Zohid jumaniyozov


Gap bo’laklarini almashtiruvi


Download 160.29 Kb.
bet36/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Gap bo’laklarini almashtiruvi. Gap bo’laklarini almashtirganda asl matn so’zlari va so’z birikmalari tarjima tilida boshqa sintaktik funktsiyada qo’llaniladi. Masalan: Das Lied wurde von Frauen gesungen - qo’shiqni ayollar aytdilar. Ushbu misolda nemis tilidagi majhul nisbat o’rniga o’zbek tilida aniq nisbat qo’llanilgan. Nemis tilidagi gap egasiga (“das Lied“) o’zbek tilidagi to’ldiruvchi (“qo’shiqni“) to’g’ri keldi; nemis tilidagi "von" predlogi bilan kelgan to’ldiruvchi ("Frauen") o’zbek tilida ega vazifasida keladi (“ayollar“).
Yana bir misol: Ich brauche einen Taschenrechner- menga cho’ntakhisoblagich (kalkulator) kerak.
Bu misolda nemis tilidagi ega (“ich”) o’zbek tilida to’ldiruvchi (“menga“) bilan almashtirilgan. Nemischa gapdagi to’ldiruvchi (“einen Taschenrechner“) o’zbek tilida ega vazifasida kelgan (“cho’ntakhisoblagich“).

Sie hat einen Sohn - uning o’gli bor.
Bu misolda ham nemis tilidagi ega (Sie) va to’ldiruvchi (einen Sohn) tarjima tilida sintaktik funktsiyasini o’zgartirgan.


Qo’shma gapda sintaktik almashtiruv. Qo’shma gapda sintaktik transformatsiyalarning quyidagi turlari uchraydi:
1) sodda gap qo’shma gapga almashtiriladi;
2) qo’shma gap sodda gapga almashtiriladi;
3) bosh gap ergash gapga yoki, aksincha, ergash gap bosh gapga almashtiriladi;
4) ergashish bog’lanish bilan almashtiriladi;
5) bog’lovchili bog’lanish turi bog’lovchisiz bog’lanish turiga almashtiriladi.
1) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi
Masalan: Dann hüpften und tanzten sie und sprangen über Stühle und Bänke. Endlich tanzten sie zur Tür hinaus. (Brüder Grimm. Die Wichtelmänner. Erstes Märchen. In: Die Kinder- und Hausmärchen der Brüder Grimm. 19. Auflage. Berlin, 1982. S. 143)


Keyin ular qiyqirishib, raqs tushishibdi, stol-stullar ustida sakrab o’ynab, oxiri eshikdan chiqib ketishibdi. (Roza Sobirova tarjimasi. UrDU, 1996.)
Bu misolda asl matndagi ikki sodda gap tarjima tilida qo’shma gapga almashtirilgan (gaplarning birlashuvi).
2) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi
Masalan: Aber sie sprach nicht von ihrem Deckel, der war zerbrochen, der war gekittet worden, ... (H.Ch.Andersen. Die Teekanne, In : H.Ch.Andersen. Fliedermütterchen. Berlin, 1973. S.196)


Qopqog’i singanligi, qadoqlanganligi haqida lom-lim demas ekan.
(G.X.Andersen. Choynak. (S.Yo’ldoshev tarjimasi).­/G.X.Andersen. Juldurvoqi qirol taxtida. T., 1976. 229-bet.)
Bu misolda asl matndagi uchta sodda gapning birikuvidan yasalgan qo’shma gap tarjima tilida sodda gap bilan almashtirildi.
Bald darauf trat auch schon ein Käufer ein, und weil ihm die Schuhe so gut gefielen, so bezahlte er mehr als gewöhnlich dafür, und der Schuster konnte von dem Geld Leder zu zwei Paar Schuhen erhandeln. (Brüder Grimm. Die Wichtelmänner. In: Die Kinder-und Hausmärchen der Brüder Grimm. 19. Auflage. Berlin,1982.S.142.)


Tez orada xaridor ham kelib qolibdi. Unga etiklar shunday yoqibdiki, u belgilangan bahosidan ham ortiq pul tashlab ketibdi. Etikdo’z esa bu pulga ikki juft etikka yetadigan teri sotib olishga muvaffaq bo’libdi. (Roza Sobirova tarjimasi. UrDU, 1996.) Bu misolda asl matndagi bitta qo’shma gap tarjima tilida uchta sodda gapga bo’lingan (gap bo’linishi).
3) Bosh gapning ergash gap bilan, yoki aksincha, ergash gapning bosh gap bilan almashtirilishi.
Yuqoridagi misolning davomini yanada ko’rib chiqaylik: ...und weil ihm die Schuhe so gut gefielen (1), so bezahlte er mehr als gewöhnlich dafür (2),...

- Unga etiklar shunday yoqibdiki (1), u belgilangan bahosidan ham ortiqcha pul tashlab ketibdi (2). Bu misolda nemis tilidagi sabab ergash gap (1) o’zbek tilidagi bosh gapga (1) almashtirilgan. Nemis tilidagi bosh gap esa (2) o’zbek tilidagi natija ergash gap bilan almashtirilgan.
4) Ergashishning bog’lanish bilan almashtirilishi


Doch sie, die mich am meisten


Gequälet, geärgert, betrübt,

Die hat mich nie gehasset

Und hat mich nie geliebt. (H.Heine. Sie haben mich gequälet... In: Aus der Schatzkammer der deutschen Lyrik./Eine Auswahl für die 10. Klasse. Zusammengestellt und eingeleitet von V. N.Dewekin. Moskau, 1975, S, 57.)

Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling