Zokirjonov Shuhratbek 611-19 guruh talabasi 6-Amaliy mashg’ulot Mavzu: ot samaradorligi monitoring


Sozlamalarning muvofiqligini tekshirish va sozlash


Download 1.43 Mb.
bet7/9
Sana04.05.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1425823
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-10 Amaliy Operatsion tizimlar

Sozlamalarning muvofiqligini tekshirish va sozlash
Windows 10 sozlamalarida eskirgan dasturlarni ham faollashtirish imkonini beradigan muvofiqlashtiruvchi jihat bor. Uni yoqish uchun dastur yoki ilova yoki faylning .exe yorlig‘iga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Muvofiq kelmaslik bilan bog‘liq nosozlikni tuzatish” buyrug‘ini bosing. Yoki Windows 10 “Pusk” menyusidagi dastur yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Faylli papkani ochish” buyrug‘ini tanlang. Bu yerda ochilgan yorliq ustiga sichqonchani keltirib, “Xususiyatlari“ni tanlang. Ko‘rinib turgan 5 ta bo‘lim ichidan siz “Muvofiq kelishi” (Sovmestimost) bo‘limini tanlang. Bu yerda esa “Muvofiqlik bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish vositasini ishga tushirish” buyrug‘ini belgilab, buni tasdiqlang.
Boshqa qator sozalmalar orqali ham eski dasturlarni ishga tushirish mumkin. Misol uchun, juda eski o‘yinlar Windows 10 tizimida “Pasaytirilgan rangdorlik rejimi” (Rejim ponijennoy svetnosti)ni tanlaganda ham ishlab ketadi. DPI, ya’ni piksel sig‘imi juda yuqori bo‘lgan displeylarda esa “Yuqori sig‘imli ekranda tasvirni kengaytirishni o‘chirib qo‘yish” rejimi ham qurilmaga ba’zi eskirgan ilovalarni o‘qish yoki sifatli namoyish etish imkoniyatini yaratadi.
Avvalgi drayverlarni nima qilish kerak?
Windows 10 tizimi siz kompyuterda operatsion tizimni yangilaganingizga qadar unda ishlagan barcha qurilma va aksessuarlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, drayverlarga o‘zgartirish kiritish shart emas. Biror bir qurilma drayveri yangi tizimga mos kelmagan taqdirda tizim bu haqda sizni ogohlantiradi.
Kamdan-kam holda va nisbatan malakali bo‘lgan foydalanuvchilargina kompyuterdagi operatsion tizimni yangisiga almashtirgach, muayyan qurilma yoki aksessuar ishlab chiqaruvchisining saytidan drayverning yangilagan talqinini yuklab oladi.
To‘g‘ri, ba’zida nosozlik ham bo‘lishi mumkin. Ularni to‘g‘irlash uchun esa bu drayverni Internetdan qayta yuklab olish shart emas. Uni sozlash uchun qurilmalar Dispetcherini oching (buni oddiy usuli – sichqonchaning o‘ng tugmasini Pusk menyusiga bosing –> kerakli qurilma drayverini toping. Agar bu yerda qurilma drayveri sariq tusda bo‘lsa, unda bu yerda chindan ham nosozlik bor. Siz “Drayver –> Yangilash (Obnovit) –> Bu kompyuterda drayver qidiruvini amalga oshirish (Vipolnit poisk drayvera na etom kompyutere) –> O‘rnatilgan drayverlar orasidan drayver tanlash” amalini bajaring.

Tizim uni yangilashi uchun bir oz vaqt talab etiladi. Bu drayver qidir Internet tarmoqlarida sarson kezgandan ko‘ra yaxshiroq.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling