Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
A1-BIS tipli seperator. Bundan tashqari omixta yem zavodlarida (yangi va rekonstruktsiyalangan) A1-BIS tipidagi xavo-galvirli separatorlar urnatiladi, qaysiki ularda unumdorligi bo`yicha modifikatsiyalari mavjud. Bu seperatorlarning texnik tavsifi 1-jadvalda keltirilgan.
5-rasmda donli komponentlarni A1-BIS-12 separatorida tozalash jarayonining texnologik sxyemasi berilgan.Seperator kuzov va ikkita pnevmatik ajratuvchi kanallarni biriktirgan.Kuzov ikkita parallel ishlovchi sektsiyalar tashkil topgan.Ularning har birida ustma-ust urnatilgan harakatlanuvchi ikkita galvir ramalari mavjud.Har bir ramalarning galvir osti bushliklari tusiklar bilan aloxida yacheykalarga bo`lingan.ramalarning qo`yi yuzasiga sharikcha ko`rinishdagi tozalagichlar harakatlanib turadigan galvirli tagliklar maxkamlangan. Tozalanadigan donlarning belgilangich aralashmalari bo`lgichlar va qabul qilgichlar orqali har bir sektsiyaga aloxida tushadi va bu erdan taksimlanadigan don saralovchi galvir 3 kengligi bo`yicha teng katlamda tubga tushadi. Yirik aralashmalar lotok bo`yicha seperatordan chiqariladi, mayda aralashmalar bilan don aralashmalari saralovchi galvirdan o`tib, elovchi (pod’evjoe) galvirga 5 tushadi. elovchi galvir elanmasi (mineral aralashmalar) kuzov tubi bo`yicha lotok orqali seperatordan chiqariladi. Galvirlarda tozalangan donlar pnevmatik ajratuvchi kanalning 4 qabul qiluvchi kamerasiga tushadi. Don katlami orqali xavo o`tganda yengil aralashmalar kanal orqali chuktirish kurilmasi-aspiratsiya sistyemasi bilan boglangan gorizontal A1-BLU tsikloniga tushadi. Tozalangan don pnevmoajratish kanalidan o`tib, texnologik liniya bo`yicha keyingi operatsiyaga (qobiq ajratish maydalash, termik ishlovga va b) uzatiladi. 5-rasm. A1 - BIS-12 separatorining texnologik sxyemasi 1-qabul qilish kurilmasi; 2-sharikli tozalagichlar; 3-saralash galviri; 4-pnevmoajratgich kanal; 5-elovchi galvir; 6-uzi muvozanatlanadigan tebratgich; 7-stanina; 8-elektrodvigatel; I-boshlangich don; II-yirik aralashmalar; III-mayda aralashmalar; IY-aspiratsion chiqindilar; Y-tozalangan don Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling