Zohid jumaniyozov


Download 160.29 Kb.
bet38/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

4. Antonimik tarjima

5. Qo’shish va tushrib qoldirish hodisasi
Almashtiruvning bu turida asl matn tilining leksik birliklari (so’zlar va so’z birikmalari) tarjima tilida boshqa, ularning lug’aviy ekvivalentlari bo’lmagan leksik birliklari bilan almashtiriladi.
Bunday almashtiruvda uchta hol uchraydi – konkretlashtirish, umumlashtirish va sabab-natija munosabatlariga asoslangan almashtiruv (natijaning sabab bilan, sababning natija bilan almashtirilishi).
Konkretlashtirish. Konkretlashtirish deb asl matn tilidagi ma’nosi keng so’z va so’z birikmalarining tarjima tilidagi ma’nosi tor bo’lgan so’z va so’z birikmalari bilan almashtiruviga aytiladi.

Konkretlashtirishning ikki turini farqlash mumkin: bular tilga oid konkretlashtirish va kontekstual konkretlashtirish.


Tilga oid konkretlashtirishda ma’nosi keng so’zning ma’nosi tor so’z bilan almashtiruvi ikki tilning qurilishidagi mavjud farqlarga bog’liq bo’ladi.
Birinchidan, tarjima tilida asl matndagi leksik birlikka ma’nosining kengligi jihatidan mos keladigan leksik birlik yo’q bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, ikki tildagi leksik birliklarning stilistik xususiyatlari bir-biriga to’g’ri kelmasligi mumkin. Uchinchidan, bunday almashtiruvning sababi grammatik xususiyatlarga bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan, nemischa (das) Ding so’zining ma’nosi juda keng, abstrakt bo’lib, olmoshning ma’nosiga yaqinlashadi. G.Varigning lug’atida (G.Wahrig. Deutsches Wörterbuch. Mosaik Verlag. Die Neuausgabe. 1980. S.-914) bu so’z quyidagicha ta’riflanadi: „Sache, Gegenstand“, „wertlose Sache“, „ Sache, deren Benennung einem nicht einfällt“, „ Angelegenheit, Arbeit, Pflicht“, o’zbekcha „narsa, predmet, qiymati yo’q narsa, ish, burch, masala, savol, hol“ va hakozo.
Yana bir misol:
Nun geschah es eines Abends, nicht lange vor Weihnachten, als der

Mann Leder zugeschnitten hatte, daß er vorm Schlafengehen zu
seiner Frau sprach...
(Brüder Grimm. Die Wichtelmänner. Erstes Märchen. In: Die
Kinder – und Hausmärchen der Brüder Grimm. 19. Auflage.
Berlin, 1982. S. 142)
Bir kuni yangi yil arafasida etikdo’z yana teri qirqib
qo’yibdida, xotiniga debdi...
(Roza Sobirova tarjimasi. UrDU, 1996).
Bu misolda ma’nosi kengrok bo’lgan der Mann so’zi tarjima tilida konkretlashtirilgan holda etikdo’z so’zi bilan almashtirilgan.
Kontekstual konkretlashtirish asl matn tili va tarjima tili o’rtasidagi tizimli farqlarga bog’liq bo’lmasdan, balki konkret kontekstga, stilistik xususiyatlarga, masalan, gapni tugallash zarurligi, takrorlashlardan qutilish, obrazlilik, aniqlikka erishish maqsadiga amalga oshiriladi.
Masalan:
Ich wurde Invalide genannt, in eine Ecke gestellt...
(H.Ch.Andersen. Die Teekanne.In: H.Ch.Andersen.
Fliedermütterchen. Berlin, 1973. S.197)
Meni kemtik deb, bir burchakka tiqib qo’yishdi...
(G.X..Andersen. Choynak. S. Yuldoshev tarjimasi. 230-
bet)
Bu misolda Invalide so’zi tarjima tilida kemtik so’zi bilan almashtirildi, bu bilan tarjima matniga aniqlik kiritildi.



Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling