Зоология ва экология


Jo’vali stanoklarning kinematik parametrlarini maydalash jarayoniga ta’siri


Download 1.35 Mb.
bet114/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Jo’vali stanoklarning kinematik parametrlarini maydalash jarayoniga ta’siri. Don va don mahsulotlarni maydalanish samaradorligiga jo’vali stanoklarning kinematik parametrlari ta’sir etadi. Jo’vali stanoklarning kinematik parametrlariga quyidagilar kiradi: tez aylanuvchi va sekin aylanuvchi jo’valarning aylanma tezliklari (); nisbiy tezliklari; tez va sekin aylanuvchi jo’valarning aylanma tezliklarini nisbati ( ).

Jo’vali stanoklar jo’valarining aylanma tezliklari jo’valarning ishchi zonasidagi maydalanuvchi mahsulotlarga jo’valardan beriladigan kuchlanish tezligiga (deformatsiyalanish tezligi), hamda mahsulotlarga ishlov berishning maydalanish tezligiga ta’sir etadi. Don mahsulotlarini maydalash samaradorligiga tez aylanuvchi jo’vaning aylanma tezligini ta’siri 11.2 – jadvalida keltirilgan. Un tortish jo’vali stanokning tez aylanuvchi jo’vasining aylanma tezligi 4, 6, 8, 10m/s bo’lganda va jo’valarning boshqa parametrlari o’zgarmagan holda o’tkazilgan. Bunda shishasimonligi 58% va I – yanchish sistemasida namligi 16,4% bo’lgan IV - tipli bug’doy doni qayta ishlangan.

11.2 – jadval

Maydalash samaradorligiga tez aylanuvchi jo’vaning aylanma tezliklarini ta’siri (I.T.Merko)




Tez aylanuvchi jo’vaning aylanma tezligi, m/s

Birinchi sifatli yorma mahsulotlarini hosil bo’lishi (Ichi, IIchi, va III- yanchish sistemalari)

I…III ya.s.da yormalarni umumiy ajratib olish ko’rsat-kichi,%

YOrmalarning kulchanligi, %

elektr energiya sarfi, kDj/kg

4

6

8



10

46,3

48,0


49,6

51,0


0,84

0,89


0,96

1,04


43,6

49,3


54,2

60,8

11.2 - jadvaldan ko’rinib turibdiki, tez aylanuvchi jo’vaning aylanma tezligini oshishi mahsulotlarning maydalanish darajasini ko’payishiga olib kelmoqda, ammo bunda yormalarning kulchanli va maydalashga sarf qilingan energiya miqdori ham ko’paymoqda. Donlarni samarali deformatsiyalash uchun jo’valarning aylanma tezliklarini nisbati jo’valarning ishchi zonalarida surish va siqish kuchlanishlarining farqini ta’minlaydi. Jo’valar aylanma tezliklarining nisbatini (K) ko’payishi bilan siqish kuchlanishi oshadi. Bunda surish kuchlanishi ham oshadi, chunki jo’valarning ishchi zonalarida mahsulot bo’lakchalarining o’rtacha harakat tezligi va sekin aylanuvchi jo’vaning aylanma tezligi kamayadi.

Jo’valar tezliklarining nisbati (K) ni ko’payishi bilan siqish kuchlanishini oshishi aniq sharoitlarda bo’ladi K=2,0...2,5 gacha, undan keyin siqish kuchlanishining tezligi ahamiyatsiz o’zgaradi. Bundan tashqari riflilarni mahsulotga ta’sir etish soni oshadi, bu don mahsulotlarini maydalash darajasini oshiradi. Natijada maydalangan mahsulotlarning sifati yomonlashadi, chunki qobiqlar ham jadal ravishda maydalanadi.

Jo’valar aylanma tezliklarining nisbatini samarali ko’rsatkichlari va tez aylanuvchi jo’vaning aylanma tezligini optimal ko’rsatkichlari un tortishning turidan bog’liq holda 11.3 - jadvalda keltirilgan.

11.3 - jadval

Tez aylanuvchi jo’vaning aylanma tezligi (Vt ) va jo’valarning aylanma tezliklari nisbatini (K) asosiy tavsiyalari (I.T.Merko)


Un tortishning turlari

YAnchish sistemalaridagi kinematik parametrlar

I ya.s

II ya.s

III ya.s

IY ya.s

Vt ,

m/s

K

Vt ,

m/s


K

Vt ,

m/s


K

Vt ,

m/s


K

Bug’doy va javdar don-laridan jaydari uni tortish

6

2,5

6

2,5

6

2,5

6

2,5

Bug’doy do-nidan navli un tortish (nonbop un)

6

2,5

6

2,5

5

2,5

4,5

2,0

Qattiq bug’-doy donidan makaron uni tortish

4

2,5

4

2,5

4

2,5

4

2,5






  1. Don va don mahsulotlarini jo’vali stanoklarda qanday maydalanadi?

  2. Maydalash jarayoniga jo’vali stanokdagi maydalovchi jo’valar orasidagi oraliqning ta’siri qanday?

  3. Jo’vali stanokdagi jo’valar orasidagi oraliqni doim barqaror saqlash uchun qanday talablar qo’yiladi?

  4. Maydalash jarayoniga jo’valardagi riflilar parametrlarining ta’siri qanday?

  5. Maydalash jarayoniga jo’valar riflilarining o’zaro joylashishi qanday ta’sir etadi?

  6. Jo’vali stanoklarning kinematik parametrlarini maydalash jarayoniga ta’siri qanday?



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling