Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik xilma-xilgi va zoogeografiyasi


Download 1.07 Mb.
bet7/8
Sana22.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1650348
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RAHIMQULOVA MOHLAROIM bio 203 Zoologiya kurs ishi. 19,06 1

Glossariy
Avtotrof - organizmlarning fotosintez yoki xemosintez yo‘llari bilan xavo va tuproqdagi anorganik moddalardan foydalanib oziqlanishi.
Areal – hayvonlarning tarqalish territoriyalari(yakka, tutash, bir-biriga ustmaust tushadigan areallar farq qilinadi.
Biogeotsenoz - Yer yuzasi ma’lum xududidagi bir xil tabiat elementlarining yig‘indisi; muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar, hayvonlar va zamburug‘lar hamda ayrim sodda xayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi.
Biosfera - hozirgi davrda yashab, faollik ko‘rsatib turgan organizmlar tarqalgan qobiq.
Biotik aloqalar - biotsenozdagi organizmlarning turli shakllardagi o‘zaro munosabatlari.
Geterotrof - tayyor organik moddalar hisobiga xayot kechiruvchi organizmlar, ularga barcha hayvonlar, tekinxo‘r o‘simlik turlari, zamburug‘lar hamda ko‘pchilik mikroorganizmlar kiradi.
Gelmintologiya – parazit chuvalchanglarni o‘rganadi.
Gomoyoterm - tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda tana xarorati doimiy bo‘lgan (issik qonli) hayvonlar.
Zoogeografiya – hayvonlarning quruqlik va suvda tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni tekshiradi.
Etologiya – hayvonlarning xulq-atvorini solishtirib o‘rganadi.
Populyatsiya - bir turga mansub bo‘lgan individlar yig‘indisi hisoblanib, umumiy genofondga ega, muayyan sharoitda va maydonda tarqalgan bo‘ladi.
Sistematika – turlarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi ierarxiya (tobelik) munosabatlarini o‘rganadi.
Trofik aloqa - bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishidagi munosabat.
Fauna – hayvonlar majmuasi(suv, quruqlik, qirg‘oq, orol faunalari farq qilinadi.
Antropagen- odam va uning xo’jalik faoliyatining o’simlik , hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’r’siri bilan bog’liq omillar guruhi.
Xulosa
Oʻzbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil boʻlib, Oʻrta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxoʻrlar (6 tur), koʻlqanotlilar (19 tur), tovuqsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur) va juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Shulardan O‘zbekistondagi eng katta to‘qaylar Sirdaryo bilan Amudaryo bo‘ylarida joylashgan. Shuni ham aytish kerakki, Sirdaryo bilan Amudaryo suvlari kamayishi bilan uning bo‘yidagi to‘qaylar ham ancha qisqarib ketgan. To‘qaylar daryo sohillarini (qirg‘oqni) yemirilishdan saqlaydi, cho‘llarning quruq havosini ma’lum darajada yumshatadi va uni kislorod bilan boyitadi. Bulardan tashqari, to‘qaylar turli mo‘ynali va boshqa foydali hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish uchun ham zarur. To‘qaylarda sutemizuvchilardan to‘ng‘iz, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, bo‘ri, chiyabo‘ri, tovushqon; qushlardan o‘rdak, g‘oz, churrak, kakku, baliqchi qush, birqozon, qirg‘ovul, qirg‘iy va boshqalar uchraydi.
Adirlarda kemiruvchilardan: sichqon, kalamush, yumronqoziq; tuyoqlilardan: oqquyruq, jayron; sudralib yuruvchilardan: ilonlarning bir qancha turlari uchraydi. Cho‘lga xos bo‘lgan ba’zi turlar (cho‘l toshbaqasi, kaltakesak, sariq ilon, malla yumronqoziq, echkemar va boshqalar) adirning quyi qismida ham yashaydi. Adirning balandlik mintaqasida qushlardan burgut, miqqiy, qirg‘iy, boltayutar, ilonburgut, ukki, boyo‘g‘li, bedana, kaklik, so‘fito‘rg‘ay uchraydi. Tog‘ o‘rmonlarida o‘rmon sichqoni, tog‘ suvsari, qunduz, o‘rmon olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, qoplon, yovvoyi qo‘y, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq kabilar uchraydi. Qushlardan burgut, yapaloqqush, tasqara, kaklik, zarg‘aldoq kabilar yashaydi.
Yaylovlarning havosi nihoyatda sovuq, doim kuchli shamol esadi. Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan qo‘ng‘ir ayiq, ilvirs, tog‘ takasi, arxar, muflon, qoplon, bo‘ri; qushlardan boltayutar, tog‘ zog‘chasi kabilar yashaydi. Qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishi, archa o‘rmonlarining kesilishi kabi antropogen ta’sirlar tog‘oldi va tog‘ hududlarida biomlarning sezilarli buzilishlariga sabab bo‘lmoqda.
Sho‘rxok cho‘llaming hayvonot dunyosi tarkibida turlar soni juda kam bo‘lib, tipik turlarga sariq yoqa, suvtorg‘oq, sho‘rxok to‘rg‘ayi, jiqtoqlar kiradi. Hayoti butunlay sho‘rxok cho‘l tipi bilan bog‘liq bo‘lgan sutemizuvchi va sudralib yuruvchi hayvon turlari deyarli yo‘q. Bahor oylarida sho‘rxoklarga suvning yig‘ilishi hisobiga hayoti suv bilan bog‘liq bo‘lgan katta qiziloyoq, jiqtoq, suvtarg‘oq kabi qush turlarining uchrashiga imkon yaratish kerak. “Qizil kitob” ga kirgan hayonlar ham yo’q emas bor, shu hayvonlarni asrashimiz kerak va ularni ko’paytish yo’llarini o’ylab topish kerak.
Bazi bir sutemizuvchilarning uy hayvonlari qoramol, qo’y, echki, it, mushuk, ot va boshqa hayvonlar odamlarning ehtiyojini qondirish uchun foydalaniladi. Bu hayvonlarsiz hayotimizni tasavvur qilib bo’lmaydi. Xulosam so’nggida shu gap bir bilan tugatmoqchiman.
BARCHAMIZ HAYVONOT OLAMINI ASRASHIMIZ KERAK!!!


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling