Зоология ва экология


Donlarni maydalash jarayonining texnologik samaradorligi


Download 1.35 Mb.
bet116/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Donlarni maydalash jarayonining texnologik samaradorligi
Tegirmonlarda don va don mahsulotlarini maydalash samaradorligiga maydalash mashinalarining kinematik va geometrik parametrlaridan tashqari yana un tortishning turlari, donning texnologik xossalari va jo’vali stanokning jo’valari yuzasiga tushayotgan yuklama ham ta’sir qiladi.

Un tortishning turlari. Donlardan har xil un tortishda maydalash jarayonlarining strukturasi un tortishning turidan bog’liq bo’lib, don mahsulotlarini maydalash sistemalarining soni ham har xil bo’ladi. Bug’doy va javdar donlaridan oddiy un tortishda (jaydari) kam sonli maydalash sistemalari (3 – 4 ta) qo’llanadi. CHunki, jaydari uni tortishda don to’liq maydalanadi, maydalab olingan un yirikligi bo’yicha juda ham mayin yanchilmagan bo’lib, qobiqli qismlari ham to’liq yanchiladi. Bu un tortishda faqat 1 – 2% qobiq kepak ko’rinishida ajratib olinadi.

Bug’doy va javdar donlaridan navli un tortishda un tortishning turidan bog’liq holda maydalash sistemalari 7 tadan 18 tagacha bo’ladi. Maydalash jarayonlari yanchish, silliqlash va un tortish sistemalariga bo’linadi. Har bir turdagi un tortish uchun maydalash jarayoni sistemalarining aniqlangan rejimlari qo’llanadi.

Donning texnologik xossalarini maydalash jarayoniga ta’siri. Maydalash jarayonlariga donning strukturali – mexanik xossalari (mustahkamligi, qattiqligi, egiluvchanligi, maydalanish xossalari) ko’proq ta’sir etadi. Strukturali – mexanik xossalari bo’yicha bug’doy doni yumshoq va qattiq navlarga bo’linadi. Bug’doy donining qattiq navlari uchun yormalar ko’rinishidagi oraliq mahsulotlar va yormali unning chiqishi yuqori bo’ladi, yumshoq bug’doy navlari uchun - yormalarning chiqishi kam va un yumshoq bo’ladi.

Donning shishasimonligi endospermning konsistentsiyasini tavsiflaydi, maydalash jarayonida donni maydalanish darajasini belgilaydi. Endospermi unsimon va shishasimon konsistentsiyali bug’doy donlarini maydalashda ularning parchalanishga qarshiligi har xil bo’ladi.

YUqori shishasimon bug’doy donlarining mustahkamligi ancha yuqori bo’ladi. SHuning uchun donlarni maydalashda energiya sarfi shishasimonligi past bo’lgan bug’doy donlariga nisbatan yuqori shishasimon donlarda ko’p bo’ladi.

Donning strukturali – mexanik xossalariga (mustahkamligi) donning namligi katta ta’sir etadi.

Don namligi oshishi bilan uni parchalanishga qarshiligi ko’payadi, donni maydalash uchun energiya sarfi oshadi. Buni donning egiluvchanlik xususiyatini oshishi bilan tushuntiriladi. Bunda donning qobiqli qismlarida egiluvchanlik deformatsiyasi sezilarli darajada namoyon bo’ladi, ular parchalanishga katta qarshilik ko’rsatadi. SHuning uchun namlangan donni maydalashga quruq donni (namligi 12% dan past) maydalash uchun sarflangan energiyasiga nisbatan ko’proq energiya sarflash talab qilinadi. YUmshoq bug’doy donining namligi 14% dan 18% gacha oshganda uning texnologik xossalari o’zgaradi, birinchi uchta yanchish sistemalarida oraliq mahsulotlarning chiqishi kamayadi (11.4 – jadval). Bunda yormalarning chiqishini eng ko’p kamayishi yirik yormada namoyon bo’ladi, boshqa fraktsiyalarni (o’rtacha yorma, mayda yorma, dunst va un) chiqishi taxminan bir xil qoladi, yorma hosil qilish jarayonidagi hamma mahsulotlarning kulchanligi kamayadi, donni maydalash uchun energiya sarfi oshadi. Bu donlarning, asosan don qobiqlarini egiluvchanligini oshishi bilan bog’liqdir.


11.4 – jadval

Bug’doy donini maydalashda don namligini uning texnologik xossalariga ta’siri (I.T.Merko)




I ya.s.da don namligi,%

I…III ya.s.da oraliq mahsulotlarning chiqishi va kulchanligi,%

Maydalashga elektro-energiya sarfi, kDj/kg

yirik yorma

un

I…III ya.s.dagi jami mahsu-lotlar




chiqi-shi

kulchan-ligi

chiqi-shi

kul-chan

ligi


chiqishi

kulchanli-gi




Donning shishasimonligi 68 %, tindirish vaqti -10 soat

15,0

31,2

1,25

10,6

0,60

77,6

0,89

64,8

15,8

28,9

1,19

9,6

0,56

72,2

0,83

69,8

16,8

25,6

1,15

9,2

0,54

72,6

0,77

71,4

17,6

23,4

1,15

9,2

0,52

69,6

0,73

75,3

18,4

23,0

1,14

8,5

0,48

68,2

0,71

81,2

Donning shishasimonligi 53 %, tindirish vaqti-8 soat

14,0

36,5

1,37

6,5

0,58

71,0

0,97

57,2

15,0

34,8

1,32

6,7

0,57

70,8

0,94

59,6

16,0

31,9

1,30

6,7

0,56

68,2

0,91

65,7

17,0

30,0

1,27

6,5

0,54

66,0

0,87

68,8

Maydalash jarayonining samaradorligiga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi. Ulardan asosiylari jo’vali stanoklarning jo’valari orasidagi oraliq masofa, riflilarning qiyaligi, riflilarning o’zaro joylashishi, riflilarni kesish zichligi, jo’valarning aylanma va nisbiy tezliklari, jo’valarga tushadigan solishtirma yuklamalardir.

Qattiq jismlarni yoki donni maydalashda maydalash samaradorligining asosiy kriteriyasiga quyidagilar kiradi: maydalanish darajasi (i); maydalash jarayonining solishtirma energiya sig’imi (Nud) (kVt. soat/tonna); maydalash mashinasining ishchi organlariga tushadigan solishtirma yuklama (jo’vali stanoklar uchun, kg/sm. sut).

Maydalanish darajasi yangi hosil bo’lgan yuzani (Sk) maydalanadigan materialning boshlang’ich yuzasini (Sn) nisbati bilan aniqlanadi.

Maydalanish darajasi bir nechta usul bilan aniqlanadi: elakli, sedimentatsion va mahsulotga gazni kirish usuli. Bu usullar mahsulotning solishtirma yuzasi ko’rsatkichi kattaligini aniqlaydi (sm2/g). Bo’lakchalarning yirikligidan bog’liq holda usullardan biri qo’llaniladi. Mahsulotlar aralashmasi tarkibida ko’proq yirik bo’lakchalar ( yanchish sistemalaridagi qoldiq mahsulotlar) bo’lganligi uchun maydalash darajasini elakli usul bilan aniqlash qulaydir. Un tortishda I, II, III va IV yanchish sistemalaridagi elakdonlarning yuqori elaklarining qoldiq mahsulotlarini shakllari noto’g’ri ko’rinishda bo’lishi boshqa usullarni qo’llashni qiyinlashtiradi. SHuning uchun har bir maydalash sistemasidagi jo’vali stanoklarning maydalash samaradorligini aniqlashni boshqa ko’rsatkichi umumiy ajratib olish (izvlecheniye) qabul qilingan. Bu ko’rsatkich bo’lakchalarning jami yuzasini ko’rsatmaydi, ammo boshqa sistemalarga uzatiladigan mahsulot fraktsiyalarining umumiy massasini aniqlash imkonini beradi.

Umumiy ajratib olish (I) ko’rsatkichi - mashinada qayta ishlangandan keyin olingan mahsulot massasi tarkibidagi elakdan o’tadigan bo’lakchalar miqdoridan (m2) shu mashinaga tushadigan mahsulot massasi tarkibida bo’lgan elakdan o’tadigan bo’lakchalar miqdorini (m1 ) ayirmasi tushiniladi. Umumiy ajratib olish ko’rsatkichi quyidagicha bo’ladi.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling