Zond qo’yish, oshqozon yuvish texnikasi stomatitlarda og‘iz shilliq par


Download 77.55 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi77.55 Kb.
#1577263
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ZOND QO’YISH, OSHQOZON YUVISH TEXNIKASI

8. Najasni gijja tuxumlarini aniqlash uchun yig‘ish

Najasni gijja tuxumlarini aniqlash uchun yig‘ishda bolaning ichi toza tuvakka bo‘shatilgach, uning kamida 5-6 joyidan najas yuqoridagi kabi olinadi va zudlik bilan (najas issiqligini yo‘qotib qurib qolmagunicha) laboratoriyaga yo‘llanma bilan jo‘natiladi. Gijja tuxumlarining tezda yemirilib ketishini hisobga olib ushbu najas imkon qadar tekshiriladigan joyda olingani ma’qul.



9. Qorin dam bo‘lgan (meteorizm) da yordam ko‘rsatish

Ko‘pchilik kasalliklarda (ayniqsa, zotiljamda – chaqaloq bolalarda, hazm a’zolarikasalliklarida, o‘tkir intoksikatsiyalarda katta yoshdagi bolalarda) bolalarning qorni dam bo‘lishi uning ahvolini keskin og‘irlashtirib qo‘yadi. Shuning uchun, tibbiyot hamshirasi kasal bolaning ichaklari funksiyasini diqqat bilan kuzatib borishi, meteorizm rivojlanishini o‘z vaqtida oldini olishi, qorni dam bo‘lib qolganda esa tezroq gazlarni yurishtirib


chiqarib yuborishga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Buning uchun tozalovchi huqna qilish va eng avvalo, gaz chiqaruvchi naycha qo‘yish, qornini uqalash yoki issiq grelka qo‘yish lozim. Bajarish tartibi:
1. Tayyorlab qo‘yiladi: steril gaz chiqaruv nayi, suvqog‘oz, tuvak, to‘siq, vazelin, salfetka.
2. Zaruriyat bo‘lsa to‘siq o‘rnatiladi.
3. Bola choyshab va suvqog‘oz solingan kushetkaga chap yonboshiga yotqiziladi, bunda uning oyoqlari tizzada bukilib, qoringa keltirilgan bo‘lishi kerak.
4. Bola oyoqlari oldiga suv qo‘yilgan tuvak qo‘yiladi. 5. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
6. Qo‘lqoplar kiyiladi.
7. Steril gaz chiqaruvchi naychaga vazelin surtiladi.
8. Dumbalarni chap qo‘l barmoqlari bilan ochib, o‘ng qo‘l bilan aylana harakatlar yordamida gaz chiqaruvchi nay to‘g‘ri ichakka kiritiladi, avval kindik yo‘nalishida 3-4 sm, keyin umurtqa pog‘onasiga parallel 20-30 sm.
9. Nay ichakda gazlar to‘liq chiqib ketguncha qoldiriladi, lekin 1 soatdan ko‘p emas.
10. Asta-sekinlik bilan nay tortib olinadi, orqa peshob atrofi artiladi va vazelin surtiladi.
11. Qo‘lqoplar yechiladi va ularga ishlov beriladi. 12. Anjomlarga ishlov beriladi.


Download 77.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling