Zoologiya darsligi asosida mavzulashtirilgan testlar to’plami
-6-7 sinf botanika va zoologiya fanidan qo’shimcha nazorat testi 2-D variant
Download 212.99 Kb.
|
Zoologiya-2017
5-6-7 sinf botanika va zoologiya fanidan qo’shimcha nazorat testi 2-D variant
1. Quyida keltirilgan malumotlardan qaysi biri ildam kaltakesakka xos emas? A.yuragi baqaniki singari ikkita bo’lma va bitta qorinchadan iborat B.ko’krak umurtqalarining har biriga ikki yon tomonidan bittadan qovurg’alar tutashgan C.tashqi qulog’I quloq suprasi va tashqi eshituv yo’lidan iborat D.muguz tangachalar barmoqlari uchida o’tkir muguz tirnoqlarni hosil qiladi 2. Shivit qaysi qaysi sinf, oila va bo’limga mansub? A.ikkiurug’pallalilar, murakkabguldoshlar, magnoliyatoifa B.magnoliyasimonlar, ziradoshlar, gulli o’simliklar C.magnoliyasimonlar, qovoqdoshlar, magnoliyatoifa D.magnoliyatoifa, dukkakdoshlar, gulli o’simliklar. 3. Tamakiga xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang. 1-changchilari gultojbarglarning qo’shilishidan hosil bo’lgan naycha ichida joylashgan; 2-changchilar changchi iplari bilan qo’shilib ko’sak hosil qiladi; 3-barglari oddiy; 4-yog’ olinadi; 5-barglari murakkab; 6-bargidan hashaorlarni nobud qiluvchi preparat tayyorlanadi; 7-dukkaklilar oilasiga kiradi; 8-ituzumdoshlar oilasiga kiradi; 9-gulhayridoshlar oilasiga kiradi; A)1.3.6.8 B)1,5,8 C)2,5,6,9 D)2,3,6,7 4. Yonbargchaga ega o’simlikni aniqlang. A)cho’g’on, cherkez, tok B)izen, beda, loviya C)teresken, olcha, turp D)yapon saforasi, partenosissus 5. Voyaga yetganda odamda (a), voyaga yetguncha odamda (b) yashovchi hayvonlarni aniqlang. A)a – jigar qurti; b – qoramol tasmasimon chuvalchangi B)a – qoramol tasmasimon chuvalchangi; b – jigar qurti C)a – qoramol tasmasimon chuvalcahngi; b – exinokokk D)a – jigar qurti; b – cho’chqa tasmasimon chuvalchangi 6.Mog’or zamburug’i jinssiz ko’payganda mitseliydan (a) va jinsiy ko’payganda zigotadan(b) nima hosil bo’ladi? A.a-spora; b-gameta; B.a-sporangiy; b-sporangiy C.a-spora; b-mitseliy D.a-vegetativ tana; b-sporangiy 7.Lolasimon(1), qarag’aytoifa(2), ituzum(3) va murakkabguldosh(4) sistematik birliklariga mansub o’simliklarni aniqlang. A.1-piyozli arpa; 2-sekvoyadendron; 3-kartoshka; 4-kakra B.1-bo’yimadoron; 2-virgin; 3-bo’ritaroq; 4-karrak C.1-o’lg’i; 2-lipa; 3-kartoshka; 4-andiz D.1-oq shuvoq; 2-sharq sauri; 3-baqlajon; 4-bo’znoch 8.Soxta kashtanga tegishli ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. 1)barglari murakkab panjasimon; 2)kurtaklari nisbatan mayda; 3)lub tolalari rivojlanmagan; 4)barglari murakkab aptsimon; 5)ildizpoyali o’simlik; 6)kurtaklari nisbatan yirik; 7)hayotiy shakli daraxt; A.1,6,7 B.3,4,5 C.3,4,6 D.2,5,7 9. Terakning orasi teshikli to’siqlar bilan bo’lingan h-ralardan iborat naychalariga xos xususiyatlar. 1)o’tkazuvchi to’qimaga mansub; 2)tirik h-ra; 3)cho’ziq; 4)o’lik h-ra; 5)barglarda hosil bo’lgan organik modda harakatlanadi; 6)yumaloq h-ra; 7)mexanik to’qimaga mansub; 8)h-ra qobig’iga suberin modda shimdirilgan; 9)suv va unda erigan mineral moddalarni o’tkazadi; 10)yupqa devorli o’lik parenxima h-ralaridan iborat; 11)lub tolalari orasida joylashgan; A.1,2,4,8,9 B.2,3,11 C.4,5,6 D.3,5,7,10,11 10.Magnoliya o’simligiga xos belgilar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. 1)ikki urug’pallali; 2)bir urug’pallali; 3)eng sodda gulli; 4)manzarali daraxt; 5)manzarali buta; 6)guli ko’rimsiz; 7)guli va bargi jozibador; 8)shox-shabbasi jozibador; A.2,4,6,8 B.1,5,6,8 C.1,3,4,7 D.2,3,5,7 11.Katta sadafdorga xos bo’lmagan xususiyatlani aniqlag. 1)plankton organizm; 2)floraning tarkibiy qismi hisoblanadi; 3)ochiq qon aylanish sistemasiga ega; 4)traxeya orqali nafas oladi; 5)nerv sistemasi halqum usti, halqum osti va qorin nerv zanjiridan iborat; 6)yashil bezlar orqali zararli mahsulotlarni chiqarib yuboradi; 7)malpigi naychalari ichakka ochiladi; 8)tullab voyaga yetadi; A.1,2,6 B.3,4,5,7 C.1,3,8 D.1,4,5,8 12.Noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. 1)daryo qisqichbaqasi va butli o’rgimchak bo’g’imoyoqlilar tipi vakili; 2)daryo qisqichbaqasining yuragiga arteriya qoni, butli o’rgimchakning yuragida venoz qoni bo’ladi; 3)daryo qisqichbaqasining ko’zlari oddiy, butli o’rgimchakning ko’zlari murakkab; 4)qisqichbaqasimonlar va o’rgimchaksimonlar trilobitlardan kelib chiqqan; 5)qisqichbaqasimonlardan hasharotlar kelib chiqqan; 6)daryo qisqichbaqasi va butli o’rgimchakning yuragi boshko’krak bo’limida joylashgan; A.2,4,6 B.2,3,6 C.1,4,5 D.1,2,5 13.Qaysi javobda keltirilgan o’simliklarning gultojbarglari erkin bo’ladi? A.baqlajon, tarvuz, itqovun, ituzum, maxsar, tirnoqgul B.sholg’om, kashnich, petrushka, kanop, bo’ritaroq, turp C.bo’ritaroq, bangidevona, oqquray, kanop, kartoshka, shivit D.karam, rediska, mingdevona, petrushka, karrak, g’o’za 14.Jinssiy ko’payish bilan bog’liq jarayonlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1)ulotriksning zoospora hosil qilishi; 2)dala qirqbo’g’imida murtakning hosil bo’lishi; 3)oq po’panak mitseliysidan sporangiy hosil bo’lishi; 5)judning qanotchali meva hosil qilishi; 6)suv qirqqulog’ining sporali mevasida har xil spora hosil yetilishi; 7)elodiyaning novdasidan ko’payishi; 8)qo’ng’irboshning endosperm hosil qilishi A.2,4,5,8 B.3,4,7,8 C.1,3,4,6 D.1,2,6,7 15.Meksika g’o’zasiga xos bo’lmagan xususiyatlar ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1)urug’ida urug’pallalari qat-qat bo’lib joylashgan; 2)urug’ining yog’ochsimon qobig’i bir hujayradan tashkil topgan tuklar bilan qoplangan; 3)kuzda mevasining asosiy qismi pishib, poyasining uchki qismidagi gullari ochilib turadi; 4)mevasi ikkita mevabargning qo’shilishidan hosil bo’lgan; 5)gulxayri turkumi vakili; 6)magnoliya toifa bo’limidan; A.4,5 B.3,6 C.1,3,5 D.2,4,6 16.Yerbag’ir tugmachagul (a) va qora ituzum(b) uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating. 1)murtagi boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakchadan iborat; 2)ekinzorlar orasida uchraydigan begona o’t; 3)barg yaprog’i yumaloq shaklda, cheti 5-7ga bo’lingan; 4)mevasi ho’l meva; 5)gultojbarglari soni 5 ta; 6)bitta urug’chiga ega; 7)mevasi quruq meva; 8)bir yillik o’t; 9)gulqo’rg’oni oddiy kosachasimon; A.a-2,9; b-2,8 B.a-1,4; b-3,6 C.a-3,7; b-4,6 D.a-5,9; b-3,7 17. Mantaning muvozanati (a) va suvda yuqoriga, pastga va muallaq harakatlari (b) ni qaysi a’zolari ta’minlaydi? A)a-juft suzgichlar; b-dumi B)a-qorin suzgichlar; b-suzgich pufagi C)a-ko`krak suzgichlar; b-suzgich pufagi D) t.j.y. 18.Zamburuglarning mitselliysi(a) va mevatanasi(b) ga xos bo`lgan xususiyatlar.1)bir yillik; 2)ko`p yillik; 3) gifalardan tashkil topgan; 4)oyoqcha va qalpoqchadan iborat; 5)spora hosil qiluvchi organ; 6)yozda oziq modda to`playdigan organ; 7)mog`or zamburug`i jinssiz ko`payishida sporadan hosil bo`ladi; 8)mog`or zamburug`ining jinsiy ko`payishida zigotadan h/bo`ladi; 9)vilt b-n kasallangan o`simlik poyasining floema qavatida bo`ladi; 10) qo`ziqorinda ichi bo`sh bo`ladi; A) a-1,3,5,7,9; b-2,4,6,8,10 B)a-2,3,6,7; b-1,4,5,8,10 C) a-1,3,6,8,9; b-2,4,5,7,10 D) a-2,3,6,7,9; b-1,4,5,8,10 19.Changchili va urug`chili gullari alohida-alohida tupda joylashgan (a) va changchili va urug`chili gullari alohida-alohida bitta tupda joylashgan (b) o`simliklarni belgilang.1) makkajo`xori; 2) gazanda; 3) terak; 4) archa; 5) qarag`ay; 6) funariya; A) a-2,3,4; b-1,5,6 B) a-1,5,6; b-2,3,4 C) a-2,3; b-1 D) a-2,4,6; b-1,3,5 20.Eshitish suyakchalari dastlab paydo bo`lgan organizmlarga xos bo`lmagan xususiyatlarni belgilang. 1)3 kamerali yurak dastlab paydo bo`lgan; 2)miyachasi kuchli rivojlangan; 3)naysimon suyaklarining ichi havo bilan to`lgan; 4)ko`krak umurtqalari, to`sh va qovurg`alar ko`krak qafasini hosil qiladi; 5)tuxumi qalin po`choq bilan qoplangan; 6) oldingi oyog`i 4 barmoqli; 7)lichinkasi suvda rivojlanadi; 8)o`mrov suyaklarining pastki tomoni ayrini hosil qiladi; A) 2,3,5 B) 2,4,7 C) 1,6,7 D) 1,4,8 21.Quyidagi organizmlarning zahar bezlari qayerda joylashgan? 1) butli o`rgimchak; 2) chayon; 3) falanga; 4) tikandum; 5)qurbaqa; 6)sariq ilon; 7)qalqontumshuq; a) dumining asosida; b) ustki jag`i ostida; c) qornining oxirgi bo`g`imida; d) ustki jag`idan orqaroqda; e) terisida; f) ustki jag`i asosida; A) 1-b; 2-c; 4-a; 6,7-d B) 1-d; 2-a; 4-c; 7-b C) 1-f; 2-c; 4-a; 7-b D) 1-f; 2-c; 4-a; 5-e; 7-d 22.Daryo qisqichbaqasi ko`r bo`lib qolsa (a), hidni sezmay qolsa (b) va muvozanatni saqlolmasa (c) nerv sistemasining qaysi qismida buzilish sodir bo`lgan bo`ladi?1) kalta mo`ylovlari asosidagi organlar; 2) halqumusti nerv tuguni; 3) halqumosti nerv tuguni; 4) qorin nerv zanjiri; A) a-3; b-3; c-1 B) a-2; b-2; c-1 C) a-2; b-2; c-4 D) a-3; b-3; c-4 23.“Ingichka uzun” ushbu jumla bilan bog`liq hayvon qismlarini aniqlang.1)butli o`rgimchak yurish oyoqlari; 2) yomg`ir chuvalchangi tukchalari; 3)yomg`ir chuvalchangi ayirish naychasi; 4)suluv ninachi qorin bo`limi; 5)suluv ninachi malpigi naychalari; 6)kuya og`iz apparati; 7)chizildoq oldingi qanotlari; 8)juzg`un ildizi; 9)yirik vegetativ hujayraning h/qilgan nayi; 10)terirchak ust qanotlari; A) 2,4,6,8 B) 4,5,7,9 C) 1,3,6,7 D) 3,4,5,8 24.Yomg`ir chuvalchangining tanasi 40 ta halqadan iborat bo`lsa, tanasidagi barcha o`simtalar sonini aniqlang. A)80 B)160 C)320 D)40 25. Zog`ora baliq uchramaydigan muhitda qaysi umurtqali (a) va umurtqasiz (b) hayvon (lar) uchraydi?1) halqali ninachi; 2)moviy ninachi; 3)suluv ninachi; 4)qora baliq; 5)oq baliq; A) a-4; b-3 B) a-5; b-2 C) a-4; b-1 D) a-4; b-2 26. Trixogramma qaysi turkumga mansub?A)hasharotlar B)pardaqanotlilar C)bo`g`imoyoqlilar D)yaydoqchilar 27. Gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilgan, mevasi suv o`tkazmaydigan qobiqqa ega bo`lgan o`simlikka xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang.1) o`raluvchi poyaga ega; 2) gullari qiyshiq; 3) dorivor; 4) to`pbarglari qor tagida qishlab, bahorda yana o`sishda davom etaveradi; 5) iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etaveradi; 6) ipsimon poyaga ega; A) 2,3 B) 4 C) 1,5,6 D) 1,2,5 28.Panjasimon(a), uch yaproqchali(b), toq patsimon(c), juft patsimon(d), ikki karra patsimon(e) murakkab bargga ega bo’lgan o’simliklarni belgi. 1)soxta kashtan; 2)yeryong’oq; 3)mosh; 4)yong’oq; 5)na’matak; 6)shoyi akaktsiya; 7)burchoq; A.a-1; b-7; c-4; d-3; e-5 B.a-5; b-4; c-3; d-2; e-6 C.a-1; b-3; c-5; d-2; e-6 D.a-3; b-1; c-5; d-6; e-2 29.Zararkunanda hasharotlarni qirib foyda keltiradi; 2)o’rmon va qishloq xo’jaligi zararkunandalarini qirib foyda keltiradi; 3)zararkunanda va qon so’ruvchi hasharotlarni qirib foyda keltiradi; 4)o’simlikka zarar yetkazadigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi; 5)zararkunanda hasharotlarning suvdagi lichinkasi va suv bo’yidagi hasharotlarni qirib foyda keltiradi; 6)zararkunanda, kasallik tug’diruvchi hasharotlar va kemiruvchilarni qirib, tabiatda ular sonini cheklab turadi, bu xususiyatlar qaysi hayvonlarga xos? a-baqalar; b-qurbaqalar; c-qushlar; d-ninachi va ko’rshapalaklar; e-qushlar, ko’rshapalak, baqalar; g-chayonlar, falangalar; A.1-g;2-e;3-d;4-b;5-a;6-c B.1-g;2-e;3-g;4-b;5-c;6-d C.1-g;2-c;3-d;4-a;5-b;6-c D.1-a;2-c;3-g;4-c;5-c;6-b 30.Izen va andiz o’simliklari uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarni aniqlang. 1)gulqo’rg’oni oddiy; 2)gultojbarglari qo’shilgan; 3)poyasining yuqori qismini qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simlik; 4)yer ustki qismi qishda qurib o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simlik; 5)magnoliya toifa bo’limiga mansub; 6)poyasi kambiyli yog’onlasha oladi; A.2,5 B.1,3 C.2,4 D.5,6 31. Spiralsimon meva qaysi o’simlikka xos? A) zirako’t B) bangidevona C) burchoq D) beda 32. Bitta turkumga kiradigan hayvonlarni aniqlang. 1-biy va falanga; 2-nereida va bo’ka; 3-dengiz tulkisi va manta; 4-sterlyad va oq amur; 5-sariq ilon va ko’lvor ilon; 6-miqqiy va burgut 7-begemot va nosorog; 8-butli o’rgimchak va biy; A)3.5.6.8 B)1.2.4.5 C)1.3.4.8 D)2.5.6.7 33. Qaysi sistematik birlik bakra va karpsimonlarrni birlashtiradi? A)sinf B)tip C)turkum D)tur 34. Tridakna laminariyadan qanday farq qiladi?1-organik moddadan hosil bo’lgan energiyadan foydalanadi 2-ko’p hujayrali organism 3-oziqni suvni filtrlash yo’li bilan oladi 4-noarganik moddadan organic modda hosil qiladi 5-quyosh energiyasidan foydalanadi A)1.3 B)2.4 C)1.3.4 D)2.4.5 35. Qaysi organism geterotrof hisoblanmaydi 1-aureliya 2-laminariya 3-molodilo 4-inkarziya 5-spirogira 6-qizilquyruq A)1.4.6 B)2.3.5 C)1.3.5 D)2.4.6 36.Tangao’tning donasho’rdan farqli jihatini ko;rsating. 1)barglari oddiy, yonbargsiz; 2)gulqo’rg’oni oddiy, kosachasimon; 3)ildiz tizimi o’q ildizli; 4)ildiz tizimi popuk ildizli; 5)barglari yonbargchali; 6)gulqo’rg’oni murakkab; 7)changchilari 10ta; A.1,4,7 B.2,6,7 C.1,2,3 D.5,6,7 Download 212.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling