Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 84. Hasharotlaming g‘umbagi tuzilish xususiyatlari.
- 85. Eleuterozoylar (eleutherozoa) kenja tipi sistematikasi.
83. Qadimgi boshoyoqlilar.
Mollyuskalarning hozir yashayotgan avlodlarini qiyosiy o‘rganish va qazilma qoldiqlarning tekshirish xulosalaridan ma’lum bo‘lishicha, bularning eng qadimgi avlodlari qorinoyoqlilar va to‘rt jabrali boshoyoqlilar bo‘lgan (qorinoyoqlilar hozirgi zamonda ham mazkur tip turlarining yaqin beshdan to‘rt qismini tashkil etadi). Qorinoyoqlilarning ham ko‘p qadimgi turlari yo‘qolib ketib, ularning o‘rniga yangi – o‘zgargan muhitga muvofiqlashgan formalari paydo bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari chuchuk suv havzalarida, hatto quruqlikda yashashga moslashgan formalar hosil etgan. 84. Hasharotlaming g‘umbagi tuzilish xususiyatlari. G`umbakning xillari. Hasharotlarning g`umbagi uch xil bo`ladi. Ba`zi hasharotlarning g`umbagi harakatchan erkin tipda bo`ladi (arilar, qo`ng`izlar). Bunday g`umbakning tanasida halqalar, boshlang`ich mo`ylovlar, og`iz organlari, oyo`qlar, qanotlar, ko`zlar va voyaga yetgan hasharotlarga xos bo`lgan bеlgilar yaxshi ko`zga tashlanib turadi. Yopiq tipdagi g`umbaklarda esa faqat bir-biriga zich tеgib turadigan boshlang`ich oyo`qlar va qanotlargina ko`rinib turadi (kapalaklar). Ko`pchilik kapalaklarning Yopiq g`umbagi pilla ichida bo`lganidan ularda voyaga yetgan hasharotlarga xos bеlgilar umuman sеzilmaydi. Uchinchi tipga bochkasimon g`umbaklar kiradi. Ularda oxirgi lichinkalik bosqichining tеrisi saqlanib qolgan. 85. Eleuterozoylar (eleutherozoa) kenja tipi sistematikasi. ELEUTEROZOYLAR (ELEUTHEROZOA) KENJA HPI Tanasi yulduzsimon, sharsimon yoki ilonga o‘xshash shaklda bo‘ladi. Skeleti sovutga o‘xshash yoki qisman reduksiyaga uchragan. Og‘iz va anal teshiklari tanasining qarama-qarshi tomonlarida joylashgan. Erkin yashovchi hayvonlar; ambulakral sistemasi yordamida harakat qiladi. DENGIZ YULDUZLARI (ASTEROIDEA) SINFI Dengiz yulduzlari dengiz tubida turli chuqurlikda hayot kechiradi. Ayrim vakillari qirg‘oq bo‘yida, boshqalari esa bir necha ming metr chuqurlikda uchraydi. Ular suvning sho‘rlanish darajasiga juda sezgir bo‘lganidan faqat ochiq dengizlarda yashay oladi. Tana diametri 70 sm gacha yetadi. Tashqi tuzilishi. Tanasi yassi, besh nurli yoki ko‘p nurli yulduzga o‘xshagan bo‘lib, markaziy diskdan va nurlardan tashkil topgan. Nurlarining soni 5 ta dan 13 ta gacha yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Tanasining ostki tomonida diskning markazidan boshlanadigan ikki xil chiziqlarni ko‘rish mumkin. Markazdan nurlarining chetlariga qarab taraladigan chiziqlar radiuslar, ulaming oralig‘ida joylashgan markaziy diskning chetiga kelib taqaladigan kalta chiziqlar esa interradiuslar deyiladi. Markaziy diskining og‘iz teshigi joylashgan ostki tomoni oral, uning qarama-qarshi tomoni esa aboral tomon deyiladi. Aboral tomonda chiqaruv teshigi bo'ladi. Tanasining ostki tomonidan har bir nur bo‘ylab ambulakral egatcha o‘tadi. Bu egatcha tubida maxsus o‘simtalar shaklidagi ambulakral oyoqchalar joylashgan. Dengiz yulduzlari ana shu oyoqchalar yordamida harakat qiladi. Tana devori bir qavat kiprikli epiteliy, uning ostida joylashgan birik- tiruvchi to'qima va tana bo‘shlig‘ini chegaralab turadigan ichki epiteliy- dan iborat. Biriktiruvchi to‘qima qavatida mezodermal ohak skelet hosil bo‘ladi. Oral tomonida skelet kuchliroq rivojlangan. Nurlar bo‘ylab ikki qator bo‘lib joylashgan ambulakral plastinkalar ambulakral egatchalarni yopib turadi. Markaziy diskning aboral tomonidagi interradiuslardan birining ustida mayda teshikchalari bo‘lgan madreopor plastinkasi joylashgan. Aboral tomonining sirtida mayda ohak ignalari bor. Ayrim vakillarida bunday ignalardan ikkitasi birlashib, qaychiga o‘xshash organ peditsellyariyalami hosil qilishi mumkin. Hazm qilish sistemasi. Oral tomonida joylashgan og‘iz teshigi qisqa halqum orqali xaltaga o‘xshash oshqozonga ochiladi. Oshqozon qisqa va tor orqa ichakka о ‘tadi. Orqa ichagi aboral tomonining markazidagi chiqar- ish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Oshqozondan har bir nur bo ‘ylab bir juftdan uzun naylar ketadi . Naylarning yon tomonida joylashgan hazm qilish shirasi ishlab chiqaradigan xaltachalari jigar vazifasini bajaradi. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling