Ziyovuddin mansur ijodidagi tiriklik falsafasi


Download 20.96 Kb.
bet2/3
Sana16.02.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1204076
1   2   3
Bog'liq
Ziyovuddin Mansur 2

Tiriklik falsafasi
‘’Zaminga boq , osmonga boq hayrat ko’zing och ,
Zamin qolar , osmon qolar, bizlar ketarmiz.
Davrga boq , davronga boq ibrat ko’zing och,
Davr qolar , davron qolar , bizlar ketarmiz .
Erkin qushsan , ozod qushsan asl baxting shul ,
Etgil o’zni yuksaklarga parvoz-la mashg’ul .
Benaf orzu – armonlarga bo’lma aslo qul
Orzu qolar , armon qolar , bizlar ketarmiz ‘’.[2] 2
Shoirning yuqorida keltirilgan she’riy parchasida inson hayotining asl mazmun – mohiyati o’z aksini topgan . Mol – dunyo ,ortiqcha hoy-u havaslarning barchasi o’tkinchi ekanligi aytib o’tiladi .Inson umri , hayoti qisqa bo’lib , Alloh taolodan bizga berilgan aziz ne’matligi , uni bekorchi ishlar bilan emas , atrofimizdagilarga yaxshilik qilish bilan o’tkazishimiz kerakligi , o’zimizdan ezgu nom qoldirishimiz kerakligi yorqin bo’yoqlarda aks ettiriladi . Muqaddas kitobimiz bo’lmish Qur’oni karimda ham insonlarni yaxshilik qilishga , ezgulikka chorlab : ‘’…Yaxshilik qiling , albatta , Alloh yaxshilik qil-guvchilarni sevadi …‘’– deb yozib qo’yilgan .[3]3 Har bir narsaning ibtidosi bo’lishi bilan bir qatorda , uning intihosi ham mavjud . Jumladan , inson tug’ilibdiki , u , albatta , bir kun kelib , kelgan joyiga , ya’ni Yaratganning huzuriga qaytadi va u dunyoda bu dunyoda qilgan ishlarining hisobini beradi . Bu fikrlarimizni Ziyovuddin Mansur yuksak shoirona mahorati ila marjon donalaridek , o’z she’rining davomiga tizib qo’ygan :
Umr degan ne’mat Haqning bizga in’omi ,
Bu ne’matning tongi borki , bor uning shomi .
Haq o’zi sarhisob qilar , Mahshar ayyomi
Hayot degan xoqon qolar , bizlar ketarmiz .
Bu – tiriklik falsafasi : egiz zavq - qadar
Sarhisobdir bu ochunda har mehnat , samar .
Ya’ni o’zni ezgulikka qilsak safarbar ,
Ishlarimiz omon qolar , bizlar ketarmiz .
Barchamizga ma’lum va mashhur bo’lgan Ahmad Yassaviy tasavvuf olamining yetuk namoyandalaridan biri hisoblanadi . Ahmad Yasssaviy hamda Ziyovuddin Mansurning fikri , dunyoqarashida o’xshashlikni kuzatishimiz mumkin . Bu ikki ijodkor ham insonlarni to’g’ri yo’lga chorlashga , bu dunyoni o’ylab , oxiratni esdan chiqarmaslikka , imkoni-yatning boricha odamlarga yaxshilik qilishga da’vat etishgan . Bir qarashda , Ziyovuddin Mansur Ahmad Yassaviyning davomchisi sifatida ko’z o’ngizmizda gavdalanadi . Buni birgina Ahmad Yassaviyning quyidagi hikmati orqali anglash ham mumkin :
Beshak biling , bu dunyo barcha eldan o’taro ,
Inonmagil molingga , bir kun qo’ldan ketaro .
Ota – ona , qarindosh qayon ketti , fikr qil ,
To’rt oyog’lig’ cho’bin ot bir kun senga yetaro .[4]4
Bugungi kunga kelib , hamma moddiy daromad topish ilinjida har qanday ishlarni amalga oshirishmoqda . Ming afsuslar bo’lsinki , hamma narsasi yetarli bo’la turib , yetimning boshini silamagan , bir faqir – miskin uchun sadaqa aj-ratmagan , chorasiz insonga yordam qo’lini cho’zmaganlar ham oramizda uchrab turibdi . Ana shu insonlar ushbu she’rdan o’zlari uchun to’g’ri xulosa olishadi degan umiddaman . Barchamiz hayotimizni yaxshiliklar bilan bezaylik .
Zero , Yaxshiliklarimiz qolar , bizlar ketarmiz !


Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling