8. Donlarning strukturali-mexaniq xossalarini texnologik jarayonlarga ta`siri
Donning fizika-mexaniq xossalarini texnologik jarayonlarga ta’siri.
Donning strukturali-mexaniq xossalari material strukturasining xususiyatlarini uning mexaniq ta`sirga ko`rsatadigan reaktsiyasi bilan bog’laydi. Ular donni yanchish, qobig’ini ajratish, yormani qayroqlash jarayonlari, maydalangan mahsulotlarning chiqishi va sifati, bu jarayonlarga ketadigan energiya sarfini aniqlaydi. Un va omuxta em ishlab chiqarishda yanchish jarayoni juda katta energiya sarf qilishni talab etadi.
Bu xossalarning asosiy ko`rsatkichlari bo`lib materiallarning mustahkamligi va qattiqligi hisoblanadi; don uchun endospermning mikroqattiqligi aniqlanadi.
Don endospermasi va qobig’ini bir-biridan ajratishda ularning mustahkamligini har xil bo`lishini ta`minlash kerak. Bunga gidrotermik ishlov berishning maxsus rejimlarini tanlash bilan erishiladi. SHuning uchun un ishlab chiqarishda gidrotermik ishlov berganda qobiqlarning mustahkamligi oshiriladi, endospermning mustahkamligi kamaytiriladi. Yorma ishlab chiqarishda teskarisi, ya`ni gul qobiqning ( yoki meva qobig’ining) mustahkamligi kamaytiriladi, endospermning mustahkamligi oshiriladi. Bu un tortishda endospermni ko`proq maydalanishini, qobiqlarni kamroq maydalanishini ta`minlaydi. Yorma ishlab chiqarishda qobiqlarni maydalanishini, endospermni butun holda saqlanishini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |