Zohid jumaniyozov


Download 160.29 Kb.
bet40/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Antonimik tarjima. Antonimik tarjima bu tarjima jarayonida keng qo’llaniladigan kompleks leksik–grammatik almashtiruvdir. Bunda tasdiq grammatik konstruktsiya inkor grammatik konstruktsiyaga, yoki aksincha, inkor konstruktsiya tasdiq konstruktsiyaga almashtiriladi. Shu bilan birga asl matndagi biror so’z tarjima tilida uning antonimiga almashtiriladi (odatda “antonim” so’zi bir tilning so’zlariga nisbatan qo’llaniladi; biz esa bu yerda “antonim” so’zini ikki tilning – asl matn tili va tarjima tilining ma’nolari qarama- qarshi bo’lgan so’zlarni ifodalash uchun qo’llaymiz).
Masalan: Frau Kramer ist einverstanden (1), wenn alle bei der Arbeit nur leise sprechen (2) - Frau Kramer qarshi emas (1), bolalar ishlaganlarida shovqin qilmasalar bas (2).
Bu misolda nemischa tasdiq grammatik konstruktsiya (1, 2) o’zbek tilida inkor konstruktsiyaga almashtirildi; shu bilan birga einverstanden sein (rozi bo’lmoq) birikmasi uning o’zbekcha antonimi „qarshi bo’lmoq“ga, leise sprechen “sekin ovozda gapirmoq” birikmasi uning o’zbekcha antonimi „shovqin qilmoq“ga almashtiriladi. Yana bir misol:
Ich ging oft in die Bibliothek, die sich nicht weit von unserem Haus befand - Men uyimiz yaqinida joylashgan kutubxonaga tez-tez borib turar edim .
Bu misolda weit (uzoq) so’zi o’zbekcha antonimi “yaqinida” so’ziga almashtirilgan.
Eine Frau ging im Garten umher, eine ältere Dame von düsterem, ja tragischem Aussehen. (Th. Mann. “Zauberberg”)
Bog’da yosh bo’lmagan, ko’rinishi g’amgin, qayg’uli bo’lgan bir ayol u yoqdan bu yoqqa borib turar edi.
Bu misolda nemischa ältere (yoshi o’tgan) so’zi o’zbekcha antonimi «yosh» so’ziga almashtirilgan.
Antonimik almashtiruviga yana bir qiziqarli misol:
Herr Bong riet ihm ab (1), den Beruf des Schreiners zu ergeifen(2).
Gerr Bong unga duradgorlik kasbini egallamasligini (2)

maslahat berdi (1).
Bu misolda abraten fe’li o’zbekcha antonimga (1) almashtirilgan, ergreifen (egallamoq) fe’lining tasdiq shakli esa inkor shakliga (2) o’zgartirilgan.

Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling