Zond qo’yish, oshqozon yuvish texnikasi stomatitlarda og‘iz shilliq par


Izoh: Shifokor ko‘rsatmasi bilan yuvindi suvlar labora-toriyaga yuboriladi, qolganlari tegishli talablarga binoan ishlov beriladi. 6. Na


Download 77.55 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi77.55 Kb.
#1577263
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ZOND QO’YISH, OSHQOZON YUVISH TEXNIKASI

Izoh: Shifokor ko‘rsatmasi bilan yuvindi suvlar labora-toriyaga yuboriladi, qolganlari tegishli talablarga binoan ishlov beriladi.

6. Najasni umumiy tahlilga yig‘ish

1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.


2. Quyidagilar tayyorlanadi: keng og‘izli shisha idish, suyuq najas massalari uchun qoshiq yoki shpatel, tuvak va yo‘llanma. 3. Bolaga yoki uning onasiga muolaja maqsadi va tartibi
tushuntiriladi.
4. Rezina qo‘lqoplar kiyiladi, bola yuvintiriladi, qovug‘ini bo‘shatish taklif qilinadi, tuvak chetga olib qo‘yiladi.
5. Bolaga toza tuvak beriladi va unga najasni yig‘ish buyuriladi.
6. Najas massalarining tashqi ko‘rinishi ko‘zdan kechiriladi. 7. Bir necha joydan shpatel yoki qoshiq bilan 30-40 g
miqdorda najas olinadi.
8. Qo‘lqoplar yechiladi.
9. Shisha idishga yo‘llanma biriktiriladi.
10. Shisha idish klinik laboratoriyaga yuboriladi.
11. Natijasi o‘sha kuni yoki ertasiga ertalab olib kelinadi. 12. Tekshiruv natijasi kasallik tarixiga yopishtirib qo‘yiladi.

7. Yashirin qonni aniqlash uchun najas yig‘ish (Gregersen reaksiyasi uchun)

Bola 3 kun davomida tayyorlanadi. Quyidagilar istisno qilinadi:



  1. Ovqat moddalaridan tarkibida temir, go‘sht, baliq, jigar, ikra bo‘lgan taomlar, anor, bo‘tqalar, ko‘k sabzavotlar;

b) Tarkibida temir moddasi bo‘lgan dori-darmonlar;
d) Bolaga tish yuvish taqiqlanadi, og‘izni 2% li natriy bikarbonat eritmasi bilan chayish tavsiya qilinadi.
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Quyidagilar tayyorlanadi: keng og‘izli shisha idish, suyuq najas massalari uchun qoshiq yoki shpatel, tuvak va yo‘llanma. 3. Rezina qo‘lqoplar kiyiladi, bola yuvintiriladi, qovuqni
bo‘shatish taklif qilinadi, tuvak chetga olib qo‘yiladi.
4. Najas tuvakka yig‘iladi, yangi qon aralashmasi bor-yo‘qligini aniqlash uchun najas ko‘zdan kechiriladi. Yashirin qon aralashmasi aniqlangan holda - zudlik bilan shifokorga xabar beriladi.
5. Agar qon aralashmasi aniqlanmasa, najas aralashtiriladi. 6. Hosil bo‘lgan massadan 30-40 g olib, tayyorlangan shisha
idishga solinadi.
7. Qo‘lqoplar yechiladi.
8. Idishga yo‘llanma biriktiriladi.
9. Material bioximik laboratoriyaga olib boriladi.
10. Natijasi o‘sha kuni yoki ertasiga ertalab olib kelinadi. 11. Tekshiruv natijasi kasallik tarixiga yopishtirib qo‘yiladi.


Download 77.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling