Ziyorat turizmi marshutlarini ishlab chiqish Reja
Termiz arxeologiya muzeyi
Download 0.65 Mb.
|
Ziyorat turizmi marshutlarini ishlab chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi
- 7. Sulton Saodat
5. Termiz arxeologiya muzeyi
Termiz arxeologiya muzeyi O’rta Osiyodagi yagona arxeologiyaga ixtisoslashtirilgan muzey hisoblanadi. Muzey 8 mingga yaqin eksponat bilan faoliyat boshlagan. Ayni paytda bu yerda Vatanimizning miloddan avvalgi yuz ming yillik o’tmishidan boshlab bugungi kunga qadar bo’lgan hayoti keng yoritilgan 80 mingdan ortiq noyob topilma va osori-atiqalar saqlanmoqda. Muzey fondi yildan-yilga turli davrlarga oid yangi topilmalar bilan boyib bormoqda. O’tgan yili muzeyga 30 mingdan ziyod mahalliy va xorijlik tomoshabinlar kelib, eksponatlar bilan tanishdi. 6. Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi Al-Hakim At-Termiziy madrasasi Termizdagi qadimiy me’moriy majmuadir. Unda Hakim at-Termiziy maqbarasi dastlab XI asr oxirida boshlanib, 1091-1095 yillarda Qoraxoniylar sultoni Ahmad ibn Hizrning ko’rsatmasiga muvofiq, at-Termiziy qabri ustida qurilgan. Majmua mustaqillik yillarida, ayniqsa, 2009-2011yillarda mukammal qayta ta’mirlandi. Bugungi kunda ko’plab sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadigan joyga aylangan. Al-Hakim at-Termiziy tasavvufning "Hakimiya” maktabi asoschisi sanaladi. Taxminlarga ko’ra, buyuk mutasavvif olim o’zining uzoq hayoti davomida (ba’zi manbalarga ko’ra 120 yil umr ko’rgan) 400 dan ortiq qimmatli asarlar qoldirgan, lekin bizgacha ularning 60 ga yaqini yetib kelgan xolos. Ushbu qo’lyozmalar hozirgi kunda Parij, Qohira, Damashq, London, Iskandariya va Istambul kutubxonalarida saqlanib, o’rganilib kelinmoqda. 7. Sulton Saodat Sulton Saodat (yoki ba’zi manbalarga ko’ra Sulton Sodat) majmuasi – sayyidlar sulolasining maqbarasi bo’lib, uning hozirgi ko’rinishi 7 asr (X-XVII) davomida shakllangan. Dastlabki maqbara X asrda Xasan al-Amirning vafotidan so’ng barpo qilingan. Keyinchalik bu yerda 20 ta maqbara paydo bo’lgan. Ko’plab urush va vayronagarchiliklarni boshidan kechirgan bu majmuada 2002-yil katta hajmdagi ta’mirlash ishlari olib borildi. Sulton Saodatni ko’pchilik Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasiga qiyoslaydi. Ikkala majmua ham nekropol hisoblanib, ikkalasida ham Muhammad payg`ambarning (s.a.v) qarindoshlari va avlodlari dafn qilingan degan ma’lumotlar bor. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling