Un tortishning turlari.
Un tortish deb donni qayta ishlab un olish texnologik operatsiyalarining bir butunligiga aytiladi. Dondan qayta ishlab olinadigan un standart talablariga javob berishi va yuqori iste`molboplik xossalariga ega bo`lishi kerak. Unning navi va chiqishiga qo`yilgan talablarga qarab, texnologik operatsiyalarning soni, ularning o`zaro aloqadorligi va ketma ketligi turlicha bo`lishi mumkin. Jaydari un ishlab chiqarishda asosiy e`tibor donni anatomik qismlarga ajratmasdan ma`lum yiriklikgacha maydalash asosiy vazifa qilib qo`yiladi. Texnikaning zamonaviy rivojlangan darajasida bu muammoni hal qilish qiyin emas. SHuning uchun yanchish jarayoni donni un holigacha jadal maydalaydigan bitta bosqichdan iborat bo`ladi.
Navli un tortishda don endospermining kraxmalli qismi mayin qilib yanchiladi, qobiq, aleyron qatlam va murtak kepak ko`rinishida alohida ajratib olinadi. Donni maydalashga qaratilgan murakkab vazifa texnologik jarayonni murakkablashtirishni talab etadi. Bunda donni fiziko-kimyoviy, strukturali-mexaniq xossalariga asosan va donni sifatiga qarab maydalash mahsulotlarini ajratishni ta`minlaydigan qo`shimcha operatsiyalarni kiritish zarurati hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |