Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Hasharotlaming embrional rivojlanishi


Download 464.85 Kb.
bet37/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

69. Hasharotlaming embrional rivojlanishi.
Hasharotlarning embrional rivojlanishi halqali chuvalchanglarnikiga o`xshab kеtadi. Rivojlanish davrida embrion juda ko`p halqalardan iborat davrni o`tadi.
70. Yelka oyoq lilar (brachiopoda) sinfi anatomiyasi.
Yelka oyoqlilar (Brachiopoda) -umurtqasiz hayvonlar tipi, dengizlarda oʻtroq hayot kechiradi. Tanasi pushti rang ikki pallali ohak chigʻanoq bilan qoplangan. Chigʻanogʻining uz. 10 sm gacha. Chigʻanoq pallalari maxsus oʻsiklar yoki faqat muskullar yordamida tutashgan. Tanasi chigʻanoq boʻshligʻining keyingi qismida joylashgan, chigʻanoqning oldingi kengaygan qismida teri oʻsimtalari, yaʼni kipriklar bilan qoplangan "qoʻllar" bor. Kipriklar harakati tufayli mantiya boʻshligʻiga suv kirib turadi. Ogʻiz boʻshligʻi "qoʻllar"ning asosida joylashgan. Ayrim Ye. o.da koʻrichak mavjud. Tana boʻshligʻi ikkilamchi, yuragi, qon tomirlari, halqum oldi nerv halqasi va nerv tolalari bor. Ayrim jinsli, lichinkasi troxofora. Boltiq, Qora va Kaspiy dengizlaridan tashqari hamma dengizlarda yashaydi. Ye. o. — qadimgi hayvonlar, kembriy davridan maʼlum. 280 dan ortiq turi tarqalgan. Ye. o. paleozoyning stratigrafiyasida muhim ahamiyatga ega.[1]
71. Nurlilar (Radiolaria) kenja sinfining tashqi va ichki tuzilishi
Nurlilar ko’proq iliq suvli dengizlarda plankton holda yashovchi organizmlardir. Ko’pchilik turlari sharsimon bo’lib, ichki murakkab skeleti bo’ladi. Tanasidan har tomonga ingichka yolg’on oyoqlar chiqib turadi. Nurlilar sitoplazmasida markaziy kapsula bo’lib, unda yadro joylashgan. Markaziy kapsula devorida ko’plab teshiklar bo’lib ular vositasida sitoplazmaning tashqi va ichki qismlari tutashadi. Sitoplazmaning tashqi zonalarida yog’simon shilimshiq kiritmalarga boy.
Nurlilarning yolg’on oyoqlarining bir xili markaziy kapsulaga yaqin yeridan, ikkinchilari sirtqi qavatdan paydo bo’ladi. Yolg’on oyoqlar bir-birlari bilan tutashib to’r hosil qiladi. Bu to’r yordamida nurlilar o’z oziqalarini ushlashadi. Nurlilarning bir-birlari bilan tutashmaydign ikkinchi xil oyoqlari-aksopodiylari ham bo’ladi. Bu oyoqlar ichki o’q skeletga ega bo’lib tanadan radial ravishda chiqadi va hayvon tanasining yuzasini kengaytirish va shu yo’l orqali jonivorni suv yuzasida qalqib turishiga xizmat qiladi.
Nurlilar ikkiga bo’linish orqali ko’payadi. Faqat Acantaria turkumining ayrim vakillarida jinsiy ko’payish uchraydi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling