Zohid jumaniyozov


Download 160.29 Kb.
bet47/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Maqollar tarjimasi. Tarjimachilik nuqtai nazardan maqollarni uchta guruhga bo’lish mumkin:
1) Asl matn tilidagi maqolga tarjima tilida shakl va mazmun jihatidan mos keladigan ekvivalenti bor bo’lgan maqollar;
2) asl matn tilidagi maqolga mazmun jihatidan o’xshash, shakl jihatidan mos kelmaydigan maqollar;
3) asl matn tilidagi maqolga tarjima tilida mazmun va shakl jihatidan ekvivalenti yo’q bo’lgan maqollar.


Birinchi guruhga kiradigan maqollarni tarjima qilish oson, tarjimon asl matn va tarjima tilidagi o’xshash maqollarni bilsa bas. Masalan: Es ist nicht alles Gold, was glänzt – Не всё то золото, что блестит - yaltiragan narsa tilla bo’lavermaydi.

Neue Besen kehren gut – новая метла чисто метёт - Yangi xumning suvi sovuq (Yangi ko’zaning suvi tiniq). (O’zbekcha varianti bilan qiyoslaganda bu maqol ikkinchi guruhga kiradi).

Ein Esel schimpft den anderen: “Lang Ohr” –qulog’ing uzun deb eshak-eshakdan kular.

Was der Mensch sät, das wird er ernten - nimani eksang shuni o’rasan – что посееш то и пожнёш.

Ikkinchi guruhga mazmuni o’xshash, shakli o’xshamaydigan maqollar kiradi. Masalan: Wer sich vor dem Busch fürchtet, kommt nicht in den Wald - Chumchuqdan qo’rqqan tariq ekmas – Волков боятся, в лес не ходит.

Ost und West daheim ist am best - о’z uyim, o’lan to’shagim - в гостях хорошо, а дома лучше

Erst besinnen, dann beginnen - yetti o’lchab, bir kes, sanamay sakkiz dema,

Oldin o’yla, keyin so’yla – cем раз отмер, один раз отреж.

Ohne Fleiß kein Preis - jon qiynamasang, jonona qayda, toqqa chiqmasang do’lona qayda – без труда не вынеш и рибку из пруда.

Uchinchi guruh. Tarjima nuqtai nazardan ushbu guruhga kiruvchi maqollar qiyin xisoblanadi, chunki tarjima tilida mazmun va shakl jihatidan o’xshash maqol yo’q. Bunday maqollarni so’zma-so’z tarjima qilishga to’g’ri keladi. Bu esa asl matn uslubini buzishga olib kelishi mumkin. Masalan: Rom ward nicht an einem Tage gebaut - Rim bir kunda qurilmagan – Рим не один ден строился.

Dummheit und Stolz wachsen auf einem Holz - nodonlik bilan mag’rurlik bir daraxtda o’sadi- Глупость и чванство растут на одном дереве.


Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling