Ziyovuddin mansur ijodidagi tiriklik falsafasi
Download 20.96 Kb.
|
Ziyovuddin Mansur 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аннотация
- Kalit so’zlar
ZIYOVUDDIN MANSUR IJODIDAGI TIRIKLIK FALSAFASI Hasanova Shahlo Erkinjon qizi NamDU Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi 2 – bosqich talabasi Annotatsiya : Bu maqolada insonning hayotda yashashdan asosiy maqsadi o’zidan yaxshi nom qoldirishi ekanligi, bu dunyo va undagi jamiki mol-dunyolar o’tkinchi narsalar ekanligi haqida so’z boradi. Аннотация : В данной статье говорится о том , что главная цель человека в жизни – оставить себе доброе имя , и что этот мир все богатство в нем преходяще . Annotation : This article talks about the fact that the main goal of a person in life is to leave a good name for himself and that this world and the total wealth in it are transitory . Kalit so’zlar : Hayot , Qur’oni karim , Hadisi sharif , Mahshar , Ahmad Yassaviy , tiriklik falsafasi , O’zbek tilining izohli lug’ati , yaxshilik , halollik ,tasavvuf . Ключевые слова : Жизнь , Курьани карим , хадис шариф , махшар , Ахмадь Яссавий , философия жизни , «Толковый словарь Узбексково языка» , доброта , честность , суфизм . Keywords : Life , The Qur’an karim , hadith sharif , Mahshar , Ahmad Yasssavi , philosophy of life , ‘’Explanatory dictionary of the Uzbek language ‘’, goodness , honesty , sufism . ‘’ Hayot nima ? ‘’, ‘’ Insonning bu dunyoga kelishidan maqsadi qanday ? ‘’ Shunga o’xshash savollar kecha-yu kunduz bizni xayollarga chulg’aydi . Haqiqatan , inson hayoti , uning yashashdan maqsadi nima o’zi ? Inson dunyoga kelar ekan , biron – bir maqsad bilan yashaydi . Kun sayin hayotga nisbatan qarashlari o’zgaradi . ‘’ O’zbek tilining izohli lug’atida ‘’ ushbu atamalarga quyidagicha ta’rif beriladi : ‘’ Hayot – arabcha : yashash , mavjud bo’lish , tiriklik ‘’. ‘’Inson – arabcha : bu dunyoning aziz-u mukarram xilqati , mavjudotlar ichida sarvaridir ‘’ [1].1 Yuqoridagi savollar bo’yicha ko’plab mutafakkir - olimlarimiz , shoir va yozuvchilarimiz o’z fikrlarini bildirib o’tishgan . Ushbu fikrlarning barchasi o’z ahamiyatiga ega . Jumladan , gullar shahri bo’lgan Namanganimiz quchog’ida yetishib chiqqan taniqli va iste’dodli ijodkor Ziyovuddin Mansur ham bu savollarga shoirona ijodkorligi bilan o’zining qarashlarini bildirgan . Shoir ijodi haqida gapirishdan oldin uning hayoti va ijodi bilan tanishib olsak . Ziyovuddin Mansur 1954 – yili Namangan viloyati Uychi tumani Mashad qishlog’ida tug’ilgan . 1975 - yili Namangan davlat pedagogika instituti ( hozirgi NamDU ) ni imtiyozli diplom bilan tamomlagan . Mehnat faoliyatini Uychi tumanidagi 4 – o’rta maktabda o’qituvchilikdan boshlagan ijodkor , keyinchalik Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi Namangan viloyat bo’limida , O’zbekiston Yozuvchilar uyush-masi viloyat bo’limida xizmat qiladi . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko’rsatadi . Birinchi she’ri 1969 – yili Uychi tuman gazetasida bosilib chiqqan. Shundan so’ng ‘’ Xo’rozqand ‘’ , ‘’ Ezgulik uchun ‘’ , ‘’To’tiyo ‘’nomli she’riy kitoblari chop etildi . She’rlari qoraqalpoq , rus , ingliz , nemis , hind , tillariga tarjima qilingan . Mustaqillik yillarida ‘’ Qalbim parchalari ‘’ , ‘’ Noyob kashfiyot ‘’, ‘’O’n sakkiz yoshlilar sevgisi ‘’ , ‘’Hayrat saltanati ‘’ , ‘’ Namangan va namanganliklar ‘’, ‘’Dilrabolar diyori ‘’,‘’Muhabbat bog’i‘’ kabi she’riy kitoblari chop etiladi . Uning ‘’ Abadiyat qo’shig’i ‘’ nomli kitobiga saylanma she’rlari jamlanadi . Yuqoridagi she’rlarining mavzu ko’lami ishq – muhabbat , vatan madhi tuyg’ulari bilan bir qatorda , odamiylik , tiriklik , halollik tuyg’ulari tarannum etiladi . Ziyovuddin Mansurning ‘’ Tiriklik falsafasi ‘’ nomli she’ridan parcha keltirmoqchiman : Download 20.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling