«Zoologiya va anatomiya»


QIZIL KITOBGA KIRITILGAN BALIQ TURLARI


Download 393.88 Kb.
bet17/19
Sana16.06.2023
Hajmi393.88 Kb.
#1515324
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Kurs ishi

QIZIL KITOBGA KIRITILGAN BALIQ TURLARI


2009-yilda chop etilgan "Qizil Kitob"ga baliqlarning 18 turi kiritilgan.
Ular:1.Orol bahrisi (bakra); 2.Sirdaryo kurakburuni (filbuyin) ; 3.Amudaryo kichik kurakburuni (toshbakra) ;4.Amudaryo katta kurakburuni; 5.Qorako’z (oq sazan) ; 6.Toshkent yuzasuzari ;7.Cho’rtansifat oqqayroq (kalbaliq, cho’rtanmarka) ; 8.Orol mo’ylabdori ( suzanbaliq) ; 9.Turkiston mo’ylabdori (shimbaliq) ; 10.Parrak (nashtarkanot) ; 11.kukbo’yini (kukuktura) ; 12.Orol tikanagi; 13.Turkiston laqqachasi ; 14.Orol sulaymonbalig’i; 15.Amudaryo gulbalig’i; 16.Orol sanchari (tikanbaliq, itbaliq)
; 17.Chotqol shaytonbalig’i (toshbaqasi) ; 18.Turkiston shaytonbalig’i (toshbaqasi) .
Orol sulaymonbalig’i (Salmo trutta aralensis Berg, 1908) soni har doim kam bo’lgan. 30-yillarda Orol dengizida yiliga 10 dona atrofida ovlangan. Oxirgi marta1937-
yili tutilgan. Hozirga kelib yer yuzida qirilib ketgan. Orol bahrisi va Orol mo’ylabdori oxirgi 20 yil davomida Toshkent va Farg’ona hududida umuman uchratilinmagan. Quyidagi Orol dengizida yashagan turlar hozirda bu yerda umuman yo’q bo’lib ketgan. Hozirgikunda Namangan viloyati Uchqo’rg’on, Norin va Uychi tumanlarida Norin daryosi bo’ylarida (forel, osetr va boshqalar) noyob baliq turlarini yetishtirish maqsadida 251 gektar maydonda baliqchilik xo’jaliklari tashkil etilishi taklif qilingan.[4]
O’zbekistonda dengiz bo’lmaganligi sababli suv havzalarida tabiiy holda haqiqiy dengiz baliqlari yashamaydi. Ammo adabiyotlarda Orol dengizida yashovchi baliqlarni dengiz baliqlari safiga kiritishgan. Har holda ularning ko’pchiligi yarim o’tkinchi baliqlar sanalishgan bunday baliqlarga ship, orol mo’ylovdori va boshqalar kirgan. Orol dengizi iqtisodiy inqirozi rivojlanishi bilan undagi barcha baliqlar yo’qolib ketdi, shu jumladan dengiz baliqlari ham. Hozirgi paytda O’zbekiston hududida bir qator sho’r suvli havzalar mavjud bular jumlasiga Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi, Qoraqalpog’istondagi bir qancha suv havzalari, Buxoro viloyati va Farg’ona vodiysidagi oqova suvlar tashlanadigan suv havzalari kiradi. Bu suv havzalarda bir muncha ekologik plastik turlar – orol chavoq balig’i, oq sla, zog’ora, oqcha kabi baliqlar yani suvning sho’rligiga nisbatan chidamli bo’lgan chuchuk suv baliqlari yashaydi.
Tog’lik hududlarda suv oqimi juda tez, shuning uchun bu yerda yashaydigan baliqlar yaxshi suzishi kerak shunga mos ravishda ularning tanasi qayroqsimon. Suv oqimsi olib
ketmasligi uchun ham ular tez suzishi lozim (yalang’och va tangachali osman, oddiy marinka, toshlar oralig’ida yalangbaliqlar).
Daryolarning tekislik qismida oqim tezligi sekinlashgani sari tanasi baland, yonidan siqilgan baliq turlari paydo bo’la boshlaydi. Ularning yashash joylari qirg’oqlardagi o’simlik oraliqlarida bo’lib turg’un suvlarni afzal ko’rishadi (oqcha, kumush tovonbaliq, oq ko’z baliq). Shuningdek bu joylarda juda ko’p mayda baliq turlarini uchratish mumkin (qirraqorin, turkiston qumbalig’i, buqabaliqlar).

Download 393.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling