Zoogigiyena
Download 106.78 Kb.
|
Зоогигиена
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZOOGIGIYENA”
- TOSHKENT - 2022 Ushbu o‘quv amaliyoti dasturi o‘quv va ishchi o‘quv rejalariga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchilar
- Taqrizchilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
“ZOOGIGIYENA” FANIDAN O‘QUV AMALIYOTI DASTURI
Kurs-2 Semestr-IV Amaliyot soati: 30 soat TOSHKENT - 2022 Ushbu o‘quv amaliyoti dasturi o‘quv va ishchi o‘quv rejalariga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchilar: A.I.Amirov - ToshDAU “Umumiy zootexniya va veterinariya” kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.R.Xolov. - ToshDAU “Umumiy zootexniya va veterinariya” kafedrasi assistenti U.T.Maxsudov - ToshDAU “Umumiy zootexniya va veterinariya” kafedrasi assistenti Taqrizchilar: 1.G’. А. Mengliev - SamVMI Toshkent filiali, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali dotsenti, veterinariya fanlari nomzodi (turdosh OTM). 2. V. M. Do`stqulov - SamDVMChB unversiteti Veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigienasi kafedrasi assistenti,v.f.n. (turdosh OTM). O‘quv amaliyoti dasturi 2022 yil “___” avgustdagi “___” -sonli kafedra majlisida ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi. Mazkur dastur “Zooinjeneriya” fakulteti o‘quv-uslubiy kengashining 2022 yil ____ dagi – sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustdagi to‘qqizinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini keng ko‘lamda islox qilishning ibtidosi bo‘ladi. Kadrlar tayyorlash tizimining isloxini muvaffoqiyatli amalga oshirish eng avvalo oliy ta’limning barqaror va aniq maqsadli rivojlanishini ta’minlovchi, islohatlarni amalga oshirishning muayyan yo‘l yo‘riqlarini qamrab olgan me’yoriy hujjatlarni ya’ni amaliyot dasturlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki veterinariyaning rivojlanishi barcha shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat, kooperativ-shirkat, fermer yoki yakka tartibdagi xo‘jaliklarni bir me’yorda rivojlantirish uchun ularga malakali kadrlar etkazib berilishi kerak. Bo‘lg‘usi mutaxassislar chuqur nazariy bilimga ega bo‘lishlari bilan bir qatorda, yuqori amaliy malakaga ham ega bo‘lishlari kerak. Buning uchun nazariy bilimlarni ishlab chiqarish jarayonida o‘quv, ishlab chiqarish va texnologik amaliyotlarida mustahkamlash talab etiladi. Shu maqsadda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida malakaviy amaliyotni tashkil etish va uni sifatli darajada o‘tkazish uchun tuzilgan amaliyot dasturi bo‘lg‘usi mutaxassislar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Download 106.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling