Donning geometrik tavsifi.
Donni turli aralashmalardan ajratish sxemasi g’alvirli, qobiq ajratuvchi, Yorma ajratuvchi mashinalar ishchi organlarining tavsifi va yanchuvchi mashinalar ishchi organlarini tanlash donning shakli va o`lchamlariga bog’liq.
Donni namlash, qizitish va sovitish jarayonlarida donning hajmi va tashqi yuzasining tuzilishi katta rol o`ynaydi.
Donning hajmiy og’irligi (naturasi)
Donning hajmiy og’irligi (naturasi) deb bir litr donning og’irligiga deyiladi. Bu ko`rsatkich qancha ko`p bo`lsa, don shuncha yirik bo`ladi.
Amalda don naturasini g/l da o`lchash qabul qilingan. Uning kattaligi donning shakli, namligi, yirikligi, ifloslanganlik darajasi va aralashmalarning turidan bog’liq. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, aralashmalardan tozalangan don naturasini un chiqishiga ijobiy ta`siri qayt qilingan. Naturasi 740 g/l dan kam bo`lganda unning chiqishi har bir 17 g/l, hattoki 13 g/l naturaning kamayishiga 1 % dan kamayadi. Natura 740 g/l dan yuqori bo`lganda uning ta`siri kamroq ma`lum. Natura kamayganda unning sifati ham yomonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |