Зоология ва экология


Donning mikrotuzilishini texnologik ahamiyati


Download 1.35 Mb.
bet170/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

3.Donning mikrotuzilishini texnologik ahamiyati.

Bug’doy va javdar donlaridan navli un tortishda, hamda har xil donlardan yorma ishlab chiqarishni texnologik jarayonlarini shunday tashkil qilinadiki, bunda tayyor mahsulotga faqat endospermning kraxmalli qismi yuboriladi.

Qobiqlari, aleyron qatlami va murtagi qo`shimcha mahsulotlarga yuboriladi.

Qo`shimcha mahsulotlar omuxta emda xom-ashyo sifatida qo`llaniladi.

Tegirmon va yorma zavodlarida donlarning anatomik qismlarini alohida mahsulot ko`rinishida ajratish har xil usulda bajariladi. Navli un tortishda donning maydalangan mahsulotlari ko`p martali takrorlanuvchi yanchish va saralash jarayonlari o`tkaziladi. Bunda mayin yanchilgan endosperm unga yuboriladi, qobiqlar aleyron qatlam bilan birga va murtak yirik bo`lakchalar ko`rinishida kepakka yuboriladi.

Yorma ishlab chiqarishda qobiqli donlar boshlanishida gul qobig’idan ajratiladi, keyin hosil bo`lgan mahsulot tarkibidan toza mag’iz alohida ajratib olinadi. Qolgan qobiqlar va aleyron qatlam silliqlash natijasida olib tashlanadi. Natijada qobiqlardan tozalangan mag’iz yoki yirik bo`lakchalar olinadi.

Don endospermasining kraxmalli qismini mikrotuzilishi juda katta texnologik ahamiyatga ega.

Don xujayralari kraxmal granullari bilan to`ldirilgan va oqsillar qatlami bilan o`ralgan bo`ladi. Bug’doy va arpada oqsil qatlamlari yaxshi rivojlangan, kraxmal granullari (1 mkm dan 50 mkmgacha bo`lgan) har xil o`lchamlarga ega. Grechixa va sholi donining kraxmal granullari o`lchamlari bo`yicha 2 mkm dan 10 mkm gacha bo`ladi va kraxmal granullari orasida oqsil juda kam bo`ladi. SHuning uchun bu qimmatbaho Yorma donlarining endospermasi juda mo`rt va mustahkam bo`lmaydi.

Bug’doy endospermasining mikrotuzilishi donning xossalarini belgilaydi. O`rtacha arifmetik o`lchamlarga ega bo`lgan kraxmal granullarining sonini ko`payishi bilan donda oqsil miqdori ham ko`payadi. Mayda kraxmal granullarning miqdori ko`p bo`lganda, endospermda oqsil miqdori kamayadi.

Donda o`rtacha qiymatli kraxmal granullarini ko`p bo`lishi unning umumiy chiqishini oshiradi.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling