Zohid jumaniyozov


Download 160.29 Kb.
bet39/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Umumlashtirish. Umumlashtirish deb konkretlashtirishga qarama-qarshi bo’lgan hodisaga aytiladi: ma’nosi tor so’zlar tarjimada ma’nosi keng so’zlarga almashtiriladi.
Masalan: drei Mann genügten, um ihn aus jedem Graben wieder auf die Straße zu setzen... Hugo Th. Vittermann. Der Volkswagen. In: Deutschland in kleinen Geschichten. München,1997.S.18)
Достаточно было трех человек, чтобы убират его из любой канавы на дорогу,...
(Xugo T. Vittermann. Folksvagen. Перевод Владимира Кравченко/ Немцы о себе и о Германии. Мюнхен, 1997. С.-19)
Bu misolda nemischa matndagi Mann so’zi faqat mujskoy roddagi odam, киши ёки эркак degan ma’noni anglatsa, человек so’zi odam, inson degan ma’nolarda qo’llaniladi.
Taqqoslang:
[Wahrig. Deutsches Wörterbuch. Mosaik Verlag. Die Neuausgabe.
1980.S. 2456.


Mann: erwachsener Mensch männlichen Geschlechts]
[C.И. Ожегов. Словарь русского языка. Изд.16-e,
M.,1984.С.-763.

Человек: 1. Живое существо, обладающее даром мышление и речи, способности создавать орудия и пользоваться ими в процессе общественного труда.
Yana bir misol: An der ersten Straßenecke wartet Max auf sie – wie jeden Morgen, ... (Ute Andresen.”Wie immer” ist immer anders. Alltag in der Grundschule. In: Deutschland in kleinen Geschichten. München, 1997. S.94)
На углу улиц её поджидает Макс –как и всегда,...
(Уте Анедерсен. Всегда иное “как всегда”. Будни начальной школы. Перевод Натали Носовой. (Немцы о себе и о Германии. С. -95)
Bu misolda nemischa jeden Morgen (har kun ertalab) konkret so’z birikmasi ma’nosi keng bo’lgan ruscha vsegda (doim, hamisha) so’ziga almashtirilgan.
Natijaning sabab bilan, sababning natija bilan almashtirilishi. Tarjima jarayonida sodir bo’ladigan leksik almashtiruv turli tushunchalar orasida mavjud bo’lgan sabab–natija munosabatlariga asoslangan bo’lishi mumkin. Masalan, asl matnda ma’lum bir ish-harakat, hodisa yoki holatni ifodalovchi leksik birlik tarjima matnida ushbu ish-harakat, hodisa yoki holatni emas, balki uning sababini ko’rsatuvchi leksik birlikka almashtiriladi. Masalan: Ich beschuldige ihn nicht - Men uni tushunaman.
Tarjima matnida asl matndagi ish-harakatning sababi ko’rsatilgan: (Men uni ayblamayman, chunki men uni tushunaman.)


Er ist jetzt tot - U o’lib qoldi. (U endi o’likdir, sababi u allaqachon o’lib qolgan.)

Er machte es immer so, daß Sie alles zweimal sagen mußten - U doimo hamma narsani qayta so’rar edi.
(Siz aytgan narsalarni takrorlashga majbur edingiz, chunki u sizdan doimo hamma narsani qayta surar edi).

Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling