Zohid jumaniyozov
Download 160.29 Kb.
|
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
a) Ismlar tarjimasi. Odatda odamlarning ism-familiyalari tarjima qilinmaydi. Ular transliteratsiya yoki transkriptsiya qilinadi. Bu borada ikkkita yo’nalish mavjud:
ismning chet tiliga oid ekanligi ta’kidlanadi (masalan, frantsuz tilidan rus tiliga ayollar ismini o’girishda – Luiz, Annett) yoki tarjima tilining morfologiyasiga moslashish sodir bo’ladi. (masalan, jenskiy rodning qo’shimchalarini qo’shish yo’li bilan – Luiza, Anna). Quyidagi misollarda ham bu ikkita yo’nalish aniq namoyon bo’ladi. Nemis tilidagi “-e” bilan tugallangan jenskiy roddagi ismlar tarjimada “-a” qo’shimchasini oladi. Masalan: Renate - Renata Elfriede – Elfrida Irene – Irena Elise – Eliza Susanne - Susanna Lotte - Lotta Frantsuz tilida “-e” bilan tugallangan ismlar rus tiliga o’girilganda “-e” tushirib qoldiriladi. Masalan: Marie – Mari Louise - Luiz 3) Antik nomlar “- o” bilan tugallagan bo’lsa, tarjimada “-n” ni oladilar. Masalan: Plato - Platon Nero - Neron 4) “-us” bilan tugallangan qadimgi Rim nomlari tarjima qilinganida “-us” tushib qoladi. Masalan: Troilus - Troil Titus - Tit Brutus - Brut 5) “-ius” bilan tugallangan nomlar tarjimada «-iy» suffiksini oladi. Masalan: Marius - Mariy Andronius - Androniy 6) “-es” bilan tugallangan grek nomlari tarjimasida “-es”tushib qoladi. Masalan: Perikles - Perikl Sokrates - Sokrat Aristophanes - Aristofan 7) Nemischa nomlardagi “ch” harf birikmasi “x” deb o’qiladi, inglizcha nomlarda esa “ch” tovushini beradi. Masalan: Richard Wagner – Rixard Vagner (nemischa ism) Richard II - Richard II (Angliya qirolining nomi) 8) Frantsuz familiyalaridagi “la” yuklamasi rus yoki o’zbek tiliga tarjima qilinganda qo’shimcha qilib yoziladi. Masalan: La perouse - Laperuz. Download 160.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling