Oksidlanish-kislotali koeffisientini aniqlash
(G.V.Koloboloskiy usuli bo’yicha)
Titrlab kislotaligini aniqlash uchun 10 ml go’sht ekstrakti olinib (1:4) 40
ml distillangan suv qo’shiladi va 0,1 foizli natriy ishqori bilan fenolftalein
ishtirokida titrlanadi. Oksidlanishni aniqlash uchun kolbaga 50 ml. distillangan
suv solinib, 5 ml 0,4 foizli sulfat kislotasi qo’shiladi va to och qizg’ish rangga
kirguncha 1-2 tomchi 0,1 foizli margansovka tomiziladi,. Keyin eritma 40-50
o
chamasi issiqlikda qizdiriladi va qizigan eritmaga 2 ml go’sht ekstrakti
qo’shiladi va tezda 0,1 foizli margansovka bilan och-qizg’ish rangga kirguncha
titrlanadi. Bu hosil bo’lgan rang 0,5 minutda yo’qolmasligi kerak.
Keyin esa buni hisoblash uchun 10 ml olingan ekstrakt 5ga ko’paytiriladi.
Birinchi ko’rsatkichni ikkinchisiga bo’ladi va shunday qilib oksidlanish-kislotali
koeffisentini aniqlaydi. Yangi go’shtda oksidlanish-kislotaligi 0,15 – 0,20.
Sog’lom
mollardan
olingan
yetilgan
go’shtda
0,40
–
0,60;
Gumon qilingan go’shtda 0,20 – 0,40; Buzulgan go’shtda 0,05 – 0,20 bo’ladi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |