Ziyorat turizmi marshutlarini ishlab chiqish Reja


Download 0.65 Mb.
bet6/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1053891
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ziyorat turizmi marshutlarini ishlab chiqish

10. Sayrobdagi chinor 

Umrboqiy daraxt deya e’zozlanib kelinayotgan «Chinor bobo» ming yoshga to’lgan. Vohaning Sayrob qishlog`idagi ana shunday ikki tup ko’hna chinor tanasidagi kattakon kovakdan ilgari askarlar qarorgohi, qishloq kengashi idorasi, kutubxona, maktab, choyxona, sartaroshxona sifatida foydalanilgan. Hozir esa uning ichida mo`jazgina muzey tashkil etilgan.




3.Surxondaryo hududining jozibador turistik maskanga aylanishi. Shunday og‘ir sharoitda ko‘rilgan zarur chora-tadbirlar sohani qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘ldi. Prezidentimizning 2020 yil 28 maydagi "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni global inqiroz sharoitida bu boradagi ishlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qildi. Mazkur hujjat bilan berilgan imtiyozlar turizm yo‘nalishida xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarida inqirozni yumshatishda o‘z samaralarini berdi. Yakunlanayotgan yilda viloyatning Termiz shahrida 121 o‘rinli «Termiz palas», 26 o‘rinli «King», 30 o‘rinli «Xotel Gold», Sariosiyo tumanida 46 o‘rinli «Sharg‘un Xotel», Boysun tumanida 30 o‘rinli «Grant» kabi 7 ta zamonaviy mehmonxona, 4 ta xostel va 37 ta oilaviy mehmon uyi barpo etildi. Ichki va xorijiy turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turoperatorlar 40 taga yetdi. Sayyohlarga qulaylik va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun 6 ta mikroavtobus, 2 ta elektromobil xarid qilindi, zamonaviy turistik avtobuslar soni 32 taga yetkazildi. Turizm sohasidagi tadbirkorlar davlat tomonidan ajratilgan 400 million so‘mlikka yaqin subsidiya va ssuda mablag‘laridan foydalandi. 
Surxondaryo o‘zining boy turistik salohiyati bilan dunyo sayyohlarida katta qiziqish uyg‘otib keladi. Tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan turli davrlarga oid arxeologik yodgorliklar, ajdodlarimizning yuksak did va mahorati bilan barpo etilgan muqaddas maqbaralar mahalliy va xorijlik mehmonlarga boy taassurot ulashadi. Go‘zal va maftunkor tabiat manzaralari, mo‘jizakor shifobaxsh buloq suvlari barchani maftun etadi. Agro, ekstremal, gastronomik turizm yo‘nalishlariga serob voha sanaladi.
Viloyatda 561 ta madaniy meros ob’ekti davlat ro‘yxatiga olingan. Ularning 444 tasi arxeologik yodgorliklar, 32 tasi islom ziyorat turizmi va 8 tasi buddizm inshootlaridir. Yakuniga yetayotgan yilda mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga 101 ta turistik namoyish ob’ekti xizmat ko‘rsatdi. Zero, keyingi yillarda boy tarix va madaniyatga ega Surxon vohasidagi Hakim Termiziy, Sulton Saodat, Iso Termiziy majmualari, So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid maqbarasi, Kokildor xonaqasi singari buyuk zotlar mangu qo‘nim topgan yoki ular nomiga qadimda barpo etilgan so‘lim go‘shalarni ziyorat qilishga intilish kuchaydi. Zurmala, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Budrachtepa, Xolchayon kabi uzoq o‘tmishdan so‘ylaydigan arxeologik yodgorliklarni, Teshik tosh, Machay g‘ori, Eski Termiz, Qirqqiz, Iskandar ko‘prigi, Jarqo‘rg‘on minorasi kabi tarixiy-madaniy yodgorliklarni ko‘rishga ishtiyoqmandlar, Omonxona, Xo‘jaipoq singari shifobaxsh buloq suvlaridan bahra olishga qiziquvchilar safi yanada o‘sib borayotgan edi. Raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, 2019 yil viloyat dunyoning 114 davlatidan 120 mingga yaqin xorijiy va 502 ming mahalliy sayyohga mezbonlik qilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 625 mingga yaqin sayyoh keldi. Ularning 25 mingga yaqini xorijlik va 600 mingdan ortig‘i mahalliy sayyohlardir. Vaholanki, pandemiya boshlangan o‘tgan yili 4 ming 200 nafar chet ellik va 14 ming 700 nafar mahalliy sayyoh kelgan edi.
Global pandemiya tufayli xorijlik sayyohlar oqimi juda ko‘paymagan bo‘lsada, turizm sohasiga xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar bu yo‘nalishga sarmoya kiritishni ortga surmadi. Xususan, yangi mehmonxona, xostel va mehmon uylari barpo etish hisobiga viloyatdagi joylashtirish vositalari o‘rni 3 ming 747 taga yetkazildi. Ularning 50 tasi mehmonxona, 141 tasi mehmon uylari va o‘ntasi xostellardir. Ikki yuzdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Voha hududida mehmonlarga xizmat ko‘rsatayotgan 80 ta tezkor WI-FI zonalarining 20 tasi o‘tayotgan yilda tashkil etildi. Qator turistik ob’ektlarga olib boruvchi yo‘llar rekonstruksiya qilindi. Sayyohlarga savdo, ko‘ngilochar va boshqa xizmatlar ko‘rsatish nuqtalari ishga tushirildi. Yo‘l bo‘yi infratuzilmalari sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablari asosida 132 ta yangi sanitariya-gigiena shoxobchasi tashkil etildi. Yil davomida AQSh, Hindiston, Isroil, Tailand, Yaponiya kabi davlatlar bilan Zoom platformasi orqali taqdimotlar o‘tkazilib, qadimiy va betakror vohaning turistik salohiyati targ‘ib qilindi. O‘ndan ortiq xorijiy davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar viloyatga kelib, hududning rang-barang sayyohlik salohiyatini jahonga targ‘ib qilishga o‘z hissasini qo‘shdi. 
Shuningdek, viloyatning Sariosiyo tumanidagi «Sangardak», Sherobod tumanidagi «Chorbog‘», Oltinsoy tumanidagi «Xo‘jaipoq» va Boysun tumanidagi «Omonxona» hamda «Sayrob» qishloqlarida turizm qishlog‘i tashkil etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Qo‘shni davlatlar chegarasidagi «Ayritom» va «Sariosiyo» chegara-bojxona postlarida barcha sharoitlarga ega zamonaviy turizm axborot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Kirib kelayotgan Yangi yilda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli dastur ishlab chiqdik. Shunga muvofiq viloyatga keladigan xorijiy sayyohlar sonini 100 ming nafarga, turizm xizmatlari eksport hajmini 3 million dollarga, mahalliy sayyohlar sonini bir million nafarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. 386,9 milliard so‘m tadbirkorlarning o‘z mablag‘i, 147,6 milliard so‘m bank krediti, 19,7 million dollarlik xorij investitsiyasi evaziga 79 ta turizm loyihasini amalga oshirib, 1 ming 404 yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Yangi yilda Xonobod-Mo‘ynoq-Termiz turizm magistralini barpo etish loyihasi doirasida M-39 avtomagistrali M-41 avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyatidagi Boysun, Sherobod, Termiz va Qumqo‘rg‘on tumanlarida “Service point” va “Service area” turizm transport koridori loyihalarini amalga oshirish boshlanadi. Surxondaryo viloyati bo‘ylab ichki va tashqi turizm yo‘nalishida mobil ilovalar orqali turizm ob’ektlarini o‘zida mujassam etgan elektron xarita yaratiladi. 
Namunaviy loyiha asosida viloyat bo‘ylab 100 ta turizm bekati barpo etiladi. Xushmanzara tabiat qo‘yniga kelayotgan turistlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida 2022-2026 yillarda Sariosiyo tumanida «Sangardak», Sherobod tumanida «Chorbog‘», Oltinsoy tumanida «Xo‘jaipoq» va Boysun tumanida «Omonxona» hamda «Sayrob» turizm qishlog‘i tashkil qilinadi. Termiz shahridagi At-Termiziy shoh ko‘chasi "Turizm ko‘chasi"ga aylantirilib, Baxt ko‘chasi "Gastronomik ko‘cha"ga o‘zgartiriladi. Termiz shahrining turistlar tomonidan serqatnov markaziy ko‘chalarida 50 dan ortiq “Coffeeshop"lar tashkil etilib, "Bobur bog‘i" negizida "Yoshlar turizm bog‘i" yaratiladi. Bu yerda yuzdan ortiq ish o‘rni barpo etiladi. Boysun tumani Xo‘ja mayxona darasidagi "Geologik park" ham yangi yilda turistlarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Oltita fermer xo‘jaligida agroturizm loyihasi ishga tushiriladi. Kelayotgan yilda «Kushonlar davlati tarixi» muzeyini barpo etish, may oyida yapon olimi Kato Kyudzoning 100 yillik yubileyi keng nishonlanib, xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. «Boysun bahori» an’anaviy xalqaro folklor festivali, «Anor sayli», «Uzum sayli» singari rang-barang qator tadbirlar uyushtirilib, xorijlik sayyohlar jalb qilinadi.
Viloyatning turizm salohiyati yuqori bo‘lgan Boysun, Sariosiyo, Sherobod va Oltinsoy tumanlaridagi so‘lim tabiat va tog‘ yon bag‘irlarida tegishli belgilar o‘rnatgan holda kemping uchun joylar tashkil qilinib, mahalliy turistlar uchun zarur qulayliklar yaratiladi. Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Hunarmandlar markazi»da yangi «Surxoncha milliy liboslari galereyasi»ham Yangi yildan ish boshlaydi. Qadimiy va hamisha navqiron vohaning turistik jozibadorligini yanada oshirishga qaratilgan bu ishlar milliy iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirib, dunyo sayyohlariga boy o‘tmishimiz, madaniyatimiz, san’atimiz va milliy qadriyatlarimizni, maftunkor tabiatimizni keng tarannum etishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling