Zokirjon salimov n e f t V a g a z n I q a y t a I s h L a s h j a r a y o n L a r I


mayda  zarrachalarga  ajratiladi.  Suyuqlik-gaz  (bug‘)  sistemalaridagi


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/46
Sana25.09.2017
Hajmi4.11 Mb.
#16434
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46

mayda  zarrachalarga  ajratiladi.  Suyuqlik-gaz  (bug‘)  sistemalaridagi 

jarayonlar  (absorbsiya,  rektifikatsiya)  ning  kontakt yuzasini  ko‘paytirish 

uchun  suyuqlik  uskunaga  sochilib  beriladi,  ya ’ni  ko‘pikli  va  emulsiya 

rejimlari  hosil  qilinadi;  bunda q o‘zg ‘aluvchan  nasadkadan  foydalaniladi.

Harakatlantiruvchi  kuchni  ko‘paytirish  uchun  oqimlaming  harakat 

yo'nalishini  to ‘g ‘ri  tanlash  kerak.  Modda  almashinish  jarayonining 

tezligini  [J.  kg/m2 s]  quyidagi  ifoda  bilan  topish  mumkin:  J=KAS.  Bu 

tenglamadan 

ko‘rinib 

turibdiki, 

jarayonning 

tezligi 

o ‘rtacha 

harakatlantiruvchi  kuchga  to‘g ‘ri  mutanosiblik  bilan  bogMangan. 

Harakatlantiruvchi  kuchning  qiymati  uskunadagi  moddiy  oqim laming 

rejimga,  ularning y o ‘nalishi  va fazalarni  aralashtirish  usuliga bogMiq.

Moddiy  oqimlar  bir-biriga  nisbatan  ideal  ravishda  qarama-qarshi 

y o ‘nalgan  boMsa  (bunday  holat  ideal  siqib  chiqarish  rejimiga  mansub), 

uskunada  borayotgan  jarayon  oqimining  y o ‘nalishi  (yoki  uskunaning 

balandligi)  bo‘yicha  konsentratsiyalaming  eng  katta  gradientiga  ega 

boMadi.  Bunda  modda  almashinish jarayoni  harakatlantiruvchi  kuchning 

maksimal  qiymati  bilan  davom  etadi.  Ammo  haqiqiy  uskunalarda 

qarama-qarshi  oqimlaming  harakati  ideal  siqib  chiqarish  rejimidan 

m a’lum  darajada  cheklangan  boMadi,  natijada  uskunaning  balandligi 

b o‘yicha  ikkala  fazaning  konsentratsiyalar  gradienti  kamayadi.  Bunda 

modda  almashinish  jarayonining  o ‘rtacha  harakatlantiruvchi  kuchi  ham 

kamayadi.  Demak.  harakatlantiruvchi  kuchni  maksimal  qiymatgacha 

k o‘paytirish  uchun jarayonni  ideal  siqib  chiqarish  holatiga yaqin  rejimda 

olib borish  maqsadga  muvofiq  ekan.

M o d d a  o ‘tk azish   k o effitsiy en ti  aso sa n   q u yidagi  k atta lik la rg a  

bogMiq:


К  =  / ф , ,   8 ь   8 2,  P2 . . . ) ,  

(12.43)


bu  y erd a ,  p b  p2  -  fazalardagi  m o d d a berish  koeffitsiyentlari;  8 b  8 2

-  har  bir  fa za to m onidagi  ch eg ara q atla m in in g  qalinligi.

Jaray o n n i  ja d a lla sh tirish   uchun  Pi  va  p2  ning  q iy m atlarin i 

k o ‘p ay tirish ,  8!  v a  8 2 nin g  qiy m a tla rin i e sa  k am ay tirish  zarur.

M odda 

berish 


k o effitsiy en tlarin i 

o sh irish  

uchun  ja ra y o n n i 

tu rb u le n t  rejim d a  olib  borish  kerak.  T u rb u len tlik n i  k o ‘paytirish  uchun 

m oddiy  o q im lar  tezligini  oshirish  va  h aro ratlam i  k o ‘tarish  lozim . 

H a ro rat  o sh irilg a n d a   q o vushoqlik  v a   sirt  taran g lik   kuchi  k am ayadi. 

S istem an in g  tu rbulentligi  osh g an d a  u y u rm a o q im la r hosil  boMadi,  bu  hoi 

c h eg ara  q a tla m la r  qalin lig in in g   k a m ay ish ig a  v a  fazalar  k ontakt 

y u z a la rin in g  y an g ilan ish ig a olib  keladi.

S hunday  qilib,  oqim dagi  tu rb u len t  darajasin in g   ortishi  va  fazalar 

k o n tak t 

y u zalarin in g  

y an g ilan ish i 

sababli 


m odda 

o ‘tk azish  

k o effitsiy en tin in g   qiym ati  orta  boradi.  B un d an   tashqari,  m odda o ‘tk azish  

k o effitsiy en tin in g  o rtish ig a q o ‘sh im ch a im p u lsla r ham  t a ’sir qiladi.

M o d d a  alm ash in ish   ja ra y o n la rin i  ja d a lla sh tirish   uchun  quyidagi 

q o ‘sh im ch a  im pulslardan  foydalanish  m u m kin:  geterogen  sistem alard a 

m avhum   q ay n ash   qatlam ini  qoMlash;  elek tro m ag n it  va  ultratovush 

m ay d o n lari  t a ’sirid an   foydalanish;  m ex an ik   teb ran ish lar  (pulsatsion  va 

v ib ratsio n   teb ran ish lar)  ni  ishlatish;  o ‘z g a ru v c h a n   harorat  m aydonini 

h o sil  qilish v a  hokazo.

12.9.  M O D D A   A L M A S H IN IS H  U S K U N A L A R IN IN G  

A S O S IY   0 ‘L C H A M L A R I N I   A N IQ L A S H

M o d d a  alm ash in ish   u sk u n alarin i  te x n o lo g ik   hiso b lash d a  ularn in g  

aso siy   oM cham lari  (diam etr va  ish  b a la n d lig i)  aniqlanadi.

U s k u n a n in g   d ia m e tr i.  B unday  m aq sad   uchun  s a r f  ten glam asidan 

fo y d alan ilad i:

V C =   S - W 0 , 

(12.44)


bu  y e rd a ,  V c  -   teg ish li  fazan in g   hajm iy   sarfi  (m asalan,  ab so rb siy a 

ja ra y o n id a   g a z n in g   sarfi,  re k tifik atsiy ad a  esa  b u g ‘nin g   sarfi  v a   hokazo); 

W 0  -   sh u   fa z a n in g   m avhum   y o k i  k eltirilg an   tezligi  (yoki  teg ish li 

fa z a n in g   u sk u n a toMa  kesim iga nisb atan   o lin g a n  tezligi);  S  -  u sk u n an in g  

k o ‘n d a la n g  k esim i  yuzasi.


Dumaloq  k o‘ndalang  kesimli  uskunalarda  S=7iD2/4  bo‘lgani

sababli:

bundan

D -

&

 

(12.45)

Odatda  V c  berilgan  boMadi  va  uskunaning  diametri  D  ni  topish 

uchun  tegishli  faza  (masalan,  gaz  yoki  bug‘)  ning  mavhum  tezligini 

qabul  qilish  kerak.  Tezlikni  qabul  qilishda  quyidagi  holat  hisobga 

olinishi  kerak:  oqimning  tezligi  ortishi  bilan  modda  o ‘tkazish 

koeffitsiyentining 

qiymati 

ko‘payadi, 

biroq 

tezlik 

ortishi 

bilan 

uskunaning  gidravlik  qarshiligi  ham  ortadi  (natijada  jarayonni  olib 

borish  uchun  zarur  boMgan  energiya  sarfi  ortadi).  Shu  sababli  har  bir 

aniq sharoit  uchun  texnik-iqtisodiy  hisoblashlar orqali  gaz yoki  bug‘ning 

maqbul tezligi qabul  qilinadi.

U skunaning 

balandligi. 

Modda 

almashinish 

uskunasining 

balandligi  fazalar  kontakti  uzluksiz  yoki  pog‘onali  boMishiga  ko‘ra  ikki 

xil  usulda  aniqlanadi.  Masalan,  fazalar  uzluksiz  kontaktda  boMgan 

uskunalaming  balandligi  quyidagi  modda  o ‘tkazish  tenglamalari  orqali 

topiladi:

M =  Kua VAUor 

(12.46)

yoki

M = Kxa VAXo-r, 

(12.47)

bu  yerda,  F  =  a V  -   fazalarning  kontakt  yuzasi;  a -   fazalarning 

solishtirma kontakt yuzasi;  V -  uskunaning  ish  hajmi.

Uskunaning  ish  hajmi:  V  =  S 

H  (bu  yerda,  N   -   uskunaning  ish 

balandligi).  (12.46)  va  (12.47)  tenglamalardagi  V  ning  o ‘rniga  SH  ni 

qo‘yib,  ularni N  ga nisbatan yechsak,  quyidagi  ifodalarni olamiz:

yoki

H = ----- - ----- . 

(12.49)

К у a S & S .r 



'



(12.48)  va  (12.49)  tenglamalar  bo‘yicha  N   ni  hisoblash  uchun 

alohida  solishtirma  kontakt  yuzasi  a  va  modda  o ‘tkazishning  yuza 

bo'yicha  olingan  koeffitsiyenti  Ки  yoki  Kx  ning  qiymatlarini  yoxud  shu 

kattaliklarning  solishtirma  kontakt  yuzasi  bilan  ko'paytmasidan  iborat

boMgan  modda o ‘tkazishning  hajmiy  koeffitsiyentlari  (Ku  °  =  Kuv  yoki 

Kx‘ fl=   Kux)  ni  bilish  zarur  Ayniqsa,  fazalarning  kontakt  yuzasini 

aniqlash qiyin  boMganda Kv ni topish  maqsadga muvofiqdir.

Uskunaning  ish  balandligi  o ‘tkazish  birligining  balandligi  va 

o ‘tkazish  birligining soni  ko‘paytmasi  bilan  ham topilishi  mumkin:

H = hou ■

 nou 

(12.50)

yoki

H = hox  ■

  nox  . 

(12.51)

Tayanch  so ‘z  va iboralar

Modda  almashinish,  diffuzion  jarayonlar,  suyuqliklarni  haydash, 

distillyatsiya,  rektifikatsiya,  absorbsiya,  absorbent,  sorbent,  desorbsiya, 

adsorbsiya,  adsorbent,  regeneratsiya,  suyuqliklarni  ekstraksiyalash, 

quritish,  kristallanish,  qattiq  moddalarni  eritish,  qattiq  moddalarni 

ekstraksiyalash, 

ajratuvchi 

yuza, 

tarqaluvchi 

moddaning 

konsentratsiyasi,  modda  o ‘tkazish  koeffitsiyenti,  fazalarning  kontakt 

yuzasi,  ish  konsentratsiyalari,  muvozanat  konsentratsiyasi,  modda 

o ‘tkazishning 

o ‘rtacha 

harakatlantiruvchi 

kuchi, 

modda 

berish 

koeffitsiyenti, 

fazalarning 

solishtirma 

kontakt  yuzasi, 

molekular 

diffuziya,  turbulent  diffuziya,  konsentratsiya  gradienti,  moddaning 

solishtirma  oqimi,  diffuziya  koeffitsiyenti,  modda  o ‘tkazuvchanlik 

koeffitsiyenti,  erkin  konveksiya,  majburiy 

konveksiya,  konvektiv 

diffuziya,  termodiffuziya,  diffuzion  o'xshashlik  mezonlari,  kriterial 

tenglamalar.  Nusselt  mezoni,  Fure  mezoni,  Pekle  mezoni,  Bio  mezoni, 

Prandtl  mezoni,  Reynolds  mezoni,  Frud  mezoni,  Galiley  mezoni, 

geometrik  o ‘xshashlik  simplekslari,  modda  o ‘tkazish  birligining  soni, 

modda  o ‘tkazish  birligining  balandligi,  uskunaning  ko‘ndalang  kesim 

yuzasi, uskunaning diametri,  uskunaning balandligi.

Mustaqil ishlash  uchun savollar

12.1.  Neft  va  gazni  qayta  ishlash  texnologiyasida  modda 

almashinish jarayonlarining rolini  qanday  izohlash  mumkin?

12.2.  Modda  almashinish  jarayonlarining  sinflanishi  haqida 

nimalarni  bilasiz?

12.3.  Bir  fazadan  ikkinchi  fazaga  modda  o‘tkazish  jarayoni  qaysi 

tenglama orqali  ifoda qilinadi?

12.4.  Modda  o ‘tkazish  va  modda  berish  koeffitsiyentlari  o'rtasida 

qanday o ‘xshash va alohida tomonlar bor?

12.5.  Molekular  diffuziya  orqali  tarqalgan  moddaning  miqdori 

qaysi qonun orqali aniqlanadi?

12.6.  Erkin  va  majburiy  konveksiyalar  o ‘rtasida  qanday  farq 

mavjud?


12.7.  Bir  faza  doirasida  konveksiya  yo‘li  bilan  tarqalgan 

moddaning miqdori qaysi tenglama yordamida topiladi?

12.8.  Diffuzion  o‘xshashlik  mezonlari  qatoriga  qaysi  mezonlarni 

kiritsa boMadi?

12.9.  Modda  o ‘tkazish  harakatlantiruvchi  kuchining  o‘rtacha 

logarifmik qiymati qaysi tenglama yordamida aniqlanishi  mumkin?

12.10. 

Modda 


o‘tkazish 

birligining 

soni 

va 


o ‘rtacha 

harakatlantiruvchi kuch o ‘rtasida qanday bogMiqlik bor?

12.11.  Modda  o‘tkazish  birligining  balandligini  qaysi  tenglama 

orqali  hisoblash mumkin?

12.12.  Qattiq  fazali  sistemalarda  modda  o‘tkazish  jarayonining 

qanday o ‘ziga xos tomonlari mavjud?

12.13.  Diffuzion  Bio mezoni  qanday ko‘rinishga ega va uning fizik 

ma’nosi  nimadan  iborat?

12.14.  Diffuziya  va  modda  o‘tkazuvchanlik  koeffitsiyentlari 

o ‘rtasida qanday o ‘xshash va alohida tomonlar mavjud?

12.15.  Modda  almashinish  orqali  qanday  natijalarga  erishish 

mumkin?


12.16.  Modda  almashinish  uskunalarining asosiy  oMchamlari  qaysi 

tenglamalar yordamida aniqlanadi?



XIII bob.

  SUY U Q LIK LA R N I  H AYDASH

13.1.  UM UM IY T U SH U N C H A L A R

Ikki  yoki  bir  necha  komponentlardan  tashkil  topgan  bir  jinsli 

suyuqlik 

aralashmalarini 

ajratishda 

haydash 


(distillatsiya 

va 


rektifikatsiya) usuli keng ishlatiladi.

Agar  boshlangMch  aralashma  uchuvchan  va  uchmaydigan 

komponentlardan  iborat  boMsa,  bunda  bugMatish  orqali  suyuqlikni 

tashkil  etuvchi  komponentlarga  ajratish  mumkin.  Haydash  yoMi  bilan 

esa  komponentlar  turli  uchuvchanlikka  ega  boMgan  holda  ham  suyuq 

aralashmalarni  ajratish  mumkin.  Haydash  yoMi  bilan  suyuqliklarni 

ajratish  bir  xil  haroratlarda  aralashma  komponentlarining  turlicha 

uchuvchanlikka  ega  boMishiga  asoslangan.  Shu  sababli  haydash  paytida 

aralashma  tarkibidagi  hamma  komponentlar  o ‘zlarining  uchuvchanlik 

xususiyatiga mutanosib ravishda bug‘  holatiga o‘tadi.

Haydash  jarayonidan  ajralib  chiqqan  bug1  kondensatsiyaga 

uchraydi,  hosil  boMgan  kondensat  distillyat  yoki  rektiflkat  deb  ataladi. 

BugManmay  qolgan  va  qiyin  uchuvchan  komponentdan  tashkil  topgan 

suyuqlik esa qoldiq deb yuritiladi.

Bug1 fazasining yengil  uchuvchan  komponent bilan boyish darajasi 

asosan  haydash  usuliga  bogMiq.  Suyuqliklarni  haydashning  ikkita  usuli 

bor:  1)  oddiy 

haydash 


(distillatsiya); 

2) 


murakkab 

haydash 


(rektifikatsiya).

Aralashma komponentlarining uchuvchanligi o ‘rtasidagi  farq  ancha 

katta  boMsa,  bunda  oddiy  haydash  usulidan  foydalaniladi.  Oddiy 

haydash  paytida  suyuqlikning  bir marta  qisman  bugManishi  yuz  beradi. 

Odatda,  bu  usul  suyuq  aralashmalarni  birlamchi  ajratish  hamda  mu­

rakkab  aralashmalarni  keraksiz  qo‘shimchalardan  tozalash  uchun 

ishlatiladi.

Suyuq 


aralashmani 

komponentlarga 

toMa 

ajratish 



uchun 

rektifikatsiya usulidan  foydalaniladi.  Rektifikatsiya jarayoni  aralashmani 

bugMatishda  ajralgan  bug1  va  bug‘ning  kondensatsiyalanishi  natijasida 

hosil  boMgan  suyuqlik  o‘rtasida  ko‘p  marotabalik  kontakt  paytidagi 

modda almashinishga asoslangan.


Suyuq  aralashmalarni  rektifikatsiya  yordamida  ajratish  kolonnali 

uskunalarda  olib  boriladi,  bunda  bug'  va  suyuqlik  fazalari  o‘rtasidagi 

uzluksiz va ko‘p marotabalik kontakt yuz beradi.  Bunday  holatda fazalar 

o‘rtasida  modda  almashinish  yuz  beradi.  Suyuq  fazadan  yengil 

uchuvchan  komponent  bug‘  tarkibiga  o ‘tadi,  bug‘  fazasidagi  qiyin 

uchuvchan 

komponent 

esa 


suyuqlikka 

o‘tadi. 


Rektifikatsion 

kolonnaning  yuqorigi 

qismidan  chiqayotgan  bug‘  asosan  yengil 

uchuvchan  koinponentdan  iborat  boMib,  u  kondensatsiyaga  uchragandan 

so‘ng  ikki  qismga  ajraladi.  Kondensatning  birinchi  qismi  distillyat  yoki 

rektiflkat ('yuqorigi  mahsulot) deb ataladi.  Kondensatning  ikkinchi  qismi 

esa  kolonnaga  qaytariladi  va  u  flegma  deb  yuritiladi.  Uskunaga 

qaytarilgan  suyuqlik  (flegma)  pastdan  ko‘tarilayotgan  bug1  bilan 

uchrashadi.  Kolonnaning  pastki  qismidan,  asosan  qiyin  uchuvchan 

komponentdan  tashkil  topgan  qoldiq  modda  uzluksiz  ravishda  chiqarib 

turiladi.

Neft  va  gazni  qayta  ishlash  sanoatida  rektifikatsiya  usuli  keng 

ishlatiladi.  Rektifikatsiya jarayoni  yordamida  neftdan  turli  mahsulotlar 

(benzin,  kerosin,  dizel  yonilg‘isi,  mazut,  moy  fraksiyalari  va boshqalar) 

olinadi.  Suyultirilgan  gazlarni  rektifikatsiya  qilish  orqali  etilen,  etan, 

propan, butan va boshqa komponentlar ajratib olinadi.

Aralashma  komponentlarining  qaynash  haroratlari  bir-biriga  yaqin 

bo‘lsa, bunday  aralashmalarni ajratish ancha  qiyin  hisoblanadi.  Bunday 

hollarda haydashning maxsus  usullari:  ekstraktiv  rektifikatsiya,  azeotrop 

rektifikatsiya,  molekular  distillatsiya  va  past  haroratli  rektifikatsiya 

jarayonlaridan  foydalaniladi.

13.2.  SUYUQLIK-BUG‘  SISTEMALARINING  MUVOZANATI

Amalda  ko‘pincha  ko‘p  komponentli  aralashmalarni  ajratishga 

to‘g‘ri  keladi,  biroq  jarayonning  nazariyasini  o ‘rganish  uchun  ikki 

komponentli,  ya’ni  binar  aralashmani  haydash  yo‘li  bilan  ajratishni 

ko‘rib  chiqish  maqsadga  muvoflqdir.  Binar  aralashma  yengil  va  qiyin 

uchuvchan  komponentlardan  tashkil  topgan  boMadi.

Binar  aralashmalarining  sinflanishini 

D.  P.  Konovalov  ishlab 

chiqqan  (13.1-rasm).  Bu  rasmda  turli  binar  aralashma  bug‘larining 

umumiy  bosimi  va  suyuq  faza  o‘rtasidagi  bogMiqlik  ko‘rsatilgan. 

Vertikal  o‘qda  o‘zgarmas  haroratda  aralashma  bugMning  umumiy 

bosimi  berilgan  boMsa,  gorizontal  o‘qda  esa  suyuq  fazaning  tarkibi  (% 

hisobida)  ko‘rsatilgan.  Agar  aralashma  komponentlari  o ‘zaro  bir-birida


erimasa  (yoki  juda  oz  miqdorda  erisa),  bu  holat  1-chiziq  orqali 

ifodalanadi.  Bunda  aralashma  bugMarining  bosimi  toza  komponentlar 

bug‘  bosimlarining yigMndisiga teng boMadi.

13.1-rasm.  Binar aralashmali uchuvchan suyuqliklarning sinflanishi: 

1-komponentlari o‘zaro bir-birida erimaydigan suyuqliklar;

2-komponentlari bir-birida qisman eriydigan suyuqliklar;

3-komponentlari bir-birida toMa eriydigan va bugMari bosimning 

o ‘zgarishi  maksimum orqali  o'tgan suyuqliklar; 4-ideal sistemalar;

5-komponentlari bir-birida toMa eriydigan va bugMari bosimining 

o‘zgarishi  minimum orqali o‘tgan suyuqliklar.

Binar  aralashma  komponentlari  bir-birida  qisman  erisa,  bunday 

aralashma 

bugMarining 

bosimi 

2-chiziq 



bo‘yicha 

o'zgaradi. 

Komponentlari  o‘zaro  toMa  va  istalgan  nisbatlarda  bir-birida  eriydigan 

aralashmalar  bugMarining  bosimi  3-chiziq  bo‘yicha  o‘zgaradi.  Bunday 

aralashma  bugMari  bosim  yigMndisining  o‘zgarishi  maksimum  orqali 

o‘tadi,  bu  holat  maksimal  haroratdagi  suyuq  fazaning  tegishli  tarkibi 

bilan  belgilanadi.

Komponentlar  bir-birida  toMa  erisa,  aralashma  bugMarining 

umumiy  bosimi  minimumga  ega  boMadi  (5-chiziq).  Bir  komponent 

ikkinchi  komponentda  toMa  erisa-yu,  biroq  bosim  maksimum  yoki 

minimumga  ega  boMmasa,  bunday  holat  4-chiziq  orqali  ifodalanadi. 

Bunday eritmalarideal sistemalar deb yuritiladi.

Shunday  qilib,  p  =  /   (x)  chiziqning  ko‘rinishi  sistema 

komponentlari  molekulalarining  o‘zaro  ta’siri  turlicha  boMishi  bilan 

bogMiq.


Ideal  eritmalaming xossalari Raul qonuni bilan  ifodalanadi.  Bu qonunga 

ko‘ra,  ideal  suyuq  eritma  komponentining  porstal  bosimi  p,  komponentning 

berilgan  haroratdagi  to‘yingan  bugMari  bosimi  Rj  ning  komponentning  suyuq 

fazadagi molyar ulushiga ko‘paytirilganiga teng, ya’ni:

rf = Rj ■ X j, 

(13.1)


Aralashma  bugM  bosimining  o ‘zgarishi  to‘g‘ri  chiziqdan  chetga 

chiqsa,  bunday  eritmalaming  hosil  boMishi  ma’lum  miqdordagi  issiqlik 

effekti  orqali  boradi.  Bu  hoi  komponentlar molekulalari  o ‘rtasida o‘zaro 

ta’sir kuchi borligidan dalolat beradi.

Agar  bir xil  boMmagan  molekulalar o‘rtasidagi  tortishish  kuchi  bir 

xil  boMgan  molekulalar  o‘rtasidagi  tortishish  kuchidan  kam  boMsa, 

aralashma  bugMari  bosimining  chizigM  ideal  eritmalar  chizigMning 

yuqorigi  tomonida  joylashadi  (1,  2  va  3  chiziqlar).  Agar  bir  xil 

boMmagan 

molekulalarning 

tortishish 

kuchi 


bir 

xil 


boMgan 

molekulalarning tortishish  kuchidan katta boMsa,  u holda bosimning egri 

chizigM  ideal eritmalar to‘g‘ri chizigMning pastidan o ‘tadi (5-chiziq).

Bir  xil  boMmagan  molekulalarning  o‘zaro  tortishish  kuchi  juda 

kichik  boMsa,  bunda  suyuq  faza  ikki  qatlamga  boMinadi.  Har  bir 

komponent  suyuq  fazadan  bug1  fazasiga  o‘z  molekulalarini  yuboradi. 

Umumiy  bosim  berilgan  haroratdagi  toza  komponentlar  bosimlarining 

yigMndisiga teng (1  va 2 chiziqlar).

Haydash  jarayonini  hisoblash  uchun  muvozanatda  boMgan  suyuq 

va  bug1  fazalaining  tarkibini  bilish  zarur.  Suyuqlik  va  bug‘  fazalaridan 

iborat  boMgan  ikki  komponentli  aralashmalaming  erkinlik  darajasi 

sonini  bilish uchun fazalar qoidasidan foydalaniladi:

S = K - F  + 2 = 2 - 2  + 2 = 2, 

(13.2)


bu  yerda, 

S  -   erkinlik  darajasi  soni;  F  -   fazalar  soni  (F=2);  К  -  

komponentlar soni (K=2).

Shunday  qilib,  sistemaning  holatini  belgilovchi  uchta  kattalik 

(harorat,  bosim,  konsentratsiya)  dan  istalgan  ikkitasini  tanlash  mumkin. 

Agar  misol  tariqasida  bosim  va  harorat  tanlansa,  u  holda  sistemaning 

tarkibi  (ya’ni  suyuqlik  va  bug‘  fazalaridagi  komponentlarning 

konsentratsiyasi) ma’lum  bir qiymatga ega boMadi.

Binar  sistemalarning  muvozanat  holatdagi  fazalar  tarkibi  D.P.  Ko­

novalov tomonidan o ‘rganilgan va ikkita qonun taklif etilgan.

Konovalovning  birinchi  qonuni  quyidagicha  ta’riflanadi:  «Suyuq­

likka  qo‘shilgan  komponent  suyuqlik  ustidagi  bosimning  ortishiga  yoki 

suyuqlik  qaynash  haroratining  pasayishiga  sababchi  boMsa,  bunday 

holatda bug‘ning ushbu komponent bilan boyishi yuz beradi».



Bosim  egri  chizig‘i  maksimum  yoki  minimumga  ega  bo‘lgan 

eritmalar  uchun  suyuq  fazaning  shunday  tarkibi  ma’lumki,  bunday 

sharoitda  ajralib  chiqayotgan  bugMarning  tarkibi  suyuq  fazaning tarkibi 

bilan  bir  xil  boMib  qoladi.  Bunday  aralashma  azeotrop  yoki  alohida 

qaynatilgan  aralashma  deb  ataladi. 

Konavalovning  ikkinchi  qonuni 

azeotrop  aralashma  tarkibini  aniqlashga  imkon  beradi:  «Aralashmaning 

bug‘  bosimi  (yoki  qaynash  haroratlari)  ekstremumlarida  (ya’ni  egri 

chiziqlarning  maksimal  cho‘qqilarida)  suyuqlik  va  bug‘  fazalarining 

tarkiblari bir xil boMib qoladi».

Azeotrop 

sistemada 

bosimning 

o‘zgarishi 

bilan 

sistema 


muvozanatining  o‘zgarishi  yuz  beradi,  natijada  bug1  fazasining 

muvozanat  tarkibi  o‘zgaradi.  Bu  o'zgarishning  mohiyatini  aniqlash 

uchun M.S.  Vrevskiy tomonidan  ikkita qonun taklif etilgan:

1.  Ikki  komponentli  aralashmaning  qaynash  harorati  (yoki  bosimi) 

oshirilganda bugMarning tarkibida bugManishi uchun katta energiya talab 

qiluvchi komponentning nisbiy  miqdori  ortadi.

2. 

BugMning 



uchuvchanligi 

maksimumga 

ega 

boMgan 


eritmalaming  harorati 

(yoki  bosimi)  oshirilganda,  azeotrop  aralash- 

malarda  bugManishi  uchun  katta  energiya  sarfini  talab  qiluvchi 

komponentning  nisbiy  miqdori  ortadi. 

BugMning  uchuvchanligi 

minimumiga  ega  boMgan  eritmalaming  qaynash  harorati  oshirilganda 

azeotrop  aralashmada  bugManishi  uchun  kam  energiya  talab  qiluvchi 

komponentning nisbiy  miqdori ko‘payadi.

13.3. ODDIY HAYDASH

Suyuq  aralashmalarni  bir  marta  qisman  bugMatish  yoMi  bilan 

ajratish  jarayoni  oddiy  haydash  deb  ataladi.  Oddiy  haydash  aralashma 

komponentlarining  uchuvchanliklari  o ‘rtasidagi  farq  ancha  katta 

boMgandagina  ishlatiladi.  Odatda  suyuq  aralashmalarni  birlamchi 

ajratish  hamda  murakkab  aralashmalarni  keraksiz  qo‘shimchalardan 

tozalash uchun oddiy haydash jarayon idan foydalaniladi.

Oddiy  haydash  quyidagi  usullarga boMinadi:  1)  fraksiyali  haydash;

2) deflegmatsiya bilan haydash; 3) suv bugM bilan haydash.

Fraksiyali  haydash.  Suyuqliklarni  fraksiyali  haydash  davriy  yoki 

uzluksiz  rejimda  olib  boriladi.  Haydash  kubidagi  suyuqlik  asta-sekin 

bugMatiladi.  Hosil  boMgan  bugMar  kondensatorga  yuboriladi.  Agar 

haydash jarayoni  davriy  ravishda  olib  borilsa,  u  holda  vaqt o‘tislii  bilan 

qoldiq  suyuqlikdagi  va  distillyatning  tarkibidagi  yengil  uchuvchan



komponentlarning  miqdori  kamaya  boradi.  Shu  sababli  har  xil  tarkibli 

distillyatning  fraksiyalari  ajratib  olinadi.  Turli  tarkibga  ega  bo‘lgan 

mahsulotlarni  olishga  moMjallangan  suyuqliklarni  ajratish  usuli 

fraksiyali  haydash  deb  ataladi.  13.2-rasmda  fraksiyali  haydash  uchun 

davriy  ishlaydigan  qurilmaning  sxemasi  ko‘rsatilgan.  Dastlabki 

aralashmaning  ma’lum  miqdori  haydash  kubiga  solinadi.  Haydash 

kubining ichiga zmeevik joylashtirilgan  boMib,  u orqali  suv bugM o ‘tadi. 

Suyuqlik  qaynash  haroratigacha  isitiladi.  Hosil  boMgan  bugMar 

kondensator 

sovitkichiga  yuboriladi.  Distillyat  fraksiyalari  tegishli 

idishlarga  tushadi.  Haydash  jarayoni  tamom  boMgandan  so‘ng,  qoldiq 

suyuqlik  haydash  kubidan  tushirib  olinadi.  So‘ngra  sikl  qayta 

takrorlanib,  ajratilishi  lozim  boMgan  suyuqlik  haydash  kubiga  yana 

beriladi.



13.2-rasm.  Oddiy haydash qurilmasining sxemasi:

1-haydash kubi; 2-kondensator-sovitgich; 3-kuzatish fonari;

4,5,6—

distillyat yigMladigan  idishlar.



Oddiy haydash  atmosfera  bosimi yoki  vakuum ostida olib borilishi 

mumkin. 


Vakuumni 

qoMlash 


natijasida 

issiqlikka 

chidamsiz 

aralashmalarni 

ajratish 

imkoniyati 

paydo 

boMadi. 


Vakuum 

qoMlanilganda  eritmalaming  qaynash  harorati  pasayadi,  shu  sababli. 

haydash  kubini  isitishda  past  ko‘rsatkichli  suv  bugMaridan  foydalanish 

mumkin.


Deflegniatsiya  bilan  haydash.  Suyuqlik  aralashmasining  ajratish 

darajasini  oshirish  uchun  distillyatning  tarkibi  deflegmatsiya  yordamida 

boyitiladi 

(13.3-rasm). 

Haydash 

kubidan 


chiqayotgan 

bugMar 


deflegmatorga  o‘tadi,  u  yerda  bugMar  qisman  kondensatsiyalanadi. 

Deflegmatorda asosan  bug‘ning tarkibidagi  qiyin uchuvchan  komponent 

kondensatsiyalanadi  va  hosil  boMgan  suyuqlik  (flegma)  haydash  kubiga


qaytib  tushadi.  Yengil  uchuvchan  komponent  bilan  to‘yingan  bugMar 

kondensator  -   sovitkichga  o‘tadi  va  u  yerda  toMa  kondensatsiya­

lanadi.  Haydash  jarayonining  tugashi  kubda  qolgan  suyuqlikning 

qaynash  harorati  bo‘yicha  tekshiriladi.  Odatda  qoldiq  suyuqlik  maMum 

tarkibga  ega  boMishi  kerak.  Tarkibida  asosan  qiyin  uchuvchan 

komponentni  ushlagan qoldiq suyuqlik haydash  kubining  pastki  qismida 

joylashgan shtuser orqali tegishli idishga tushiriladi.

1-haydash kubi; 2-deflegmator; 3-kondensator-sovitgich; 4-yig‘gich.

Suv  bug‘i  bilan  haydash.  Aralashmaning  qaynash  haroratini 

pasaytirishga  vakuum  ishlatishdan  tashqari  uning  tarkibiga  qo‘shimcha 

komponentlar (suv  bugM  yoki  inert gaz)  kiritish yoMi  bilan  ham  erishish 

mumkin.  Agar  aralashmaning  komponentlari  suvda  erimasa,  u  holda 

haydash  kubiga  qo‘shimcha  komponent  sifatida  suv  bugM  kiritiladi.  Bu 

usuldan  100°C  dan  yuqori  haroratlarda  qaynaydigan  moddalarning 

aralashmalarini ajratish yoki ularni  tozalash  uchun foydalanish  mumkin.

Suv  bugM  bilan  ishlaydigan  haydash  qurilmasi  13.4-rasmda 

koMsatilgan.  Bu  qurilmaning  haydash  kubi  qobigMga  susaytirilgan  bug1 

beriladi.  Dastlabki  aralashma  haydash  kubiga  quyiladi,  so‘ngra 

barbotyor  orqali  suv  bugM  yuboriladi.  Aralashmaning  bugManishidan 

hosil  boMgan  bugMar  kondensator-sovitkichga  beriladi.  Hosil  boMgan 

kondensat  ko‘rsatkich  fonar  orqali  separatorga  tushadi.  Separatorning 

pastki  qismidan  gidravlik zatvor orqali  suv  chiqarib yuboriladi,  yuqorigi 

qismidan  esa  suvda  erimaydigan  yengil  komponent  chiqariladi  va


maxsus  idishga  tushadi.  Suv  bugM  bilan  haydash  nomuvozanat  holatda 

olib  boriladi.  Bu jarayonda  kuchli  suv  bug‘i  ikki  xil  (issiqlik  tashuvchi 

va  qaynash  haroratini  pasaytiruvchi  agent)  vazifani  bajaradi.  Jarayonni 

davriy  yoki  uzluksiz  usul  bilan  olib  borish  mumkin.  Ayrim  sharoitlarda 

suv  bug‘i  o‘miga  inert  gazlar  (masalan,  azot,  uglerod  ikki  oksidi  va 

boshqalar)  dan  foydalaniladi.  Inert  gazlar  qoMlanilganda  aralashmaning 

qaynash  haroratini  ancha  pasaytirish  mumkin.  Biroq  haydash  kubidan 

uchib  chiqayotgan  bug‘  tarkibida  inert  gazlarning  boMishi  kondensator- 

sovitkichda  issiqlik  berish  koeffitsiyentining  keskin  pasayib  ketishiga 

olib  keladi.  Natijada  issiqlik  almashinish  yuzasi  kattalashib  ketadi. 

Bundan  tashqari,  bug‘-gaz  aralashmasining  kondensatsiyalanishi  tuman 

hosil  boMishiga  olib  keladi.  Bunday  holda  esa  aralashmaning  ajratilishi 

qiyinlashadi  va  tayyor  mahsulotning  bir  qismi  inert  gaz  bilan  uchib 

ketadi.


l-b u g ‘  gMlofli haydash kubi; 2-kondensator-sovitgich;

3-separator.

13.4. BINAR ARALASHMALARNI REKTIFIKATSIYA 

QILISH


Rektifikatsiya 

prinsipi. 

Bir  jinsli 

suyuq 


aralashmalarni 

komponentlarga  toMa  ajratish  faqat  rektifikatsiya  usuli  bilan  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Rektifikatsiya  jarayonining  mohiyatini 

t-x -u  


diagrammasi orqali tushuntirish  mumkin (13.5-rasm).  Konsentrasiyasi X]

boMgan  dastlabki  aralashma  qaynash  harorati  t]  gacha  isitilganda, 

suyuqlik  bilan  muvozanatda  boMgan  bug‘ning  holati  aniqlanadi



13.5-rastn.  Binar aralashmalarni rektifikatsiya usuli bilan ajratishning 

diagrammada tasvirlanishi.

boMgan  suyuqlik  hosil  boMadi  (x2>xi).  Demak,  suyuqlik  yengil 

uchuvchan  komponent  bilan  birmuncha  to‘yingan  boMadi.  Bu  suyuqlik 

ham  qaynash  harorati  t2  gacha  isitilganda  bug‘  hosil  boMadi  (d  nuqta), 

bug4  kondensatsiyalanganda  x3  tarkibli  suyuqlik  olinadi  (x3>x2).  Shu 

yo‘sinda  birin-ketin  bir  necha  marta  suyuqlikni  bugMatish  va  bug‘ni 

kondensatsiyalash  jarayonlarini  o‘tkazish  orqali  tayyor  mahsulot- 

distillyat 

olish 


mumkin. 

Distillyat 

asosan 

yengil 


uchuvchan 

komponentdan tashkil topgan  boMadi.

Diagrammadagi  yuqorigi  egri  chiziq  bug‘  fazasining  tarkibini 

belgilaydi,  pastki  egri  chiziq  esa  qaynash  haroratlarini  ifodalaydi.  Bu 

diagramma yordamida birin-ketin  bir  necha  marta kondensatsiyalash  va 

bugMatish jarayonlarini  o‘tkazish  orqali  tarkibi  asosan  qiyin  uchuvchan 

komponentdan tashkil topgan qoldiq  suyuqlik olish mumkin.  Ko‘p marta 

bugMatish  jarayonini  ko‘p  pog‘onali  qurilmalarda  olib  borish  mumkin. 

Biroq  bunday  qurilmalar  qator  kamchiliklarga  ega:  oMchami  katta, 

yuqori  konsentratsiyali  moddalar  (distillyat  yoki  qoldiq)  ning  chiqishi 

kam, atrof-muhitga ko‘p miqdorda issiqlik yo‘qoladi.

Suyuq  aralashmalarni  birmuncha  ixcham  boMgan  rektifikatsion 

kolonnalarda  toMa  holda  komponentlarga  ajratish  ancha  tejamlidir. 

Rektifikatsiya  jarayoni  davriy  va  uzluksiz  ravishda,  bosimning  turli 

qiymatlarida  (atmosfera  bosimi 

ostida,  vakuumda,  atmosferada 

bosimdan  yuqori 

bosimda)  olib  boriladi.  Yuqori  haroratlarda 

qaynaydigan  moddalarning  aralashmalarini  ajratishda  vakuum  ishlatish


maqsadga  muvofiqdir.  Normal  haroratlarda  gaz  holatida  bo‘lgan 

aralashmalar  ajratilganda  atmosfera  bosimdan  yuqori  boMgan  bosim 

ostida ishlaydigan qurilmalardan foydalaniladi.

Davriy  ishlaydigan  rektifikatsion  qurilm alar.  Kichik 

ishlab 

chiqarishlarda  davriy  ishlaydigan  rektifikatsion  qurilmalar  qoMlaniladi. 



Dastlabki  aralashma  haydash  kubiga  beriladi  (13.6-rasm).  Kub  ichiga 

isituvchi 

zmeevik 

joylashtirilgan 

boMib, 

aralashma 



qaynash 

haroratigacha  isitiladi.  Hosil  boMgan  bugMar  rektifikatsion  kolonnaning 

oxirgi  tarelkasining  pastki  qismiga  o‘tadi.  Bug1  kolonna  bo‘ylab 

ko‘tarilgan  sari  yengil  uchuvchan  komponent  bilan  to‘yinib  boradi. 

Deflegmatordan  kolonnaga  qaytgan  bir  qism  distillyat  flegma  deb 

yuritiladi.  Flegma  (suyuq  faza)  kolonnaning  eng  yuqorigi  tarelkasiga 

beriladi  va  pastga  qarab  harakat  qiladi.  Suyuq  faza  pastga  harakat 

qilishda  o‘z  tarkibidagi  yengil  uchuvchan  komponentni  bug‘  fazasiga 

beradi.  Bug1  va  suyuq  fazalarning  bir  necha  bor  o‘zaro  kontakti 

natijasida  bug'  fazasi  yuqoriga  harakat  qilgani  sari  yengil  uchuvchan 

komponent  bilan  to‘yinib  borsa,  suyuqlik  esa  pastga  tomon  harakat 

qilgan  sari  tarkibida  qiyin  uchuvchan  komponentning  miqdori  oshib 

boradi.

13.6-rasm.  Davriy  ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi:

1-haydash kubi; 2-rektifikatsion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 

5-sovitgich; 6,7-yig‘gichlar.


Kolonnaning  yuqorigi  qismidan  bugMar  deflegmatorga  o‘tadi  va  u 

yerda  toMa  yoki  qisman  kondensatsiyaga  uchraydi.  BugMar  toMa 

kondensatsiyalanganda  hosil  boMgan  suyuqlik  ajratkich  yordamida  ikki 

qism  (distillyat  va  flegma)  ga  ajratiladi.  Oxirgi  mahsulot  (distillyat) 

sovitkichda  sovitilgandan  so‘ng  yigMsh  idishiga  yuboriladi.  Kubda 

qolgan  qoldiq  suyuqlik  kerakli  tarkibga  erishgandagina  jarayon 

to‘xtatiladi,  qoldiq  tushiriladi  va  sikl  qaytadan  boshlanadi.  Qoldiqning 

tegishli  tarkibiga  ega  boMishini  uning  qaynash  haroratiga  qarab 

aniqlanadi.

Uzluksiz 

ishlaydigan 

rektifikatsion 

qurilm alar. 

Bunday 


qurilmalar sanoatda  keng  ishlatiladi.  Uzluksiz  ishlaydigan  rektifikatsion 

qurilmaning  prinsipial  sxemasi  13.7-rasmda  ko‘rsatilgan.  Qurilmaning 

asosiy  qismi  rektifikatsion  kolonnadir.  Kolonna  silindrsimon  shaklda 

boMib,  uning 

ichiga  tarelkalar  yoki  nasadkalar  joylashtirilgan 

boMadi.


1-isitkich; 2-rektifikatsion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich;

5-sovitkich; 6—distillyat uchun yig‘gich; 7-qaynatgich; 8-qoldiq 

mahsulot uchun yig‘gich.

Dastlabki  aralashma  odatda  isitkichda  qaynash  haroratigacha 

isitiladi,  so‘ngra  kolonnaning  ta’minlovchi  tarelkasiga  beriladi.


Ta’minlovchi  tarelka  kolonnani  ikki  qismga  (yuqorigi  va  pastki 

kolonnaga)  boMadi.  Yuqorigi  kolonnada  bug‘ning  tarkibi  yengil 

uchuvchan  komponent  bilan to‘yinib  boradi,  natijada tarkibi  toza yengil 

uchuvchan  komponentga  yaqin  boMgan  bugMar  deflegmatorga  beriladi. 

Pastki  kolonnadagi  suyuqlik  tarkibidan  maksimal  miqdorda  yengil 

uchuvchan  komponentni  ajratib  olish  kerak,  bunda  qaynatgichga 

kirayotgan  suyuqlikning  tarkibi  asosan  toza  holdagi  qiyin  uchuvchan 

komponentga yaqin boMishi kerak.

Shunday  qilib,  kolonnaning  yuqorigi  qismi  bug1  tarkibini 

oshiruvchi  qism  yoki  yuqorigi  kolonna  deb  ataladi.  Kolonnaning  pastki 

qismi  esa  suyuqlikdan  yengil  uchuvchan  komponentni  maksimal 

darajada ajratuvchi qism yoki pastki  kolonna deb ataladi.

Kolonnaning  pastidan  yuqoriga  qarab  bugMar  harakat  qiladi,  bu 

bugMar kolonnaning pastki  qismiga qaynatgich  orqali  o‘tadi. Qaynatgich 

odatda  kolonnaning  tashqarisida  yoki  uning  pastki  qismida joylashgan 

boMadi.  Bu  issiqlik  almashgich  yordamida  bug‘ning yuqoriga yo‘nalgan 

oqimi  hosil  qilinadi.  Kolonnaning  tepasidan  pastga  qarab  suyuqlik 

harakat  qiladi.  BugMar  deflegmatorda  kondensatsiyaga  uchraydi. 

Deflegmator  sovuq  suv  bilan  sovitiladi.  Hosil  boMgan  suyuqlik 

ajratkichda  ikki  qismga  ajratiladi.  Birinchi  qism  -   flegma  kolonnaning 

yuqorigi  tarelkasiga  beriladi.  Shunday  qilib,  kolonnada  suyuq  fazaning 

pastga  yo‘nalgan  oqimi  yuzaga  keladi.  Ikkinchi  qism  -   distillyat 

sovitilgandan so‘ng yig‘gichga yuboriladi.

Deflegmatorda  bugMar  toMa  yoki  qisman  kondensatsiyaga 

uchraydi.  Birinchi  holda  kondensat  ikkiga  boMinadi.  Birinchi  qism  -  

flegma  kolonnaga  qaytariladi,  ikkinchi  qism  esa  distillyat  (rektiflkat 

yoki yuqorigi  mahsulot) sovitkichda sovitilgandan so‘ng yigMsh  idishiga 

yuboriladi. 

Ikkinchi 

holda 


esa 

deflegmatorda 

kondensatsiyaga 

uchramagan  bugMar  sovitkichda  kondensatsiyalanadi  va  sovitiladi;  bu 

holda  ushbu  issiqlik almashgich  distillyat  uchun  kondensator -  sovitkich 

vazifasini bajaradi.

Kolonnaning  pastki  qismidan  chiqayotgan  qoldiq  ham  ikki  qismga 

boMinadi.  Birinchi  qism  qaynatkichga  yuboriladi,  ikkinchi  qism  (pastki 

mahsulot) esa sovitkichda sovitilgandan so‘ng yigMsh  idishiga tushadi.

Rektifikatsion  qurilmalar  odatda  nazorat-oMchash  va  boshqaruvchi 

asbob-uskunalar  bilan  jihozlangan  boMadi. 

Bu  asbob-uskunalar 

yordamida  qurilmaning  ishini  avtomatik  ravishda  boshqarish  va 

jarayonni  maqbul rejimlarda olib borish  imkoni paydo boMadi.



Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling