Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Sut emizuvchilarning sudralib yuruvchilarga o‘xshashligi va farqlarini ko‘rsating
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 199. Kurakoyoqlilar turkumi (sut emizuvchilar) tuzilishiga xos belgilarini va asosiy vakillarini zoogeografik tarqalishini aniqlang.
198. Sut emizuvchilarning sudralib yuruvchilarga o‘xshashligi va farqlarini ko‘rsating.
Sut emizuvchilarning kelib chiqishi: Хozirgi sut emizuvchilarni sudralib yuruvchilarga o’xshashligi bu hayvonlarning yaqin qarindosh ekanligidan dalolat beradi. Bu esa sut emizuvchilarni qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan deb taxmin qilishga imkon beradi. Ayni vaqtda Avstraliyada tuxum qo’yib ko’payadigan sut emizuvchilar yashaydi. Ular tuzilishi va ko’payishi xususiyatlariga ko’ra sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilar o’rtasida oraliq o’rinda turadi. Bular tuxum qo’yuvchilar yoki dastlabki hayvonlar (o’rdak burun bilan yexidna) dirlar. Ular tuxum qo’yishda pishiq po’choqqa o’ralgan tuxum qo’yadi. Po’chog’I ichki moddalarini qurib qolishidan soqlaydi. O’rdakburunning urg’ochisi uyasiga 1-2 ta tuxum qo’yadi. Keyin ularni bosib yotadi. Yexidna esa bittagina tuxumini qorin tomonida teri burmalaridan hosil bo’lgan alohida haltasida olib yuradi. Bular bolalarini sut ilan boqadilar. Хaltalilar turkumi: Bularga kenguru, xaltali bo’ri, xaltali ayiq( koala), xaltali chumolixo’rlar kiradi. Bularda embrion dastlab bachadonda rivojlanadi. Lekin yo’ldosh bo’lmaganligi sababli, bola ona qornida uzoq turmaydi( kenguru) kam rivojlangan bola tug’iladi. Shuning uchun onasi qornidagi teri burmasida-xaltada rivojlanishni davom etadi. Хaltalilar xozirgi sut emizuvchilarning qadimgi avlodi deb bilish kerak. Demak sut emizuvchilar oldingi avlodi tuxum qo’yuvchilar bo’lib undan keyin xaltalilar hisoblanadi. Rivojlanishlar natijasida asta-sekinlik bilan sut emizuvchilarda yo’ldosh paydo bo’lib, yo’ldoshli, ya’ni yuksak darajada tuzilgan sut emizuvchilar paydo bo’lgan. Хozirgi bizning zamonimizda eng ko’p tarqalgan shu yo’ldoshli sut emizuvchilar hisoblanadi. 199. Kurakoyoqlilar turkumi (sut emizuvchilar) tuzilishiga xos belgilarini va asosiy vakillarini zoogeografik tarqalishini aniqlang. Koʻrakoyoqlilar, koʻrakoyoqli sut emizuvchilar (lotincha: Pinnipedie) — sut emizuvchilar sinfining bir turkumi. Bu turkumga morj, dengiz arslonlari, kulokli tyulen, tojli tyulen, dengiz quyoni, qoʻngʻir tyulen, xoldor tyulen, asl tyulenlar kiradi. Koʻrakoyoqlilar suvda yashaydi. Juni qisqa. Oyoqlari suvda suzishga moslashib, koʻrak (eshkak)ka aylangan (nomi ham shundan). Koʻrakoyoqlilar yerda zoʻrgʻa sudralib yuradi. Tishlari, asosan, konus shaklida. Dumi juda qisqa, terisi ostida qalin yogʻ qatlami bor. Bu qatlam hayvonlarni sovuqdan saqlaydi. Ular och qolganda yogʻ qatlam hisobiga yashaydi. Koʻzlari suv ostida koʻrishga moslashgan. Quloq suprasi juda kichkiva yoki boʻlmaydi. Burun teshiklari faqat nafas olganda ochiladi. Koʻrakoyoqlilar suv yuzasida dam oladi va uxlaydi. Suv tagida uzoq tura oladi. Koʻrakoyoqlilar suvda oziqlanadi, ozigʻini chaynamay yutadi (mollyuskalarning chigʻanogʻini tishida maydalaydi). Koʻrakoyoqlilar urchish, tullash, tugʻish va bolasini emizish, dam olish uchun quruqlikka yoki muz ustiga chiqadi. Koʻrakoyoqlilar eng kichik turining boʻyi 1,3 m (halqa naqshli tyulen yoki nerpa), eng kattasiniki 5,5 m (dengiz fili). Koʻrakoyoqlilarning 31 turi maʼlum 3 oilaga: morjlar, quloqli tyulenlar va asl tyulenlarga boʻlinadi. Okean larda, sovuq va oʻrta mintaqadagi dengizlarda, jumladan, Qora dengiz va Kaspiy dengizda uchraydi. Ayrim turlari koʻllar (mas, Ladoga va Baykal)da ham yashaydi. 6 turi va 3 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.[1] Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling