Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik xilma-xilgi va zoogeografiyasi
O’zbekistonda qizil kitobga kirgan hayvonlar tarqalishi
Download 1.07 Mb.
|
RAHIMQULOVA MOHLAROIM bio 203 Zoologiya kurs ishi. 19,06 1
2.4.O’zbekistonda qizil kitobga kirgan hayvonlar tarqalishi.
Oʻzbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil boʻlib, Oʻrta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxoʻrlar (6 tur), koʻlqanotlilar (19 tur), tovuqsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur) va juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echki, ayiq, qoplon, quroquloq, silovsin, ilvirs, sirtlon, qunduz, manul, jayran, alqor, qushoyoq, koʻk sugʻur, olakoʻzan, ustyurt qoʻyi, buxoro qoʻyi, shomshapalak, tunshapalak Oʻzbekiston Respublikasi „Qizil kitobi“ga kiritilgan (2003). O’zbekistonda umurtqali hayvonlar ekologiyasini o’rganishda M.N.Bogdanovning xizmatlari kattadir. U 1873 yilda O’zbekistonning Shimoliy hududlarida Ustyurt platosida tarqalgan hayvonlarni, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimi sohillarida yashovchi umurtqali hayvonlar faunasi, tarqalishi va ekologik xususiyatlarini o’rganadi. Qizilqum hayvonlarini tadqiq qilganda, undagi sudralib yuruvchilarning ko’pligini ko’rib, “Qizilqum kaltakesaklar davlati ekan” deb aytadi. M.N.Bogdanov birinchilar qatorida cho’l faunasining tavsifini yozib, hayvonlarning cho’l sharoitida ekologik maskanlar bo’yicha tarqalishini asoslab beradi. U Qizilqum cho’lida yashovchi 96 tur qushlarni va 25 tur sudralib yuruvchilarni aniqlab, ekologik tavsifini yozib qoldiradi. Oʻzbekiston qushlarning 24 turkumga mansub 410 ga yaqin turi bor, ulardan 184 turi chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Qushlarning 24 turi, jumladan, birqozon, jingalakdor birqozon, oq laylak, qora laylak, qizil gʻoz, vishildoq, oqqush, kichik oqqush, marmar oʻrdak, oqbosh oʻrdak, suvqiygʻir, qirgʻiy burgut, choʻl burgut, choʻl burguti, bolyatur, qumoy, ilonxoʻr burgut, mallabosh lochin, itogʻli, oq turna, oddiy tuvaloq, bizgʻaldoq, yoʻrgʻa tuvaloq, qorabovur, torgʻoq, osiyo loyxoʻragi, qum chumchuq va boshqalar „Qizil kitobi“ga kiritilgan. Sudralib yuruvchilarning 58 turi mavjud, jumladan toshbaqalarning 1 turi (choʻl toshbaqasi) maʼlum. Tangachilar turkumining 58 (kaltakesaklar-38, ilonlar-20) turi uchraydi. Ilonlarning 5 turi: kapcha ilon, qalqontumshuq ilon, qoʻlborilon, charx ilon, choʻl qora iloni zaxarli hisoblanadi. Sudralib yuruvchilarning 16 turi, jumladan, xentogʻ qurbaqaboshi, echkemar, chipor kaltakesak, qoʻlborilon Respublika „Qizil kitobi“ga kiritilgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 3 turi: yashil qurbaqa (turon qurbaqasi va osiyo togʻlari qurbaqasi kenja turlari), koʻl baqasi va danatin qurbaqa uchraydi. Mamlakat suv havzalarida baliqlarning 106 turi tarqalgan. Ular 2 katta guruhga boʻlinadi. Birinchi guruxga daryo va soylarida qadimdan yashab kelayotgan mahalliy baliqlar (amudaryo guldor baligʻi, shirmohi, turkiston moʻylovdori, zogʻora baliq, laqqa va boshqalar), ikkinchi guruhga esa, asosan, suv omborlarda iqlimlashtirilgan baliqlar (issiqkoʻl guldor baligʻi, pelyad, oq amur, orol moybaligʻi, sharq oqchasi, kumush tovon baliq, oddiy doʻngpeshona, oq sla, ilonbosh va boshqalar) kiradi. Baliqlarning 18 turi, jumladan, orol moʻylov baligʻi, orol baqrasi, amudaryo qil quygʻuri, (katta kurak burun), amudaryo tosh baqrasi (kichik kurak burun), filburun (sirdaryo kurak buruni) va boshqalar „Qizil kitobi“ga kiritilgan Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling