Bulyonni mis kukuni bilan reaksiyasi
Kolbaga 20 g farsh solinib, ustiga 60 ml distillangan suv qo’shiladi.
So’ngra qaynab turgan suv hammomida usti shisha bilan yopiq holatda 10 minut
qizdiriladi.
Keyin esa issiq bulyon 0,5 sm.li paxta qatlami filtridan o’tkazilib
filtrlanadi. Bu filtrdan probirkaga solinib, stakandagi sovuq suvga botiriladi. Shu
vaqtda filtratda oqsil quyqasi qolsa, qaytadan qog’oz filtridan o’tkazilib
filtrlanadi. Filtrlangandan keyin 2 ml. bulyondan olinib, probirkaga quyiladi va
3 tomchi 5 foizli mis kukuni qo’shiladi, 2-3 marta chayqaladi va 5 minut
tindiriladi. Yomon go’shtdan tayyorlangan go’sht bulyoni quyqa hosil qiladi
yoki quyuq birkma hosil qilib, ko’kimtir rangga kiradi. Gumon qilingan
go’shtdan tayyorlangan bulyon quyqa hosil qiladi. Yangi go’shtdan
tayyorlangan bulyon tiniq bo’ladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
31
Do'stlaringiz bilan baham: |