Zohid jumaniyozov


Tarjimada chet tillardan kirib kelgan so’zlarning berilishi


Download 160.29 Kb.
bet45/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Tarjimada chet tillardan kirib kelgan so’zlarning berilishi. Chet tillardan kirib kelgan so’zlarni tarjima qilish tarjimonga ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Bu so’zlar ichida hamma tillarda deyarli bir xil jaranglaydigan internatsional so’zlarni tarjima qilish oson. Masalan:

Station – stantsiya

Universität - universitet

Student – student.
Ammo shunday so’zlar ham borki, ular asl matnda ham, tarjima tilida ham deyarli bir xil aytiladi va yoziladi, ammo ma’nosi va qo’llanilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Fanda bunday so’zlar tarjimonning soxta do’stlari deb nom olgan. Bunday so’zlarni tarjima qilishda juda ehtiyot bo’lish lozim. Ularni farqlash uchun maxsus lug’atlar tuzilgan. Misol tariqasida quyidagi so’zlarni ko’rib chiqamiz: der Dramaturg so’zini bilmaydigan tarjimon uni dramaturg deb tarjima qiladi. Ammo nemischa der Dramaturg so’zining manosi quyidagicha:




  1. teatr qoshidagi adabiy bo’lim boshligi;


  2. repertuar va matnni qayta ishlash uchun javobgar shaxs.

O’zbek va rus tilidagi dramaturg so’zining nemischa ekvivalenti der Dramaturg emas, balki der Dramatiker(drama yozuvchi adib )dir.



Der Methodist so’zining ma’nosi quyidagicha: ingliz - amerikalik diniy birlashmasining a’zosi. Nemis tilida metodika buyicha mutaxassisni der Methodiker so’zi bilan ifodalaydilar.

Der Artist so’zi nemis tilida sirk yoki estrada artistini ifodalash uchun qo’llaniladi. O’zbekcha artist so’zi esa nemis tilidagi der Schauspieler so’ziga ham to’g’ri keladi.

Die Affäre so’zi nemis tilida quyidagi ma’nolarga ega: firibgarlik, janjal, sarguzasht.
Rus tilidagi afera so’zi esa faqat firibgarlik ma’nosini bildiradi.


Das Journal so’zi o’zbek tiliga faqat jurnal deb tarjima qilinmasdan, balki har kuni chiqadigan gazeta ma’nosida ham qo’llaniladi.

Reklamieren so’zi nemis tilida reklamatsiya (da’vo) qilmoq, tovon to’lashni da’vo/talab qilmoq ma’nosini anglatadi. O’zbek tilidagi reklama qilmoq, keng e’lon qilmoq; haddan tashqari maqtamoq ma’nosini nemis tilidagi werben so’zi ifodalaydi.


Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling