Zokirjon Admin bilan +99891-328-88-38 nomerga murojaat qilishingiz yoki shu nomerdagi telegram orqali
Download 183.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalarni rivojlantiruvchi o\'yinlar
t . m e /@ M T M p s ix o lo g i
2 So‘z boshi Maktabgacha yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning muhim sharti ular bilan ishlash chog‘ida qo‘llanayotgan metod va tarbiya shakllarining bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishidir.ta’lim tarbiya jarayonida asosan didaktik o‘yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat shakllarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Bolalar bog‘chasida ta’lim olishlari uchun ta’lim jarayoni ularning tabiiy rivojlanishi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. Bu metodikani o‘tkazishdan maqsad bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishdan iborat. Rivojlantiruvchi o‘yin va mashg‘ulotlarining mazmuni bolaning psixik rivojlanishini oldinga surish, uning idroki, diqqati, xotirasi, tafakkuri, nutqi, harakat sohasi, ixtiyoriy xulq-atvori, ya’ni bola tomonidan asl o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish asosini tashkil etadigan psixik funksiyalar va shaxsiy sifatlarni takomillashtirishdir. Maktabgacha ta’lim muassasining tarbiyalanuvchilari maktabdagi ta’limga bog‘chadan boshlab, tayyorlanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda yetakchi faoliyat o‘yin faoliyati hisoblansada, 5-6 yoshdan boshlab ularni ta’limni keyingi bosqichiga tayyorlash ishlari boshlanadi. 5-6 yoshli bolalar maktabga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyor, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, matematik va fazoviy tasavvur, guruhlantirish, umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlangan bo‘lishi kerak. Bunda ularga maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarm va ota-onalarning yordami muhim sanaladi. Ushbu «Rivojlantiruvchi o‘yinlar» majmuasi 5-6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash maqsadida e’tiboringizga havola etilmoqda. Majmuadan o‘rin olgan mashg‘ulotlar bolalarning bilishga doir psixik jarayonlari, diqqat, tafakkur, idrok, tasavvur, hotirasi, predietlarni guruhlashtirish va umumlashtirish qoliyatlarini rivojlantirib borishni ta’minlaydi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazib borish jarayonida bolalar bilan samimiy, erkin muloqatda bo‘lish, ularga mashg‘ulotlarni to ‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin tariqasidagi tabiiy muhitni yaratish, bolalarning qobiliyatlarini holisona baholash muhim omillardan biri sanaladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchilari uchun tayyorlangan ushbu rivojlantiriuvchi o‘yinlarni qo‘llashda muassasa psixologi, tarbiyachilar, ota-onalar hamkorlikda ishlashlari zarur. Download 183.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling