Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Un tortishning tasnifi.
Umumiy qabul qilingan un tortishni tasniflanishi I.A Naumov tomonidan ishlab chiqilgan 10-rasm. Un tortishni tasniflanishining umumiy sxemasi asosida donni maydalashning takrorlanishi, texnologik sxemada alohida bosqichlarning soni va un texnologiyasida alohida o`rinni egallagan boyitish jarayonining tuzilishini murakkablik darajasi turadi. Maydalash jarayonining takroriyligiga qarab un tortish bir marotabali va takroriyga bo`linadi. Bir marotabali un tortishda maydalash donni maydalovchi mashinadan bir marta o`tkazish bilan boradi, masalan, bolg’ali maydalagichdan bir marta o`tkazish orqali sodir bo`ladi. Bir marotabali un tortish faqat omuxta em sanoatida qo`llaniladi. Dondan un tortishning barcha turlari takroriy tortish tasnifiga kiradi, bunda maydalash operatsiyalari bir necha bor takrorlanadi. Bunda un elaklarda ajratib olinadi, qolgan mahsulot esa mazkur tortishning vazifalarini amalga oshirguncha maydalanadi va saralanadi. Texnologik jarayonni tashkil qilinishiga qarab takroriy un tortish oddiy va murakkab turlarga bo`lish mumkin. Oddiy un tortishning sxemasi birta texnologik bosqichdan iborat bo`lib, bunda yirik zarrachalar maydalash operatsiyasini uch yoki to`rtta sistemadan ketma - ket o`tadi. Oddiy un tortishga bug’doy va javdar donidan jaydari un tortish kiradi. Murakkab tortishga bug’doy va javdar donlaridan navli un tortish kiradi. Bu holda texnologik jarayonning farqli tomoni Yormalarni boyitish jarayonlarini borligi va ularni rivojlanganligi shuning bilan birga silliqlash jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Javdar donini qayta ishlashda bu ikki jarayon ishlatilmaydi. CHunki donni anatomik xususiyatlari Yorma ko`rinishida toza endospermni olishga imkoniyati bermaydi. SHuning uchun javdar donidan navli un tortish (sidirma va elanma) murakkab takroriy un tortishning 1-guruxini tashkil qiladi. Bug’doy donini qayta ishlashda texnologik jarayonni qurilishi mazkur korxona uchun belgilangan un navlarining turidan bog’liq holda aniqlaniladi. Ikkinchi navli un ishlab chiqarishda tortish jarayonini soddalashtirish mumkin, boyitish jarayonini qiskartirish, Yormalarning bir qisminigina boyitish bilan qayroqlash jarayonidan voz kechish mumkin. Bug’doy donidan ko`p navli un tortish yoki bir navli un tortish texnologik jarayonni murakkablashtirishni talab qiladi. Bunda asosiy vazifa qilib, endospermning kraxmalli qismini to`liq ajratib olish va boshqa anatomik qismlari kam bo`lgan unga aylantirish quyiladi. Bu xolda texnologik sxema, uning alohida bosqichlari, shuningdek boyitish va qayroqlash jarayonlari to`liq rivojlantiriladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling