling