Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet5/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Xoja Muayyad Mehnagiy. “Majolis un-nafois” tazkirasida Xoja Muayyad Mehnagiy nomi o‘z zamonasining yetuk notiqlaridan biri
- 15 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
sifatida tilga olinadi. Dunyoviy va diniy bilixnlami chuqur egallagan bu kishining va'zlari hamisha jo'shqin o‘tgan. Mehnagiy va'zlarining asosini imon-e’tiqod, dinu diyonat, axloq-odob haqidagi umuminsoniy masalalar tashkil etgan.
U o‘zining pandu nasihat so‘zlari bilan zamondoshlarini ezgulikka da’vat etishdan charchamagan. Voiz o‘z nutqini hamisha Qur'on hik- matlari va hadislar, hikoyat va rivoyatlar bilan bezab, ulami tinglovchi- laming didi va saviyasiga muvofiqlashtirib dilkash ohangda bayon et- gan. Shiming uchun ham, uning va'zlari xalq tomonidan qizg‘in kutib olingan, bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Komil ma'rifat egasi Xoja Muayyad Mehnagiy o‘z davrining fidoiy murabbiysi sifatida boshqalar- ni ham kamolot sari yetaklashga intilgan. Shu boisdan Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da taniqli adiblar va shoirlar qatorida Xoja Muay- yad nomini ham hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. “Xoja Muayyad Mehna - Hazrat Shayx Abusaid Abulxayr (quddisa sirrihujning nabiralaridindur. Yillar mozor boshida shayx erdi va zohir ulu- min takmil qilib erdi va va’z majolisi bag‘oyat garm va pursho‘r voqe’ erdi. Va Xoja samo’ni dag‘i muassir qilur erdi. Salotin Xojani ta’zim qilur erdi”1.
Mavlono Riyoziy. “Majolis un-nafois” tazkirasining uchinchi majlisida Riyoziy haqida shimday ma’lumot keltirilgan: “Mavlono Riyoziy - Zova muhawilotidindur. Atvori mutalawin kishidur. U1 viloyatning qozisi erdi. U1 amrg‘a munofiy ishlar andin sodir bo‘lib, ma’zul bo‘ldi va qayd va musodaralar tortdi va base zahmatlar ko‘rdi, hamul mansab muddaosig‘a ammo muyassar boimadi. Va’z aytib minbarda o‘z ash’orin o‘qub, yigiab vajdu hol qilur”2.
. Hazrat Navoiyning ushbu fikr-mulohazalaridan shu narsa maium boiadiki, Mavlono Riyoziy bir necha muddat Zova viloyatining qozisi boigan. Ammo o‘z davri xukmronlarining siyosatiga qarshi borgani uchun qozilik lavozimidan chetlashtirilib, ancha zahmatlar chekkan. Mavlono Riyoziy davrining taniqli so‘z ustasi sifatida o‘z va’zlarida yuksak insonparvarlik qarashlarini ilgari surgan. Jamiyatda ro‘y bera- digan axloqsizlik, zo‘ravonlik kabi g'ayriinsoniy hodisalarga befarq
1 Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. XII to'ra-Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. 1966. 42-bet.
2 Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. XII to‘m.-Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashnyoti. 1966, 101-bet.
- 16-
www.ziyouz.com kutubxonasi
qaray olmagan. Binobarin, hukmronlami insofga chaqirish e'tiqodsiz va nopok kimsalami haq yo'lga hidoyat etish Mavlono Riyoziy va'zlarining asosiy mazmunini tashkil etgan. Riyoziy voiz, ayni paytda iste'dodli shoir ham bo‘lgan. Shu boisdan ham xalqqa va’z aytayot- ganda ba'zan o‘z she'rlarini hissiyot bilan o‘qib, eshituvchilami ham to‘lqinlantirgan, ularda xayrixohlik va hamdardlik tuyg'usini uyg‘ota olgan. Hayoti va faoliyatini ezgulikni targ'ib etishga bag'ishlagan mav- lono Riyoziy fidoiy murabbiy sifatida xalq qalbidan chuqur joy olgan- ligi sababli ham, AlisherNavoiydek zotning nazariga tushgan.

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling