Zoologiya fanidan umurtqasizlar bulimi mavzulari bo’yicha darslarni ótkazish. Darslarni kuzatish va tahlil etish. «Hayvonlar»


Download 251.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.10.2023
Hajmi251.67 Kb.
#1718145
  1   2   3   4
Bog'liq
6-а



Zoologiya fanidan umurtqasizlar bulimi mavzulari bo’yicha darslarni 
ótkazish.Darslarni kuzatish va tahlil etish. 
«Hayvonlar» bo’limining asosiy mazmuni. VI va VII sinflarda (maktab islohotiga 
ko’ra VII va VIII sinflarda) o’rganiladigan «Hayvonlar» bo’limi umumiy biologik 
talim sistemasida oraliq o’rinni egallaydi. «O’simliklar» va «Bakte-riyalar. 
Zamburug’lar. Lishayniklar» bo’limlari o’tilganda o’quvchilar o’simliklar to’g’-
risidagi konkret bilimlarni o’zlashtirganlar, hatto birmuncha umumbiologik (massa-
lan, o’simlik organizmining bir butunligi, ularning atrof-muhit bilan o’zaro bog’liqligi, 
o’simliklar olamining tarixiy taraqqiyoti to’g’risidagi) tushunchalarga ega bo’lganlar. 
Bo’limning mazmuni turli zoologik fanlarning-hayvonlar morfologiyasi, anatomiyasi, 
fiziologiyasi, 
ekologiyasi, 
sistematikasi, 
embriologiyasi 
kabi 
sohalar-ning 
elementlaridan tarkib topgan. Bu malumotlar hayvonlarning sistematik guruhlari 
bo’yicha bir-biriga o’zviy bog’langan holda yuqoriga ko’tarilib boradigan tartibda 
o’rganiladi. 
Hayvonlar bilan tanishish ularning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish bilan 
cheklanmaydi; ayni paytda hayvonning hayot funktsiyalari ham o’rganiladi, bunda 
forma va funktsiyaning birligi asos qilib olinadi. 
Hayvonlarning fiziologik funktsiyalari xordalilar o’rganilganda bataf-sil qarab 
chiqiladi. Bunda ovqatning hazm bo’lishi, oziq moddalarning qonga shimili-shi va 
barcha organlarga tarqalishi hamda o’zlashtirilishi kabi masalalar o’rganiladi. 
Shuningdek, qonga kislorod kirishi va uni barcha organlarga olib borilishi qarab 
chiqiladi. Ayirish organlari o’rganilayotganda esa buyraklardan qondagi keraksiz 
moddalarni ajratilishi takidlanadi, xullas moddalar almashinuvining tashqi tomonlari 
qarab chiqiladi. 
Ko’p hujayrali hayvonlar guruhlarining vakillari o’rganilganda ulardagi barcha 
organlarning bir-biri bilan kelishilgan holda faoliyatda bo’lishini tamin-lovchi nerv 
sistemasining funktsiyalari ham aniqlab boriladi va reflekslar to’g’ri-sidagi 
tushunchalar rivojlantiriladi. 
«Hayvonlar» bo’limining mazmunida embriologiya materiallari ancha salmoqli 
o’rin olgan. Ular hayvonlarning urchishi va individual rivojlanishi to’g’-risidagi 
tushunchalarni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bo’limni o’rganish da-vomida 
o’quvchilar jinssiz va jinsiy ko’payish yullari bilan tanishadilar, ko’payish 
organlarining tuzilishini umumiy tarzda qarab chiqadilar. Embrional taraqqiyot 
qisqacha, postembrional taraqqiyot birmuncha to’laroq yoritiladi. 
Ekologiya fanining asosiy qoidalari «hayvonlar» bo’limining mazmuniga doimiy 
element bo’lib kirgan. Har bir hayvonni uni o’rab olgan muhit bilan o’zaro bog’liq 
holda o’rganilishi, ularning muhitga har xil tarzda moslanganligini takid-lash va bo’lim 
oxirida «Tabiiy jamoalar» mavzusini o’tilishi o’qitishda ekologik yunalishning 
ko’chaytirilganligidan dalolat beradi. 
Hayvonlar klassifikatsiyasi bilan o’quvchilar «Kirish» mavzusida tanisha 
boshlaydilar. Bunda tur, avlod, oila turkum, sinf va tip (bo’lim) tushunchalari rivoj-
lantiriladi. Chunki tur va boshqa taksonomiya kategoriyalari to’g’risidagi dastlabki 
tasavvurlarga o’quvchilar «o’simliklar» bo’limida ega bo’lganlar. 
Bo’limda hayvonot olamining obzori sistematika printsiplariga muvofiq 
izchillikda tiplar bo’yicha berilgan.


«Hayvonlar» bo’limida filogeniya masalalariga ham alohida etibor berilgan. 
O’simlik va hayvon belgilarini o’zida mujassamlashtirgan evglenani, gidra 
taraqqiyotidagi bir hujayrali stadiyani, bo’g’imayoqlilar bilan halqali chuvalchanglar 
taraqqiyotidagi o’xshashlikni, umurtqalilarning ajdodiga yaqin bo’lgan organizm 
sifatida lantsetnikni, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va Sut 
emizuvchilarning kelib chiqishini o’rganish o’quvchilarni hayvonot olamining tarixiy 
taraqqiyoti protsessini tushinib olishga tayyorlaydi. 

Download 251.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling